O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishning



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

 
8.2. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishning 
 o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Ekskursiya  xizmati  amaliyotida  ob’ektni  hikoya  qilishning  oltita  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini ajratish mumkin: 
1. Guruhning  harakatlanishi  tezligiga  hikoya  tezligining  bog‘liqligi.  Gid 
hikoyasi  ekskursiya  marshruti,  harakatlanish  ritmiga  tobedir.  Masalan,    bolalar 
guruhi  uchun  tayyorlangan  hikoya  harakatlanish  tezligidagi  tafovut  tufayli  katta 
yoshdagi  guruhda  foydalanilmaydi,  shuningdek,  bir  mavzudagi  hikoya  piyoda  va 
avtobusli ekskursiyada turlicha hajmda bo‘ladi. 
2. Hikoya  qilishning  ob’ektni  ko‘rsatishga  tobe’ligi.  Gidning  hikoyasi 
marshrutda  ko‘rsatiladigan  ob’ektdan  ajralmaydi.  Hikoyaning  mazmuni  ob’ektni 
kuzatish vazifasiga bo‘y sunadi. Hikoya ko‘rsatiladigan ob’ektlar bilan birga berib 
boriladi,  uni  to‘ldiradi,  ko‘ringanlarni    izohlaydi.  Hikoyaning  mazmuni 
o‘rganiladigan ob’ekt bilan belgilanadi (tabiat, muzey ekspozitsiyasi, tarixiy obida, 
qadrli joylar, urf-odatlar va sh.k). 
3. Hikoya qilishda ko‘rgazmali dalillardan foydalanish. Gid hikoyasi shunday 
tuziladiki, go‘yo ob’ektlarning o‘zi «so‘zlayotgandek» bo‘ladi. Bundayin natijaga 
hikoya  qilishning  obrazli  ijrosi,  ob’ektni  mohirlik  bilan  ko‘rsatilishi,  «gid 
portfeli»dagi  ko‘rgazmali  materiallardan  to‘g‘ri  foydalanish  orqali  erishiladi. 
Hikoya  qilish  ob’ektni  ko‘rsatish  bilan  uyg‘unlikda  olib  borilmasa,  u  ma’ruzaga 
aylanadi. 
4. Hikoya  qilishning  taalluqligi  (bir  predmetga  qaratilganligi),  ya’ni, 
hikoyaning  ekskursantlar  nigohi  qaratilgan  ob’ektga  bog‘liqligidir.  Gid  o‘z 
hikoyasida aniq bir ob’ekt – bino, me’moriy ansambl, tabiat durdonasini inobatga 


 
125 
olayotgan bo‘ladi. Ushbu metodikaning o‘ziga xosligi shundaki, gid ekskursantlar 
diqqatini bir predmetga qaratishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Ushbu holat 
bir  xil  o‘xshash  binolar  joylashgan  ko‘chada  ro‘y  berayotgan  bo‘lsa,  u  holda 
kerakli  binoni  ajratib  olish  uchun  gid  tomonidan  uning  rangi,  qurilish  uslubi 
ta’kidlab  o‘tiladi.  Ekskursantlar  binoni  ilg‘ab  olganidan  so‘ng  gid  hikoyasini 
davom ettiradi. 
5.  Ekskursiya  hikoyasining  aniqligi.  Aniqlik  degani  bu  nafaqat  mavzudagi 
balki,  keltirilgan  faktlardagi  aniqlik  hamdir.  Hikoya  qilishda  aniqlik  materiallarni 
umumiy tarzda havola etish emas, aksincha mavzuni ochib berishda, tushuntirishda 
aniq 
materiallardan 
foydalanish 
tushuniladi. 
Hikoya 
qilishda 
aniqlik 
materiallarning  rangbarangligi  (dalillar,  misollar,  sanalar,  raqamlar,  familiyalar) 
bilan  belgilanadi,  deyish  noo‘rin.  Ekskursiya  xizmatida  materialning  aniqligi  – 
fikrning aniqligi, ma’lum bir narsani aniq va konkret shaklda berishdan iborat. 
6.  Hikoya  qilishning  ta’kidlovchi  xususiyati.  Gid  tarixiy  voqea-hodisalarni 
hikoya qilishda u xuddi shu tarzda, aynan shu joyda, sanab o‘tilgan shaxslar unda 
ishtirok etganligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Aniq bir voqeani ta’riflashda hozirgi 
zamon  (o‘tmish  yoki  kelajakka)  bilan  bog‘laydi,  uni  ob’ektiv  isbot  sifatida, 
ma’lum  bir  shaxs  tomonidan  amalga  oshirilganligiga  urg‘u  berib  o‘tadi.  Puxta 
tayyorlangan va o‘tkazilgan ekskursiya xizmati ekskursant xayolida ko‘rib turgan 
ob’ektdan ham ziyoda narsalarni ilg‘ab olish imkonini berishi mumkin. 
Ko‘pgina  ekskursiya  xizmati  ob’ektlari  unga  bog‘liq  voqea-hodisalar  bilan 
qiziqarli bo‘lishi mumkin.  A harfi bilan ekskursiya xizmati ob’ektini belgilasak, B 
harfi bilan uning atrofida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni keltirsak, unda quyidagi 
oddiy  formulani  olamiz:  A+B.  Mazkur  formulaning  mazmuni  ekskursiya  xizmati 
amaliyotida turlicha variantlarga ega. Ularning ayrimlarini keltiramiz. 
Ekskursiya  arayonidagi  hikoya  mavzuni  ochib  berishdagi  axborot  hamda 
tahliliy  material hisoblanadi.  Gid hikoyasi orqali ob’ekt,  voqea-hodisa to‘g‘risida 
ma’lumot  beradi,  tushuntiradi,  ta’riflaydi,  ma’lum  bir  ma’noda  uning  qiyofasini 
shakllantiradi.  Ekskursiya  jarayonida  mutaxassislar  hikoya  qilishning  ko‘pgina 
usullaridan  (ma’lumot  berish,  tushuntirish,  tavsiflash,  izohlash)  foydalanishadi. 


 
126 
Ekskursantning  xulosasi  nafaqat  eshitganlariga,  balki  ko‘rganlariga  ham 
asoslangan bo‘ladi. 
8.1-jadval 
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish