O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATIDA BIRINCHI TIBBIY



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

14-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATIDA BIRINCHI TIBBIY 
 YORDAMNI KO‘RSATISH QOIDASI  
 
14.1. Birinchi tibbiy yordamning ekskursiya jarayonidagi ahamiyati  
14.2. Yurakni massaj qilish qoidasi  
14.3. Ekskursiya jarayonidagi turli noxush holatlarda birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish qoidasi 
14.4. Jabrlanuvchini transportda shifoxonaga jo‘natish qoidasi 
 
14.1.  Birinchi tibbiy yordamning ekskursiya  
jarayonidagi ahamiyati 
 
Birinchi  tibbiy  yordam  -  to‘satdan  shikastlangan  va  sog‘ligini  yo‘qotgan 
insonga  salomatligini  va  hayotini  saqlashga  qaratilgan  oddiy  tibbiy  tadbirlarni 
ifodalaydi. 
Jabrlanuvchini  qutqarish  gid  tomonidan  tibbiy  yordamni  qanchalik  tez  va 
to‘g‘ri ko‘rsatganiga bog‘liq bo‘ladi.  
Birinchi  tibbiy  yordamning  mazmuni  jabrlangan  insonga  jarohatlangan 
a’zolaridagi  og‘riq  taassurotini  kamaytirish,  oddiy  tibbiy  yordam  uslublarini 
qo‘llashga va shikastlangan insonni tez shifoxonaga yuborishdan iboratdir. 
Birinchi  tibbiy  yordamni  to‘g‘ri  tashkillashtirish  uchun  quyidagilar 
bajarilishi zarurdir: 

  har  bir  turistik  firmada  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatishga  va  gid 
aptechkasida  saqlanishi  lozim  bo‘lgan  tibbiy  vositalarning  mavjudligiga  javobgar 
bo‘lgan mas’ul shaxsni tayinlash; 

  har  bir  turistik  firmada  gidlarni  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish 
qoidalariga o‘qitilishini tashkil etish; 

  gid  tomonidan  ko‘rsatilgan  tibbiy  yordam  shifokor  kelguniga  qadar 
(shifokor  o‘rnida  emas!)  ko‘rsatiladigan  yordam  bo‘lib,  quyidagilarni  qamrab 
oladi:  jarohat  joyidan  qon  ketishini  vaqtincha  to‘xtatish,  jarohatlangan  a’zoning 


268 
 
(kuygan  sohani)  boylami,  og‘ir  shikastlanganda  shu  sohani  immobilizatsiyalash 
(a’zoni  qimirlatmaydigan  qilish),  jonlantirish  tadbirlarini  (sun’iy  nafas  berish, 
yurakni  massaj  qilish)  o‘tkazish,  umumma’lum  bo‘lgan  kasalliklarda  og‘riq 
qoldiruvchi  va  boshqa  dori  vositalarini  to‘g‘ri  berish,  jabrlanuvchini  shifoxonaga 
transportda jo‘natish. 
Gid  aptechkasida  (komplektatsiyalash  yo‘riqnomasi  asosida)  tibbiy  yordam 
ko‘rsatishda lozim bo‘lgan barcha tibbiy vositalar bo‘lmog‘i shart.
 
 
Gid ekskursiya jarayonida jabrlangan insonga birinchi tibbiy yordamni tezda 
ko‘rsatishi uchun u eng avvalo insondagi hayot va o‘lim belgilarini anglay olishi 
shart. 
Insondagi hayot  belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

  gid  jabrlanuvchining  yurak  urishini  ko‘krak  qafasining  chap  sohasiga 
qo‘l kaftini qo‘yib yoki qulog‘i bilan eshitib aniqlaydi; 

  pulsni  bilakning ichki sohasidan, bo‘yindan paypaslab aniqlaydi; 

  nafas  olish  mavjudligini  aniqlash  ko‘krak  qafasining  harakatiga,  og‘iz 
yoki burunga oynachani ushlab namlanishiga qarab yoki burunga yaqinlashtirilgan 
paxta tolasining harakatiga qarab aniqlaydi; 

 
ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka reaksiyasiga, ya’ni ko‘zga yo‘naltirilgan 
yorug‘likka ko‘z qorachig‘i keskin torayishi orqali aniqlaydi. 
Hayot  belgilarining  mavjudligi,  jabrlanuvchiga  zudlik  bilan  tibbiy  yordam 
ko‘rsatib, uning hayotini saqlash mumkinligidan dalolat beradi. 
Insonlarda  klinik  o‘lim  5-7 daqiqa davom  etib, bunda  inson  nafas olmaydi, 
yurak qisqarishlari kuzatilmaydi, biroq to‘qimalarda qaytmas jarayon belgilari hali 
mavjud bo‘lmaydi. Bu davrda organizmni hali hayotga qaytarish mumkin bo‘ladi. 
8-10  daqiqa  o‘tgach  biologik  o‘lim  jarayoni  qayd  etiladi.  Bu  fazada  jabrlanuvchi 
hayotini hayotiy  muhim a’zolari miyada,  yurakda, o‘pkada qaytmas jarayon sodir 
bo‘lganligi sababli saqlab qolish mumkin bo‘lmaydi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish