O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


bozorga  chiqarishning  qo‘shimcha  imkoniyatlari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

bozorga  chiqarishning  qo‘shimcha  imkoniyatlari.  Iste’molchi  bilan 
bevosita aloqa yetkazib beruvchiga qo‘shimcha xizmatlarni sotish va bron 
rasmiylashtirish  (masalan,  orqaga  qaytish  hujjatlarini  rasmiylashtirish) 
imkonini  beradi.  Turist  esa  o‘zini  qiziqtiruvchi  axborotlarni  (xususan, 
xizmatlar  haqida  va  ularning  amaldagi  narxlari)  birinchi  manbadan  olish 
imkoniga ega bo‘ladi; 

  egiluvchanlik.  Uyushtirilmagan  sayyohlar  mustaqil  ravishda  marshrut  va 
sayohat programmasini ishlab chiqishganda, ko‘pincha ularni yo‘l-yo‘lakay 
aniqlab olishadi, ular ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni ma’qul ko‘rishadi. 
Negaki  bu  mijozlarni  individual  tarzda  o‘zgaruvchanlik  talablariga 
osongina moslashadi. Erkin qaror qabul qilishga monilik qilmaydi; 

  iqtisodiy  xususiy  qulayliklar.  Uchinchi  shaxs  orqali  sotishga  nisbatan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotish  kanali  ishlab  chiqaruvchini  ko‘proq  daromad 
olishini  ta’minladi.  Bir  haridorga  yoki  taklif  etilayotgan  tovar  (xizmat) 
birligi hisobiga; 

  sotilish  ustidan  shaxsan  nazorat  qilish  imkoniyati.  Ko‘pchilik  turistlar 
aldanib  qolishdan  xavfsirashadi  va  turistik  firmalarga  ishonishmaydi. 
Bunday  sayohat  ishqibozlari  shaxsan  safarga  tayyorgarlik  ko‘radilar: 
joylashish vositalarida bron qilishadi, biletlar sotib olishadi. Ular birlamchi 
turistik  xizmatlar  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  o‘zlarining  huquqiy 
munosabatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirib ko‘radilar va qo‘llariga 
buyurtma  va  safar  hujjatlarini  olishgach,  o‘zarini  bexavotirroq  sezishadi. 


                      
213 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotish  iste’moli  uchun  qaltis  tavakkalchilikka  o‘rin 
qoldirmaydi. 
«Yetkazib  beruvchi  -  iste’molchi»  kanali  afzalliklari  bilan  birga  bir  qator 
cheklanishlarga  ham  ega.  Ular  o‘z  xususiy  savdo  nuqtalari  tarmoqlarini  yaratishga 
ishlab chiqaruvchi sarflangan harajatlar, turistik firmalar kasb mahorati o‘sishi bilan 
bog‘liqdir.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri  bozorga  olib  chiqishni  ayni  mavsum  qizig‘ida 
uyushtirilmagan  sayyohning  sayohatga  tayyorgarlik  ko‘rishi  ham  rivojlanishiga 
to‘sqinlik  qiladi  (bo‘sh  o‘rin  yo‘qligi  va h.k.).  Bu  qiyinchilik ko‘pincha vositachini 
jalb etmasa uning uchun hal etilmay qoladi. 
Boshqa  taqsimlash  kanalning  bazis  tipi  –  bilvositadir.  Uning  belgi  ishlab 
chiqaruvchi  va  iste’molchi  o‘rtasida  vositasi  mavjudligidir.  «Tekinxo‘rlar»  degan 
nom orttirishganiga qaramay vositachilar muhim vazifani  bajarishadi. Ular qimmatli 
axborotlarni  tashuvchilar  hisoblanishadi.  Axborot  muhim  rol  uynaydigan  hozirgi 
jamiyatda  iqtisodiy  tizimda  ularning  o‘rni  beqiyos.  Vositachilik  uning  egasiga 
imkoniyatlarning  kengligi  haqida  to‘liq  tasavvur  beradi  va  faoliyat  samaradorligini 
ta’minlaydi.  Axborot  yetishmasligi  esa  aksincha  imkoniyatlarni  boy  berib 
qo‘yilishiga olib keladi. 
Yuqori  sifatli  axborotni  olish  qiyin,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotishda  iste’molchi 
hamma  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  bog‘lanishi  lozim.  Bu  zarur  mahsulotlar 
(xizmatlar)  variantlarini  taqqoslab  ko‘rish  va  muvaffaqiyatli  harid  uchun  muhimdir. 
Bilvosita taqsimlashda bu ishlarni vositachi bajaradi. U mijozni ma’qulroq kotrogent 
qidirishdek tinkani qurituvchi tashvishdan xolos etadi. 
Ana  shunday  vaziyatga  tushib  qolgan  ishlab  chiqaruvchi  ham  operatsiyalar 
almashinishida  vositachi  ishtirokidan  yutadi.  O‘zlarining  aloqalari,  tajribalari, 
ixtisoslashuvlari  va  qamrovi  kengligi  tufayli  professional  savdogarlar  va  agentlar, 
tovarlar  (xizmatlar)  ni  iste’molchilarga  yetib  borishi  uchun  barcha  imkoniyatlarni 
yaratishadi.  Bu  bilan  ular  korxona  savdo  imkoniyatlarini  kengaytiradi.  To‘g‘ridan-
to‘g‘ri  oldi-sotdi  va  aloqalarni  qisqartirish  evaziga  sezilarli  tejamkorlikni 
ta’minlaydilar.  Vositachi  sotish  bo‘yicha  ish  hajmini  kamaytirishga,  ortiqcha 
to‘planib qolgan mahsulot sotilishiga yordam beradi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish