313
iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda
Shohi-Zinda o‘z zamonasini bezab turgan san’at
asarining bebaho durdonasidir. Hatto
Bibixonim masjidi ham beqiyos ulug‘vorligi
bilan ajralib turadi. Bu yodgorliklar kishilarda uchmas taasurot qoldiradi va o‘sha
davr qurilish texnikasi va arxitekturasi to‘g‘risida tasavvur beradi.
Go‘ri-Amir
maqbarasining ulug‘vor gumbazi o‘tmish me’morchilik san’atining namunalaridan
biridir. Shaharning shimoliy - sharqiy qismida butun dunyoga mashxur
Ulug‘bek
rasadxonasi harobalari hanuzgacha saqlanib qolgan. Rasadxona o‘sha davr uchun
mukammal bo‘lgan uskunalar bilan jihozlangan edi. Ulardan faqatgina ulkan
sikstantning bir qismi saqlanib qolgan xolos. Hozirda rasadxona qayta ta’mirlangan
va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Samarqand markazida yana bir mashxur me’moriy ansambl
Registon bo‘lib,
u Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini birlashtiradi. Ular orasida o‘quv
yurti sifatida bunyod etilgan Ulug‘bek madrasasi alohida o‘rin tutadi. Har
tomonlama mohiyati katta bo‘lgan bu madrasada ma’lumotlarga ko‘ra ulug‘
mutafakkir olim, taniqli munajjim, matematik, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan
davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning o‘zi dars bergan. Ulug‘bek xukmronligi davrida
Samarqand o‘rta asrning jahonshuml markazlaridan biriga aylanadi. Uning atrofida
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va shu singari boshqa yirik olim-astronomlar,
matematiklar birlashib ilmiy maktab yaratadi. Ulug‘bek tomonidan asos solingan
maktablarda diniy ilmlardan tashqari geografiya, tarix, falakkiyot kabi fanlar ham
o‘qitilgan. Komusiy olim Ulug‘bekning jahon fani va taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasini hisobga olgan YUNESKO bosh konferensiyasining 27 sessiyasi uning
yubiley-tavallud topgan kunining 600 yilligini dunyoviy qadriyatlar ruyxatiga
kiritish va bu sanani 1994 yilda butun dunyoda bayram qilish xaqida qaror qabul
qilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 1994 yilni
«Mirzo Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. Shunday qilib, 1994 yil oktyabr oyida
O‘zbekiston Republikasida YUNESKO bilan birgalikda buyuk vatandoshimiz
tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu sana
sayyoramizning boshqa hududlarida ham munosib tarzda nishonlandi. Jumladan,
Ulug‘bek sharafiga bag‘ishlangan tantanalar Parijda ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda
“Ulug‘bek va Buyuk Temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Bu anjuman ishtirokchilari Ulug‘bek yirik mutafakkir olim sifatida tarixdan joy
olgani, dunyo fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida
ta’kidladilar. Ushbu tarixiy obidalarimiz hozirgi kunda ham o‘zining betakror
san’ati bilan butun dunyo turistlarini o‘ziga jalb etib kelmokda. Bu yerga har yili
tashrif buyurayotgan turistlar soni yildan yilga ko‘paymokda. Agar o‘tgan yillarda
Samarqandga tashrif buyurgan turistlar sonini tahlil qilsak juda yuqori natijalarga
erishilayotganligining guvohi bulamiz.
“Buyuk Ipak Yuli”da joylashgan tarixiy va madaniy markazlar orasida
Do'stlaringiz bilan baham: