Qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi. Ekskursiya xizmatining asosiy
vazifasi ekskursantlarga bilimlarni berish va aniq bilimlar sohasidan ularga qiziqish
uyg‘otishdir. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatida ishtirok etib, ekskursantlar
keyinchalik aniq bir yozuvchi ijodiyotiga qiziqa boshlaydilar, amaliy san’at, adabiy
ijodiyot bo‘yicha kitoblar o‘qiydilar, muzeylarga, boshqa ekskursiyalarga boradilar.
Ekskursiya xizmati ko‘pchilik insonlar uchun o‘z ustida ishlashning boshlang‘ich
pog‘onasi bo‘lishi mumkin.
Har bir ekskursiya xizmati qaysi guruhga o‘tkazilishiga qarab, bir vaqtning
o‘zida bir nechta funksiyani bajaradi. Masalan, bolalar va yoshlar uchun bu
ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi; kasb tanlayotgan o‘smirlar uchun
qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi; xorijiy turistlar uchun axborot funksiyasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |