O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

2.4. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar 
 
Xalqaro  turizmda  transportning  tutgan  o‘rni  beqiyos  muhim  bo‘lib 
hisoblanadi.  Ayniqsa  pasajjir  transporti  va  transport  kommunikatsiyalari  sayyohlar 
uchun ularni o‘z uyidan aeroport yoki temir yo‘l, avtomobil, dengiz, daryo suv yo‘li 
vokzallariga, 
sayyohlarni 
bir 
shahardan 
ikkinchi 
shaharga, 
vokzaldan 
mehmonxonaga, mehmonxonadan turistik manzillargacha qo‘lay, xavf-xatarsiz holda 
olib  borib  qo‘yishda  yo‘l  ochadi.  Xalqaro  turizmni  transport  vositalarisiz  umuman 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Pasajjir  tashuvchi  transport  vositalari  bilan  turizm  sohasi  o‘rtasida  o‘zaro 
bog‘liqlik mavjuddir. Transport vositalarining takomillashuvi, ya’ni zamonaviy qulay 
transport turlarining yaratilishi xalqaro turizmning dinamik holatda rivojlanishi bilan 
ifodalanadi.  So‘nggi  yillarda  xalqaro  turizmda  sayyohlikka  talabning  ortib  borishi, 
transport  tarmoqlarining  qatnashishi,  turistik  almashinishni  ta’min  etishda  va  uni 
to‘xtatib turishda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ko‘pgina  ommaviy  turistik  xizmatlarni  tashkillashtirishda  transport  va 
kommunikatsiyalarning  roli  beqiyos  muhimdir.  Ayniqsa  transport  tarmoqlari 
jumladan, avtomobil yo‘llari, ularning turistik ahamiyati va o‘tkazuvchanlik quvvati 
muhim  rol  o‘ynaydi.    Xorijdan  kelgan  har  bir  sayyoh  uchun  birinchi  ta’surot  
samolyot  trapidan  tushib,  aeroport  vokzaliga  kirishi,  yoki  temir  yo‘l  poyezdida 
kelganlar uchun temir yo‘l vokzalidan boshlanadi. Undan so‘ng transport vositalarida 
vokzaldan mehmonxonagacha boriladi. Shu sababli turizm uchun xizmat ko‘rsatuvchi 
tarmoqlarning holati sayyohlar uchun qulay, bezarar va tusiqsiz bo‘lishi zarur.  
Qo‘lay,  to‘la  jihozlangan  zamonaviy  transport  vositalari,  yangi  passajir 
kemalari,  poyezd  vogonlari  yaratilishi  xalqaro  turizm  sohasida  yangidan-yangi 
turistik  yo‘nalishlarning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Misol,  Sibir  o‘lkasi  shimoli, 
Alyaska,  Grenlyandiya  va  Shpitsbergen,  Skandinaviya  shimoliy  hududlari,  Olovli 
Yer  oroli  va  «juda  sovuq»  o‘lkalarga  uyushtiriladigan  sayyohatlar  soni  borgan  sari 
ortib bormoqda.
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish