O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Amerika  turizmi.  Ikki  materik  –  Janubiy  Amerika  va  Shimoliy  Amerika 
Amerika  degan  umumiy  nom  bilan  ataladigan  bitta  qit’ani  tashkil  etadi.  Uning 
maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika Shimoliy 
Amerika,  Markaziy  Amerika  va  Janubiy  Amerikadan  iborat  bo‘lib  xilma-xil  tabiat 
zonalari  va  iqlim  poyaslariga  bo‘linadi.  Keyingi  yillarda  Amerika  xalqaro  turizm 
bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni 
pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas. 
Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi.  
2005 yilda Amerikaga tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni 133,5 mln. 
kishini  tashkil  qildi.  Amerika  turizmning  rivojlanishiga  2001  yil  11  sentyabrda 
AQShda  terroristik  harakatlarning  ruy  berganligi  katta  ta’sir  ko‘rsatdi.  Natijada 
mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda  o‘sish 
0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Karib 
dengizi  havzasi  va  Janubiy  Amerika  hududlar  keyingi  2-3  yillik  salbiy 
ko‘rsatkichlardan so‘ng yana yuksalish (+8 va +12 %) pog‘onasiga o‘tdi. Argentina, 
Braziliya  kabi  mamlakatlarda  ichki  mintaqaviy  turizmning  rivojlanishi  kuchaya 
borganligi bilan harakterlanadi. Umuman, Amerika ham Yevropa singari ichki turizm 
sohasida  uchta  yirik  turistik  Markazga  (AQSH,  Kanada,  Meksika)  ega.  Mintaqada 


                      
47 
xalqaro  turizm  hajmining  qisqarishiga  qaramasdan  Shimoliy  Amerika  mintaqasi 
hamon  jahon  turizm  bozorida  o‘zining  tutgan  o‘rnini  (15,7  %)  pasaytirgani  yo‘q. 
Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir. 
So‘nggi  yillarda  Amerikaning  Karib  havzasi,  Markaziy  Amerika  va  asosan 
Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda. 
Janubiy  Amerika  xalqaro  turistlarning  tashrifi  bilan  alohida  ajralib  turadi. 
Chunki  ushbu  mintaqa  o‘zining  xilma-xil,  takrorlanmas  tabiiy  resurslari,  tarixiy 
yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush-tarzi bilan harakterlanadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish