O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Ekskursiya 
xizmatida 
ob’ektlarni 
hikoya  
qilishning 
usullari 
Tasvirlash 
Tavsiflash 
Reportaj 
Sitatalardan 
foydalanish 
Savol -javob 
Guvohlarga 
havola qilish 
Tadqiqot 
o‘tkazish 
Ekskursiya 
ma’lumoti 


 
128 
barcha  turlarida  qo‘llaniladi  (ob’ektni  avtobusni  tark  etib  yoki  tark  etmasdan 
tomosha qilishda ham). 
Tavsiflash  (xarakteristika  berish)  usuli  predmet,  hodisa,  shaxsning  sifati  va 
farq  qiluvchi  xossasini  aniqlashga  qaratilgan.  Ekskursiya  jarayonida    ob’ekt  va 
shaxslarning so‘zli tavsifi (xarakteristikasi) beriladi. 
Tasvirlash usulidan farqli  ravishda  tavsiflash usulida ob’ekt  va  uning o‘rnini 
aniqlashda  bir  qator  xususiyat  va  xossalari  sanab  o‘tilib,  ob’ektni  o‘xshash 
ob’ektlar orasidan ajratadi yoki aksincha, ular bilan uyg‘unlashtiradi.  
Tasvirlash  usulida  ob’ektning  faqatgina  tashqi  qismlariga  e’tibor  qaratilsa, 
tavsiflash  usulida  uning  ichki  tomoni,  ya’ni  ko‘z  ilg‘amas  xossalari,  qadr  - 
qimmati,  mualliflik  yondashuvining  o‘ziga  xosligi,  jozibadorligiga  to‘xtalib 
o‘tiladi.  Misol  tariqasida  Samarqanddagi  «Registon»  maydonini  bezab  turgan 
«Tillakori» madrasasini  qisqacha tavsifini berib o‘tishimiz mumkin: Tillakori  XV 
asrda poydevori qisman saqlanib qolgan karvonsaroy ustida qurilgan,  imorat ham 
madrasa  va  ham  shahar  masjidi  vazifasini  o‘tagan.  Masjid  ko‘pgina  gallereyani 
birikitiruvchi  yagona  markaziy  katta  zalga  ega  bo‘lib,  hujralar  bilan  o‘ralgan 
ko‘rkam  hovli  ham  mavjud.  Aylana  ustidagi  tashqi  feruza  rang  gumbaz  bizning 
davrimizda  tugal  holga  aylantirilgan.  Mehrob  yoniga  baland  marmar  minbar 
qurilgandir.  Obidani  mozaik  bezatishda  sariq,  yashil  o‘ymakorlik  san’ati  jilolari 
keltirilgan. Masjidning ichki qismi kundal texnikasi asosidagi oltin suvi yuritilgan 
gulli  o‘simlik  bezaklari  (uni  Tillakori  –Oltin  bilan  bezatilgan)  bilan  boyitilgan. 
Tillakorining  sharqida  Shayboniylar  daxmasi  joylashgan  (XVI  asr  boshida 
ko‘chani  to‘g‘rilash  natijasida  o‘zining  ilk  o‘rniga  qaytarilgan).  Mazkur  baland 
bo‘yli,  to‘g‘riburchakli,  marmarli  maydonda  o‘z  vaqtida  Shayboniylarning 
Samarqanddagi avlodi qabrlari qo‘nim topgan. Madrasa ta’surotga boydir. Uni bir 
ko‘rish bilan bir umr esda saqlash mumkin. 
Reportaj  usuli  jurnalistika  janriga  xos  bo‘lib,  ayni  damda  gid  ko‘z  oldida 
sodir bo‘layotgan hodisani tezkorlik bilan yetkazib berishdan iborat. Mazkur janrni 
qo‘llayotgan jurnalist har doim sodir bo‘layotgan voqea yoki hodisaning guvohiga 
aylanadi.  Gid  ekskursiya  xizmati  davomida  ekskursantlar  guvohi  bo‘layotgan 


 
129 
hodisa,  jarayonni  sharhlab  boradi  (masalan,  hamirni  bo‘lakchalarga  ajratib, 
«Samarqandcha»  nonni  yasayotgan  nonvoy  harakatlari),  ekskursantlar  esa  ko‘z 
o‘ngida  jarayon  rivojlanib  borayotganligini  kuzatadilar.  Ushbu  usuldan 
foydalanishning  murakkabligi  shundaki,  hikoyaning  ma’lum  qismiga  oldindan 
tayyorgarlik  ko‘rilmaydi  va  individual  matnga  kiritilmaydi.  U  improvizatsiya 
xususiyatiga 
ega 
bo‘lib,  gid  tomonidan  yo‘l-yo‘lakay  voqea-hodisa 
kuzatilayotganda tuziladi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish