45
Koreya Respublikasi
6022
3,9
5660
4,1
Laos xalq
demokratik
respublikasi
672
0,4
147
0,1
Makao (Xitoy)
9014
5,8
7757
5,6
Malayziya
16431
10,6
8543
6,2
Yangi
Zellandiya
2365
1,5
4865
3,5
Fillipin
2623
1,7
2130
1,5
Singapur
7080
4,6
5740
4,1
Tayvan (Xitoy)
3378
2,2
4977
3,6
Tailand
11567
7,4
10108
7,3
Vetnam
3468
2,2
-
-
Manba:
Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
Shuni qayd qilish zarurki, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Amerikadagidek
turistlar kelishi bo‘yicha asosan bir sub mintaqada o‘rnashgan. Ammo biroq turistlar
kelishi darajasi anchagina past. Ularning tarqalishi Sharqiy, Janubiy – sharqiy Osiyo
va Okeaniya hududlarida bir tekisda tarqalgan.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida asosiy turistlar oqimi Sharqiy Osiyo ya’ni
Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy (3/5 qismi) mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinda esa Janubiy–sharqiy Osiyo (1/3) mamlakatlari egallaydi. Avstraliya
va Okeaniya hududlariga qariyib 10 % keluvchi turistlar soni to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy Xalq
Respublikasi (XXR) alohida o‘rinni egallaydi. Uning evaziga butun mintaqaga
keluvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo‘shib
hisoblaganda esa 50 % to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, hozirgi kundagi Xitoy turizmi o‘tgan asrning 70- nchi
yillaridan boshlab rivojlana boshladi, Qaysikim Xitoyda iqtisodiy islohatlar ya’ni
«ochiq eshik» siyosati amalga oshirilishi bilan tub o‘zgarishlar ruy berdi. Birgina
1988 yilda Xitoyga tashrif buyuruvchi turistlar umumiy soni 1979 yilga nisbatan 37
barobarga oshdi. Shu davrda Xitoyga keluvchi turistlarning aksariyat qismi Yaponiya
va AQSH mamlakatlaridan tashkil topdi. Ya’ni Xitoyga keluvchilarning har uch
kishidan biri-yaponlar, har besh nafar keluvchi sayyohlardan biri esa amerikaliklar
edi. Undan keyingi o‘rinlarni G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya,
Germaniya), Janubiy-Sharqiy Osiyo (Singapur, Tailand, Filippin), Avstraliya va
Kanada davlatlari egallaydi. So‘nggi yillarda Xitoy turizm bozorida ishtirok etishda
Malayziya, Indoneziya, Koreya
Respublikasi, Mongoliya va Rossiya
davlatlari faollik
ko‘rsatmoqda.
Xitoyga tashrif buyurgan sayyohlarda an’anaviy Pekin-Shanxay-Sian-Guilen
yo‘nalishlarini chetlab o‘tib, Syangan (Gonkong) va Guandjou kabi o‘lkalarni borib
ko‘rishga qiziqish o‘smoqda. Ayniqsa turistlar uchun Xuanxe daryosida sayr tamosho
qilish, Yanszi daryosi bo‘ylab daralarni ko‘rish yoki qadimgi Xitoy devorlari va
kanallarini kuzatish, xitoyliklar taomlarini tatib ko‘rish, qadimgi xitoy, tabobat ilmi
usullari bilan yaqindan tanishish, ommaviy xalq sayillarida («qog‘oz ilonlar»
festivalida) ishtirok etishga muyassar bo‘lishadi.
46
Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi o‘n yilliklarda xalqaro turizmda Xitoy shon-
shuhrati tobora ortib bormoqda. Agar 1990 yilda Xitoy mamlakatga turistlar kelishi
bo‘yicha dunyoda 12 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1995 yilga kelib 8 o‘rin, 2000 yilda esa
beshlik davlatlari qatoriga ko‘tarildi. 2005 yilda Xitoyga keluvchi turistlarning
umumiy soni qariyib 47 mln. kishiga yetdi. BTT prognozlariga ko‘ra 2020 yilda
Xitoyga (Syangan bilan birgalikda) keluvchi turistlar umumiy soni 196 mln. kishiga
yetishi kutilmoqda. Ya’ni bu degani Xitoyga keluvchilar soni AQSH va Fransiyaga
nisbatan 2 barobarga, Ispaniyaga -3 barobar, Italiya va Buyukbritaniyaga esa 4
barobarga ortadi demakdir.
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha Xitoydan
tashqari yangi industrlashgan (sanoatlashgan) mamlakatlar, jumladan: Syangan
(Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailand
kabilar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda xalqaro
turizmning ishga aloqador sohasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa
Tailand o‘zining ekzotik tabiati bilan ko‘p mingli turistlar guruhini o‘ziga jalb qilib
kelmoqda. Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan (Gonkong), Singapur kabilar
o‘zining ko‘ngil ochar turizm sohasi bilan mashhur bo‘lib bormoqda.
Yaponiya mintaqadagi eng rivojlangan turistik davlatlardan biridir. Bu yerga
tashrif buyuruvchi turistlar turli xil maqsadlar bilan kelishadi. Ularning ko‘pchiligi
dam olish, ko‘ngil ochishni ma’qul ko‘rishadi. Yaponiya ko‘ngil ochish turizmi
bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan bir qator mamlakatlar, jumladan,
V’etnam, Laos, Kambodja, Mongoliya kabilar ham xalqaro turizm biznesida o‘z
o‘rnini tompoqda.
BTT ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Sharqiy,
Janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlari yaqin kelajakda xalqaro turizmda
keluvchi turistlar soni bo‘yicha o‘z mavqeini yanada saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: