O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

 
 
12.7-rasm. Salla ostidan  kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar 
do‘ppisi. 
 
Joylarning  tabiati  kishilar  didi,  xalq  amaliy  san’ati  usullari  ta’sirida 
do‘ppining  turli  xillari  vujudga  kelgan.  Viloyatlarning  tumanlarida  tikiladigan  
Iroqi, Chust do‘ppi, Gilam do‘ppi, Chakma to‘r, Qizil gul, Piptado‘zi, Zardo‘ppi, 
Guldirma  deb  nomlanadigan  milliy  do‘ppi  turlari  mavjud.  Masalan,  Surxondaryo 
(ayniqsa,  Boysunda)  va  Qashqadaryoda  yumaloq,  konussimon  tuzilishdagi 
do‘ppilar  ipak  tolalaridan  tikiladi.  Shahrisabzning  tepa  va  kizagi  yaxlit  (ipak  va 
ipdan)  to‘qilgan  «gilam  do‘ppi»  si  ham  o‘ziga  xos.  Surxandaryoning  Boysunida 
konussimon-yumaloq shakldagi, «to‘ldirma» deb ataluvchi kashta bilan bezatilgan, 
chetlariga  jiyak  va  popuk  bilan  bezak  berilgan  piltado‘zi  do‘ppilar  mashhur. 
Bundan tashqari ushbu hududlarda «Sanama», «Chizma», «Tax’ya», «Chumakli», 
«Qush» kabi turlari ham bor.  
Buxoroda  ularga  asosan  zardo‘zi  kashta  bilan  bezak  berilgan.  Buxoro 
zardo‘zlarining  zamindo‘zi  (  «Yulduz»,  «Tovus»  va  boshqa  )  do‘ppilari  badiiy 
jihatdan  yuqori  baholanadi.  Qadimda  Buxoro  erkaklarining  do‘ppilari  yumaloq 
shaklli, chap tomonida popugi bo‘lgan. 


251 
 
Chust,  Marg‘ilon,  Qo‘qon,  Andijon  kabi  shaharlarda  do‘ppilar  boshqa 
hududlardan  ancha  ilgari  yaratilgan.  Bugun  ko‘pgina  hududlar,  masalan, 
Samarqand,  Jizzax  erkaklarining  tepasi  baland  do‘ppilari  aslida  vodiydan  kirib 
kelgan.  Farg‘ona  vodiysida  do‘ppi  turlari  rang-barang  bo‘lib,  ulardan  «Sandali», 
«Akka ikki so‘m», «Chimboy» va «Surkachekma» kabi do‘ppilardir. 
Toshkentda  «duxoba  do‘ppi»  mashhur.  U  «Oq  par»,  «Chorgul»  deb  ham 
atalib,  sidirg‘a  baxmaldan  tikiladi.  Toshkent  va  Andijonda  biser  bilan  bezatilgan 
«Nozik» nomli do‘ppi ham mashhur. 
Xorazmda  do‘ppi  deyarli  kiyilmaydi.  Voha  erkaklari  asosan  chugurma 
kiyishadi. 
Demak,  do‘ppilarning  oltita  mahalliy  guruhi  farqlanadi:  toshkentcha, 
farg‘onacha,  buxorocha,  qashqadaryocha,  surxondaryocha  va  xorazm-
qaraqalpoqcha.  O‘sha  davrlarda  do‘ppilar  nomiga  ular  yaratilgan  shaharlar  nomi 
ham  qo‘shib  aytilgan:  «Chust  do‘ppi»,  «Qo‘qon  do‘ppi»,  «Shaxrixon  do‘ppi», 
«Marg‘ilon do‘ppi», «Gilam  (Shahrisabz) do‘ppi» va b. 
Farg‘ona do‘ppichiligida «chust» do‘ppilaridan keyin, ularga o‘xshatma qilib 
marg‘ilon  do‘ppilari  yaratildi.  Do‘ppining  tepa  qismi  to‘rt  karjga  ajratilib,  har 
karjiga  bir  dona  qalampir  nusxa  tikilib,  asosan  qora  rangdagi  satin  va  ipak 
matolardan tayyorlanadi.  
Marg‘ilon  do‘ppilarining  qalampir  nusxasi  chust  do‘ppisinikiga  nisbatan 
ingichkaroq  va  kashta  tikish  usuli  bilan  farq  qiladi.  Marg‘ilon  xotin  qizlari 
do‘ppilarining  o‘ziga  xosligi  shundaki,  ularning  tagligi  yaxlit  oq  iplarda  tikiladi.  
Bezagidagi  asosiy  mavzu-gullayotgan  buta,  ba’zan  uning  shoxida  turgan  yashil 
yoki  ko‘k  rangdagi  qush  bo‘lib  bunday  do‘ppilar  Farg‘onaning  markaziy  va 
g‘arbiy qismidagi barcha joylariga xos. Do‘ppilarning gullari oq ipak bilan tikilib, 
gul naqshlari  bo‘rtib turadi.  Bunday  ko‘rinishni hosil qilish uchun naqsh chizig‘i 
bo‘ylab  chok  ostidan  yo‘g‘onroq  xom  ipak  (to‘shama)  to‘shalib  tikiladi.  Namga 
chidamli qog‘oz yoki matodan ingichka tasma qirqilib, tasma kashta naqshi ostiga 
joylanadi. Do‘ppilar «piltado‘zi» usulida tayyorlanib, kizagiga qora paxta va ipak 
ipdan tayyorlangan «chalma» jiyaklar tikiladi.  


252 
 
 
 
12.8-rasm. Qalampir nusxali do’ppi. 
 
Do‘ppilarning  shabpo‘sh  deb  ataladigan  turi  ham  bor.  U  tikuv  mashinasida 
yoxud  qo‘lda  baxyalab  tikilgan  ip  gazlama  matodan  tayyorlanadi.  Shabpo‘shni 
qishda telpak ostidan yoki tungi bosh kiyimi sifatida kiyishgan.  
Do‘ppi tikish kasbi - do‘ppido‘zlik, do‘ppi tikuvchi ustani esa do‘ppido‘z deb 
ataganlar.  Do‘ppi  tikish  san’ati  bilan  azaldan  asosan,  xotin-qizlar  shug‘illanib 
kelishgan,  ko‘pchilik  naqshlarni ular  yaratishgan.  Har bir  chevar  nafaqat  ma’lum 
bir  andozani  takrorlagan,  balki,  tez-tez  o‘zicha  naqsh  kompozitsiyasini,  uning 
rang-tusini o‘zgartirgan bu esa do‘ppiga alohida husn bag‘ishlagan. Shunday qilib, 
an’analashgan  sari  bu  san’at  avloddan  avlodga  o‘tib,  do‘ppilarning  kashtalarida 
rang-barang  va  betakror  naqshlar  paydo  bo‘lib  borgan.  O‘zbek  kashtachilik 
san’atida  uchraydigan  bezak  unsurlari  real  dunyoni  tasvir  etib,  uni  anglashning 
o‘ziga  xos  vositasi,  shakl  va  rang  mukammalligidan  hayratlanish  ifodasi 
hisoblanadi.  Do‘ppi  kashtasida  atirgul,  gulsafsar,  chinnigul,  lola,  gultojixo‘roz, 
olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi.  
Do‘ppilardagi  eng  ko‘p  uchraydigan  naqshlarga  gul  naqshlari,  hayot  va 
unumdorlik  ramzi  bo‘lgan  bodom  naqshi  kiradi.  Ba’zi  do‘ppilar  ornamentida 
to‘lg‘anib turgan ilon izi tasvirini ko‘ramiz.  Bu tasvir yomonlikdan asrovchi vosita 
sifatida  qaraladi  va  xalq  orasida  tumor  sifatida  bilishadi.  Respublikada 
Marg‘ilonning eng ko‘p tarqalgan do‘ppi bezagi «qalampir guli», «tumor» bo‘lib, 
poklik  hamda  ko‘z  tegmaslik  ramzi  hisoblanadi.  O‘zbekistonda  bolalar,  birinchi 
navbatda  yangi  tug‘ilgan  go‘daklar,  shuningdek,  ko‘zi  yorigan  ayollarni  yomon 


253 
 
ko‘zlardan  asrash  ma’nosida  bodom  yoki  qalampir  shaklida  tumor  taqishadi,  shu 
bois  ularni  xalq  san’atida  ham  himoya  ma’nosida  qo‘llashadi.  Do‘ppilardagi  pat 
bog‘lami, qushlar tasviri esa donishmandlik, oqillik ramzidir.  
Do‘ppining  xalqimiz  hayotidagi  muhim  ahamiyatini  do‘ppi  bilan  bog‘liq  
ertak,  afsona,  rivoyat,  naql,  maqol,  matal,  iboralar  mavjudligidan  ham  bilsak 
bo‘ladi. Xalqimiz orasida eng ko‘p tarqalgan iboralarga murojaat qilaylik: 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish