Avtobus harakati jarayonida hikoya qilish. Gid avtobus harakatida
mikrofondan foydalanib hikoya qiladi. Agar mikrofon yaxshi ishlamasa yoki
avtobusda umuman bo‘lmasa, harakat vaqtida hikoya qilish samarasizdir. Motor
shovqini ekskursantlarning eshitish imkoniyatini chegaralaydi, hikoya faqat yaqin
o‘tirganlarga eshitiladi, xolos. Bunday holatda ekskursantlarga materiallar harakat
boshlanishidan avvalroq tarqatiladi. Harakat vaqtida esa ob’ekt va joylarning faqat
nomi aytiladi. Muhim ob’ektlar oldida avtobusni to‘xtatib, motorni o‘chirib,
so‘ngra hikoyani boshlash kerak. Bu jarayon haydovchi bilan oldindan kelishilgan
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |