1-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi
HASHAROTLAR MORFOLOGIYASI
Kerakli jihozlar: mikroskoplar, MBS-1, MBR-1, petri kosachasi, pinsetlar, entomologik to‘g‘nog‘ichlar, jadvallar va kitoblar.
O‘rganish ob’ektlari: qora suvarak, chigirtkalar, qo‘ng‘izlar yoki boshqa yirik hajmdagi hasharotlardan namunalar olinadi.
Ishning bajarish tartibi: voyaga etgan hasharotlardan birortasini olib, uni buyum oynachasiga qo‘yiladi. So‘ngra lupa ostida hasharotning tashqi ko‘rinishini ko‘rib chiqiladi va hasharotlar sinfiga xos bo‘lgan xarakterli belgilariga ahamiyat beriladi. Bunda bosh, ko‘krak va qorin qismlari o‘rganib chiqiladi.(1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |