139
hajmdagi ma’lumot ham qanchalik qiziqarli bo‘lmasin e’tibor susayishiga olib
kelishi mumkin, gid bu kabi holatlar bilan kurashishni o‘rganishi lozim.
Gid hikoyasining qaysi daqiqalarida, qanday oraliqda e’tibor susayishi
boshlanadi? Ekskursiya xizmati amaliyoti bilan bog‘liq bunday ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazilmagan, lekin har bir gid o‘z tajribasida bu kabi muammoga duch keladi.
E’tibor susayishining davriyligi va davomiyligi ko‘pgina sabablarga bog‘liq: gid
ma’lumotlarining eskirganligi, nutqning yetarlicha obrazli, hissiyotli bo‘lmasligi,
ob’ektni ko‘rsatish va hikoyasi mazmunidagi bog‘liqlikning yo‘qligi, gid
tomonidan ekskursantlar guruhining o‘ziga xosligini tahlil qilmaganligi va h.k.
Ma’ruza o‘qish metodikasidan e’tiborning susayishi vaqti borasidagi
yo‘nalishli ma’lumotlarni olish mumkin. Notiqlarning chiqishini tadqiq qilgan
olimlar shuni aniqlashdiki, tinglovchilarda birinchi e’tibor susayishi ma’ruzaning
14-18 daqiqasida, ikkinchisi birinchisidan so‘ng 11-14 daqiqada, uchinchisi 9-11
daqiqadan so‘ng, to‘rtinchisi 8-9 daqiqadan so‘ng va keyinchalik har 4-5 daqiqada
yuzaga keladi. Birinchi raqamlar yoshlardagi e’tibor susayishini ko‘rsatsa,
ikkinchisi katta yoshdagilarga xosdir. Bu ma’lumotlarni gid ham notiq sifatida
inobatga olishi mumkin, lekin uning faoliyati tashqi xalaqit beruvchi omillarning
ta’siri bilan murakkablashadi(masalan, zaldagi ma’ruzachidan ko‘ra).
Ekskursiya jarayonida ob’ektlar, manzara o‘zgarib turadi va bu ekskursantlar
e’tiboriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bitta ob’ekt oldida 10 - 15 daqiqa uzluksiz
ma’lumot berilsa yoki avtobus harakatida atrof-muhit o‘zgarishsiz qolsa,
hikoyaning 4-5 daqiqasidayoq diqqat susayishi boshlanadi. Uni quyidagi
belgilardan aniqlash mumkin: ekskursantlar bir-biriga savol bilan murojaat
qilishadi, hikoyaga quloq solishmaydi, ko‘z qarashlaridan bilib olish mumkin,
ba’zi ekskursantlar
guruhdan ajralib, ob’ektni mustaqil o‘rganishadi.
Ekskursantlardagi e’tibor susayishini oldini olish va uni yuqori darajada
saqlab qolish uchun gid ularni faollashtiruvchi ruhiy- pedogogik usullarni oldindan
o‘ylab qo‘yishi kerak. Ekskursantlar e’tiborini saqlab qolish uchun bir necha
usullar tavsiya etiladi.
140
Birinchisi, ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish tartibi. Shahar ichidagi 3 soatli
avtobusli ekskursiyada 30 tagacha asosiy ob’ektlarni kiritish mumkin. Bunda har
bir ob’ektga 4 daqiqalik hikoya to‘g‘ri keladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni
ekskursantlar e’tiborini faollashtiruvchi samarali jarayon bo‘lishi uchun u konkret,
obrazli, faol, mantiqan ketma-ket, mavzu mazmunini yoritishda navbatdagi
pillapoya bo‘lishi kerak.
Ikkinchisi, «gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalardan foydalanish. Ob’ektlar
yetarli bo‘lmagan marshrut uchastkalarida va gid hikoyasi 10-15 daqiqa to‘xtovsiz
davom etganda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhimdir. Ko‘rgazmali
vosita ekskursantlarning hikoyaga bo‘lgan e’tiborini ko‘taradi, ular eshitishdan
ko‘rishga o‘tadi.
Ekskursiya mavzusi matniga «yorqin faktlar», qiziqarli epizodlarni kiritish
tavsiya etiladi. Solishtirish uchun keltirilgan raqamli faktlar yaxshi samara beradi.
Ekskursantlar e’tiborini saqlab qolish uchun qo‘llanilgan yorqin faktlar
ekskursiya mavzusiga mantiqan mos kelishini ekskursiya matni ustida
ishlayotganda inobatga olinadi.
Hazillar, latifalar ham diqqat susayishi bilan kurashda qo‘l keladi. Hazil aqliy
va jismoniy yengillik bag‘ishlaydi, eshituvchilarda ijobiy kayfiyat uyg‘otadi, gid
va ekskursant o‘rtasida iliq munosabatlarni shakllantiradi. Gid shuni yodda tutishi
kerakki, ekskursantlarni atayin kuldirish uchun mavzuga to‘g‘ri kelmaydigan
hazillar, latifalardan foydalanmaslik lozim.
Yuqorida aytib o‘tilgan savol-javob usulini ham ekskursantlardagi e’tibor
susayishini oldini olishda qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: