O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Samarqand viloyatining tarixiy-arxitektura



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

 
10.1. Samarqand viloyatining tarixiy-arxitektura  
yodgorliklari ekskursiya ob’ektlari sifatida 
 
O‘zbekistonda  jahon  madaniyati  xazinasiga  kiruvchi  ko‘plab  arxitektura 
yodgorliklari  mavjud.  Xiva,  Buxoro  va  Shahrisabz  shaharlarining  tarixiy 
markazlari, qadimiy Samarqandning tarixiy yodgorliklari YUNESKO ning «Jahon 
merosi»  deb  nomlangan  ro‘yxatiga,  Boysun  tumani  aholisining  folklor  ansambli 
«Jahon nomoddiy merosi xazinasi» ro‘yxatiga kiritilgan. 
O‘zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  va  uni  yangi  bosqichlarga  ko‘tarish 
borasida,  avvalo  ko‘hna  madaniy  va  arxitektura  yodgorliklariga  boy  bo‘lgan 
Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Shahrisabz,  Marg‘ilon  kabi  shaharlar  muhim 
ahamiyatga  ega.  Bu  shaharlarda  butun  dunyo  aholisini  hayratga  soluvchi  va  lol 
qoldiruvchi  qadimiy  tarixiy 
yodgorliklar  mavjud.  Yer  yuzining  turli 
mamlakatlarida  istiqomat  qiluvchi  har  bir  inson  bu  shaharlarni  ko‘rish  orzusida 
yashaydilar.  Bir  qancha    mamlakatlarda  O‘zbekiston  o‘zining  ana  shu  shaharlari 
bilan  mashhurdir.  Tarixiy  obidalarning  YUNESKO  «Jahon  merosi»  ro‘yxatiga 


 
144 
kiritilishining asosiy maqsadi- o‘z hududida mashhur bo‘lgan ob’ektlarni dunyoga 
tanitish  va  himoya  qilishdir.  Ma’lumki,  O‘zbekiston  tarixiy  va  madaniy 
yodgorliklarga  boy  mamlakatdir.  Bebaho  merosimizning  140  ta  ob’ektlari 
YUNESKO  tomonidan    muhofazaga  olingan  va  tarixiy  ob’ektlar  ro‘yxatiga 
kiritilgan
3
. YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‘yxatiga Xivadagi Ichan Qal’a 1990 
yil,  Buxoroning  tarixiy  markazi  1993  yil,  Shahrisabzning  tarixiy  markazi  2000 
yilda  kiritilgan.  2001  yil  12-16  dekabr  kunlari  Finlyandiyaning  Xelsinki  shahrida 
YUNESKOning  Jahon  merosi  Qo‘mitasining  navbatdagi  yig‘ilishi  bo‘lib,  unda 
Samarqand shahri ham YUNESKOning «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritildi. 
2014  yil  7  iyul  kuni  Amerikaning  taniqli  «The  Huffington  Post»  nashri 
«Dunyoning albatta borib ko‘rishi lozim bo‘lgan 50 shahri» ro‘yxatini e’lon qildi. 
Dunyoning  eng  mashhur  shaharlari  orasida  «Sharq  marvaridi»  –Samarqand  ham 
bor.  Mazkur  nashr  reytingida  qayd  etilganidek,    «Registon  maydonidagi 
madrasalar  va  qadimgi  inshootlardagi  naqshlar  Buyuk  Ipak  yo‘lining  ko‘hna 
shahri-Samarqandni  jahon islom  me’morligining  eng  go‘zal namunalaridan  biriga 
aylantirilgan». 
Ushbu  reyting  «The  Huffington  Post»  nashri  tomonidan  minube.net 
sayohatchilar  hamjamiyati  bilan  o‘zaro  hamkorlikda  tuzilgan.  Bundan  ko‘zlangan 
maqsad  «Buyuk  ko‘hna  poytaxtlardan  tortib,  to  Osiyo,  Amerika  va  ulardan 
tashqari dunyodagi eng a’lo joyni topish» bilan izohlanadi. Reyting mualliflarining 
fikr  bildirishlaricha,  odamlar  o‘z  hayoti  davomida  albatta  borib  ko‘rishi  lozim 
bo‘lgan  qadamjolar  ro‘yxatidan  dunyoning  50  shahari  joy  olgan.  Samarqand  
MDH  mamlakatlari  shaharlari  o‘rtasida  ushbu  nufuzli  ro‘yxatga  kirgan  yagona 
shahardir.
4
  Turizm  sohasi  bo‘yicha  2014  yil  1-3  oktabrda  Birlashgan  millatlar 
tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining  99-sessiyasi 
aynan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas. 
Samarqand viloyatining asosiy tarixiy-arxitektura yodgorliklari: 
1. Afrosiyob shaharchasi (eramizdan oldingi VIII asr); 
                                                           
3
 http//www.Turkistonpress.uz 
4
Samarqand “dunyoning albatta borib ko‘rish lozim bo‘lgan 50 shahri” // Zarafshon. 2014 yil 10 iyul, № 83.  


 
145 
2. Ulug‘bek observatoriyasi(rasadxonasi) (1424-1428 y); 
3. Shoxi Zinda arxitektura majmuasi (XI-XX asr); 
4. Hazrati Hizr masjidi (XIX asr o‘rtalari); 
5. Bibixonim jome’ masjidi (1399 y); 
6. Registon maydoni (1417-1647 y); 
7. Ruxobod maqbarasi (1380 y); 
8. Oqsaroy maqbarasi (1451-1469 y); 
9. Amir Temur maqbarasi (1404 y); 
10. Ishratxona maqbarasi (1464 y); 
11. Xoja Ahrori Valiy majmuasi (XV-XX asrlar); 
12. Cho‘pon-Ota maqbarasi (1430 y); 
13. Xoja Abdu Darun qabristoni (XV asr); 
14. Xoja Abdu Berun qabristoni (XVII asr); 
15. Imom al-Buxoriy majmuasi (IX-XX asr); 
16. Maxdumi A’zam majmuasi (XVI-XIX asr); 
17. Xoja Doniyor maqbarasi (1870-1880 y).  
Samarqand  viloyati  bo’ylab  tashkil  etish  mumkin  bo’lgan  «Samarqand  -  Er 
yuzining sayqali» nomli ekskursiya xizmatining dasturi namunasini keltiramiz:
 
 
«SAMARQAND -ER YUZINING SAYQALI» nomli ekskursiya xizmatining

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish