O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Buxoro  alohida  ahamiyatga  ega.  Buxoro  ham  Samarqand  kabi  ko‘plab  sayyohlar 
e’tiborini  tortgan  qadimiy  arxitektura  yodgorliklariga  boy,  tarixiy  jihatdan  ulkan 
ahamiyatga  ega  bo‘lgan  shahardir.  O‘zining  140dan  ortiq  arxitektura  yodgorliklari 
bilan  ma’lum  va  mashxur  bo‘lgan  Buxoro  O‘rta  Osiyoning  boshqa  har  qanday 
shahardan  ko‘ra  ko‘prok  qadimiy  sharq  shahri  qiyofasini  saqlab  qolgan.  Buxoro 
shahri  Markaziy  Osiyo  me’morchiligining  ming  yillik  tarixi  va  asosiy  rivojlanish 


                      
314 
bosqichlarini o‘zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. Shahardagi har bir yodgorlik 
o‘z sukunatida uzoq o‘tmish sirlarini saqlab qolgan. Bu ajoyib shaharning yoshi bir 
necha o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ma’lumki, 1995 yil kuzida Parijda YUNESKO 
konferensiyasining  28-sessiyasida  Buxoro  shahrining  2500  yilligini  dunyo 
ko‘lamida nishonlash haqida qaror qabul qilindi va ushbu anjuman katta tantanalar 
bilan o‘tkazildi.  
Uzoq o‘tmishda Buxoro hududidan o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan xalqaro 
yo‘llar,  eng  avvalo  “Buyuk  Ipak  Yuli”  o‘tgan  keng  rivojlangan  savdo  almashuvi 
Buxoro  shahri  hududlarining  rivojlanishiga  imkoniyat  yaratgan.  Buxoroni  haqli 
ravishda  sharaf  manzili,  samimiyat  ka’basi  va  mashxur  kishilar  to‘planadigan  joy 
deb  atashgan.  Qadimiy  Buxoroning  ziynati  va  nodirligi  uning  betakror  arxitektura 
yodgorliklaridadir. 
Qator asrlar  davomida Buxoro, Turkiston o‘lkasi shaharlari orasida yetakchi 
mavqiyeini  egallab  kelgan.  Shahar  rivojlanishining  bu  davri  hunarmandchilik, 
savdo-sotiq, qurilish texnikasi, fan, adabiyot, san’at taraqqiyoti bilan harakterlanadi.  
Bu  yerda  O‘rta  Osiyoning  taniqli  shoirlari  Firdavsiy,  Rudakiy,  butun  jahonga 
mashxur ensiklopedist (qomusiy) olim Abu Ali Ibn Sino va boshqalar yashagan va 
ijod qilgan. Buxoro musulmon dunyosida alohida o‘rin egallaydi. Buxoroda tarixiy 
madaniy  yodgorliklar  juda  ko‘p  bo‘lib,  ular  Buxoroni  muzey  shahar  deb  atashga 
imkon beradi. 
Musulmon tarixining ajoyib yodgorligi Ismoil Somoniy maqbarasi uzoq yillar 
davomida saqlanib, bizning kunlargacha  yaxshi holatda yetib kelgan. Unda o‘rta asr 
ilk  davri  me’morchililigining  eng  yaxshi  yutuqlari  o‘z  aksini  topgan.  Bu  maqbara 
kompozitsiyasining  oddiyligiga  qaramay,  arxitektura  usullarining  rang-barangligi 
bilan kishini xayratga soladi va xaqli ravishda «Sharq durdonasi» hisoblanadi. 
Buxoro  shahrini  Minorai  Kalonsiz  tasavvur  etish  mumkin  emas.  O‘rta 
Osiyodagi mashxur arxitektura yodgorliklari orasida eng balandi hisoblangan va 900 
yildan ziyodroq ilgari qurilgan bu minora Buxoro qiyofasida alohida mavqiyega ega. 
Uni  ba’zida  o‘lim  minorasi  yoki  “Ajal  minorasi”  deb  atashgan.  Afsonalarga 
qaraganda  o‘limga  xukm  etilgan  jinoyatchilar  va  bevafo  xotinlarni  undan 
tashlashgan. 
Buxoro  shahrining  markaziy  qismida  qadimiy  qal’a  -  Ark  qad  ko‘targan.  U 
muzey shaharning eng ko‘hna arxitektura yodgorligidir. 
Shahardagi  boshqa  yodgorliklar  ham  katta  qiziqish o‘ygotadi. To‘rtta  baland 
minoralari bo‘lgan Chorminor madrasasi, yigirmata yogoch  ustunli ayvoni bo‘lgan 
Baloxovuz masjidi, Abdulazizxon, Mir  Arab madrasalari va boshqa turistlar diqqat 
e’tiborini  o‘ziga  jalb  qiladi.  Yozgi  xon  saroyi  Sitorai  Moxi-Xosa  kabi  muxtasham 
binoni  gapirib    o‘tmaslik  mumkin  emas.  Tarixiy  yodgorliklarning  shohidlik 
qilishicha, bu  saroy  ko‘rilishida  ajoyib  mahalliy  va  boshqa  joylardan taklif  etilgan 
yevropalik    ustalarning  ijodiy  saloxiyati  mushtaraklashib  ketgan.  Ushbu  yodgorlik 
juda  muhtasham  ko‘kalamzorlashtirilgan  maydonni  egallaydi.  Sitorai  Moxi-Xosa 
saroyidagi  ko‘p  imoratlar  ichida  tantanali  qabullar  uchun  mo‘ljallangan  “Oq  zol” 
ayniqsa ajralib turadi.  
Buxoro  viloyatining  ma’muriy,  iqtisodiy  markazi  Buxoro  shahrida  240 
mingdan ortiq aholi yashaydi. Shaharda qator sanoat korxonalari mavjud. Zarduzlik 


                      
315 
va  shoyi  to‘qish  xunarlari  Buxoroni  jahonga  tanitgan.  Mohir  mahalliy  ustalar 
yaratgan  buyumlar-badiiy  so‘zanalar,  ayollar  kiyimlari,  turli  shoyi  belbog‘lar,  zar 
do‘ppilar,  respublikamizdan  uzoq-uzoqlarga  ham  mashhurdir.  Buxoro  jahonning 
qator  mamlakatlaridan  O‘zbekistonga  keladigan  turistlarning  ko‘pini  o‘ziga  jalb 
qiladi. Bu yerga kelayotgan turistlarning o‘tgan yillardagi tahlilini hisoblab ko‘rsak 
juda  ko‘p  turistlar,  ayniqsa  musurmon  davlatlaridan  kelayotgan  sayyohlar 
ko‘pchilikni egallaydi. 
  Zamin  turistlari  diqqat-e’tiborini  o‘ziga  karatgan,  ajoyib  tarixiy  obidalar 
markazi  bo‘lgan  yana  bir  shahar  Xivadir.  Shahar  to‘g‘risidagi  yozma 
ma’lumotlarning ko‘pchiligi bizgacha to‘lik yetib kelmagan. 
XVII  asr  boshida  Xiva  Xorazm  davlatining  poytaxti  edi.  Keyinchalik  bu 
davlat  Xiva  xonligi  degan  nomni  oldi.  Xiva  uzoq  yillar  davomida  musulmon 
madaniyatining  muhim  markazlaridan  biri  bo‘lib  keldi.  O‘sha  davrlarda  bu  yerda 
turli xil xalq xunarmandchiligi keng rivojlandi. 
Shaharning  ichki  qismini  tashkil  etadigan  Ichan  qal’a  va  Dishon  qal’a 
shaharning ajoyib yodgorliklaridan hisoblanadi.  
Ichan  qal’a  shaharning  eng  eski  qismi  bo‘lib,  to‘rt  tarafdan  qal’a  devorlari 
bilan  o‘ralgan.  Ichan  qal’ada  qadimgi  me’morchilik  uchun  mos  bo‘lgan  qator 
arxitektura yodgorliklari joylashgan. Bu yodgorliklar orasida madrasalar, masjidlar, 
maqbaralar va yopiq bozorlar o‘rin egallagan. 
Dishon qal’ada savdogarlar, xunarmandlar uylari, shuningdek qator masjid va 
madrasalar qad ko‘targan. 
Xiva  shahri  o‘rtasida  ko‘p  ustunli  Juma  masjidi  Markaziy    Osiyoning  eng 
qadimiy inshootlaridan biri hisoblanadi. Xiva arxitekturasi o‘z shaklining salobatligi 
va  bezaklarining  nafisligi  bilan  kishini  hayratga  soladi.  Shahardagi  yodgorliklar 
mahalliy  ustalar  va  umuman  Xorazm  me’morlarining  yuksak  mahorati  va 
muxandislik ishlari kishini o‘ziga jalb etadi. 
Xivada 50 mingga yaqin aholi soniga ega bo‘lib, u o‘zining tarixiy obidalari 
bilan  jahonga  tanilgan.  U  turistlar  diqqatini  o‘ziga  tortadigan  shaharlar  qatoridan 
o‘rin  oladi.  Respublikamizning  Toshkent,  Andijon,  Qo‘qon,  Shahrisabz,  Termiz 
kabi shaharlarida ham o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy yodgorliklar anchagina ko‘p. 
Hozirgi  kunda  jahonning  turli  mamlakatlaridan  keladigan  ming-minglab 
turistlar  uchun  marshrutlar  (yo‘nalishlar)  belgilangan.  «O‘zbekturizm”  milliy 
kompaniyasi ixtiyorida turistlarga xizmat ko‘rsatadigan qator sayyohlik tashkilotlari 
(bo‘limlari)  mavjud  bo‘lib,  ular  barcha  viloyatlarda  turizm  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
faoliyat ustida ish olib boradi.  

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish