O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Mazmuniga  ko‘ra  ekskursiyalar  ko‘p  rejali  va  mavzuli  bo‘ladi.  Ko‘p  rejali 
ekskursiyalarda  tarixiy  va  zamonaviy  ma’lumotlardan  foydalaniladi.  Bunday 
ekskursiyalar  turli  xil  ob’ektlarni  ko‘rsatish  negizida  tuziladi  (tarixiy  va  madaniy 
yodgorliklar,  bino  va  inshootlar,  tabiat  ob’ektlari,  mashhur  voqea  joylari, 
shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.). 
Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, o‘lka, viloyat, 
respublika,  davlat  haqida  umumiy  tasavvurni  beradi.  Bunday  ekskursiyada 
xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi 
rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi. 
Ko‘p  rejali  ekskursiyalar  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  mavzuli 
ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash 
va  o‘tkazish  joyidan  qat’iy  nazar  ular  tarkibiy  jihatdan  bir-biriga  deyarli 
o‘xshashdir.  Ularning  har  birida  bir  necha  mavzuostilar  mavjud  (shahar  tarixi, 


33 
 
ishlab  chiqarishning  qisqacha  tarixi,  fan,  madaniyat,  xalq  ta’limi  haqida). 
Ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab 
hikoya  qilinadi.  Masalan,  harbiy-tarixiy  mavzudagi  ekskursiyalarda  urushlar, 
qo‘zg‘olonlar  bo‘lib  o‘tgan  Buxoro  xonligidagi  o‘zaro  nizolar  kabi  shaharlar 
kiritiladi.  Adabiy  mavzudagi  ekskursiyalarda  esa  yozuvchi,  shoirlar  hayoti  va 
faoliyati bilan bog‘liq shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi. 
Mavzuli  ekskursiyalar  bitta  mavzuning  yoritilishiga  bag‘ishlanadi.  Agar  bu 
tarixiy  ekskursiya  bo‘lsa,  uning  negizida  yagona  mavzuda  birlashtirilgan  bir  yoki 
bir  necha  voqealar  yotadi.  Agar  bu  me’morchilik  mavzusidagi  ekskursiya  bo‘lsa, 
unda  shahar,  ko‘cha  va  maydonlarida  joylashgan  qiziqarli  san’at  asarlari,  o‘tgan 
asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin. 
Mavzuli  ekskursiyalar  tarixiy,  ishlab  chiqarish,  tabiiy  (ekologik), 
san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi. 
O‘z  mazmuniga  ko‘ra  tarixiy  mavzudagi  ekskursiya  xizmatlari  quyidagi 
guruhostilarga bo‘linadi: 
-  tarixiy  –  o‘lkashunoslik  (masalan,  «Samarqand  shahrining  ming  yillik 
tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va sh.k.); 
-  arxeologik  (masalan,  Surxondaryo  viloyatidagi  Kampirtepa  qadimiy 
shahri;  Samarqand  viloyatidagi  Afrosiyob  arxeologik  majmuasidagi  tarixiy 
qazilmalarni ko‘rsatish); 
-  etnografik, turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; 
-  tarixiy muzeylarda ekskursiya. 
Ishlab  chiqarish  mavzusidagi  ekskursiya  xizmatlari  quyidagi  guruhostilarga 
bo‘linadi: 
-  tarixiy- ishlab chiqarish; 
-  iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); 
-  texnik- ishlab chiqarish; 
-  ekskursantlarni kasbga yo‘naltiruvchi.  


34 
 
San’atshunoslik  mavzusidagi  ekskursiya  xizmatlari  quyidagi  guruhostilarga 
bo‘linadi: 
-  teatral – tarixiy (masalan, «Samarqand shahri teatri hayoti», «A.P.Chexov 
nomli rus drama teatri tarixi» va sh.k.); 
-  musiqiy  –  tarixiy  (masalan,  «Hamid  Olimjon  teatriga  bir  kunlik  sayohat» 
va sh.k.); 
-  xalq  amaliy  san’ati  (masalan,  O‘zbekistondagi  kulolchilar,  zardo‘zlar  va 
boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish); 
-  madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar; 
-  kartinalar  galereyasi,  ko‘rgazma  zallari,  muzeylar,  rassomlar  va 
haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k. 
Adabiy  mavzudagi  ekskursiya  xizmatlari  odatda  quyidagi  guruhostilarga 
bo‘linadi: 
-  adabiy  biografik.  Bunday  ekskursiyalar  shoir,  yozuvchi,  dramaturglar 
yashab  ijod  etgan  joylarda  o‘tkaziladi  (masalan,  «Sadriddin  Ayniy  muzey  uyi», 
«Andijon - Bobur yurti» va sh.k.). 
-  adabiy  –  tarixiy,  o‘zbek  adabiyotining  rivojlanishining  ma’lum  davrini 
ochib  beradi  (masalan,  «XX  –  asrda  Buxoro  adabiyoti»,  «Adabiy  Toshkent»  va 
sh.k.). 
Me’moriy  –  shaharsozlik  mavzusidagi  ekskursiya  xizmatlari  quyidagi 
guruhostilarga bo‘linadi: 
-  mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya; 
-  ma’lum 
tarixiy 
davrning 
me’moriy  yodgorliklarini  ko‘rsatuvchi 
ekskursiya; 
-  bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya; 
-  zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya. 
Shuni  ta’kidlash  joizki, u  yoki bu  mavzuli  ekskursiya  xizmati  bir  – biridan 
kamdan-kam  alohida  mavjud  bo‘ladi.  Masalan,  tarixiy  ma’lumotni  me’moriy-
shaharsozlik  mavzusidagi  ekskursiya  xizmatida  ham  foydalanish  mumkin. 


35 
 
Tabiatshunoslik  ekskursiyalarining  elementlarini  qariyib  barcha  ekskursiyalarda 
uchratish  mumkin  bo‘lib,    ekskursiyani o‘tkazish  sharoiti,  shahar  yoki  hududning 
resurslariga bog‘liqdir. 
Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi: 
-  kattalar va bolalar uchun; 
-  mahalliy aholi va turistlar uchun; 
-  shaharliklar va qishloq aholisi uchun; 
-  guruhli va individual bo‘lishi mumkin. 
Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma’lumotlari, 
uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 
O‘tkazish  joyiga  ko‘ra:  shaharda,  shahar  tashqarisida,  ishlab  chiqarish 
korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin. 
Harakatlanish  vositasiga  ko‘ra:  piyoda  yoki  turli  harakatlanish  vositasida 
bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining afzallik tomoni shundaki, unda 
harakatlanishning  zaruriy  tezligini  ta’minlab,  ob’ektlarni  ko‘rsatish  va  hikoya 
qilishda qulay sharoit yaratish mumkin. 
Transportli  ekskursiya  xizmati  (asosan  avtobusli)  ikki  qismdan  iborat 
bo‘ladi:  to‘xtash  joyida  ekskursiya  ob’ektlarining  tahlili(asosiy  ob’ektlar)  va 
ob’ektlar oralig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan 
iborat.  Ba’zida  ekskursiya  xizmati  amaliyotida  suv  va  havo  transportidan  ham 
foydalanishadi.  Ekskursiya  xizmati  davomiyligi  bir  akademik  soatdan(45  daqiqa) 
bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish 
kunlari marshruti ham deyishadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari 
nazarda tutilishi mumkin. 
O‘tkazilish  shakliga  ko‘ra  ekskursiya  xizmatlari  quyidagicha  bo‘lishi 
mumkin: 
-  ommaviy  ekskursiya.  Bunday  ekskursiya  xizmatlari  qatnashuvchilari 
odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‘ylab 


36 
 
bir  vaqtda  harakatlanadilar.  Bunday  ekskursiyalar  ommaviy  teatrlashtirilgan 
tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin; 
-  ekskursiya-  sayr.  Bunday  ekskursiya  xizmati  odatda  o‘rmonda,  daryo  va 
dengiz  bo‘ylab  o‘tkaziladi,  o‘rganish  va  dam  olish  elementlarini  o‘zida 
mujassamlaydi; 
-  ekskursiya-konsert.  Bunday  ekskursiya  xizmati  musiqali  mavzuga 
bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi; 
-  ekskursiya-spektakl.  Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya 
xizmatini  o‘tkazishning  shakli  bo‘lib,  badiiy  adabiyotning  aniq  bir  asari  bo‘yicha  
tayyorlanadi va  sh.k. 
To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar bilan ishlashini 
yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi.  

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish