Ekskursiya ma’lumoti usuli ob’ektni ko‘rish orqali rekonstruksiyalash va
lokalizatsiyalash usullari bilan birga qo‘llaniladi. Gid o‘rganilayotgan ob’ekt
haqida qisqacha ma’lumotlar havola etadi: qurilishi (restavratsiya) sanasi, loyiha
muallifi, hajmi, maqsadi va boshqalar. Qo‘shimcha ob’ektlarni ko‘rsatishda esa gid
ushbu usuldan foydalanib, guruhga ob’ekt haqida lo‘nda ma’lumot berib o‘tadi.
O‘zining mazmuni va tarkibiga ko‘ra ushbu usul yo‘l-yo‘lakay ekskursiya
axborotini eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |