O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
3.4. Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri 
 
Ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  keyin  Yevropaning  ayrim  mamlakatlarida, 
AQSH  va  Kanadada  xalqaro  turizm  endi  rivojlana  boshladi.  1951  yilga  kelib  butun 
dunyo bo‘yicha qayd etilgan turistlarning umumiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga 
yetdi  va  25  mln.  dan  ortiq  kishini  tashkil  qildi.  Urushdan  keyingi  yillarda  turizm 
sohasi  ommaviy  jamiyatning  barcha  tabaqadagi  a’zolari  uchun  xizmat  shakli  bo‘lib 
hisoblanadi.  Kuchli  dam  olishning  rivojlanish  infrastrukturasi  shakllanadi.  Bu  davr 
turistik  firmalarning  aktiv  faollashuvi  ommaviy  qurilish  mehmonxonalari,  motellar, 
dam  olish  uylari  va  ko‘ngil  ochar  joylari  bilan  ifodalanadi.  Xalqaro  miqyosda 
ayriboshlash  keng  ko‘lamda  rivojlana  boshladi.  Turizm  yakka  tartibdan,  uyushgan 
ommaviy  holatga  aylana  boshladi.  1947  y.  Parijda  xalqaro  turistik  tashkilotlarning 
rasmiy  Ittifoqi  (MSOTO)  tasdiqlandi.  Uning  haqiqiy  a’zolari  bo‘lib  davlat  va 
nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga 116 davlat kirgan. 
XX  asr  o‘rtalari  xalqaro  turizmning  eng  yuqori  darajada  yuksalishi  bilan 
harakterlanadi. 1960 yilda chetga chiquvchi turistlar soni 71 mln. kishiga yetdi. 1971 


                      
37 
yilga  kelib,  u  168  mln.  kishini  tashkil  qildi.  Xalqaro  turizm  jadallik  bilan 
rivojlanishiga birinchi o‘rinda dunyoda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi «sovuq urush» 
siyosatining  susayishi  va  rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotining  o‘sishi  bilan 
belgilanadi.  Turistlarning  ijtimoiy  kelib  chiqish  tarkibi  anchagina  o‘zgardi.  G‘arb 
mamlakatlaridagi  mehnatkash  ommaning  iqtisodiy,  turmush  tarzining  ijobiy  holga 
o‘zgarishi,  ish  haqining  o‘sishi,  ta’til  kunlarining  ko‘payishi  kabilar  katta  ta’sir 
ko‘rsatdi.  Xalqaro  turizm  rivojlanishiga  fan-texnika  taraqqiyotning  o‘sishi,  ayniqsa 
havo  transportida  reaktiv  passajir  samolyotlarning  yaratilishi  katta  imkoniyatlarni 
tug‘dirdi. 
Xalqaro  turizm  rolining  ko‘tarilishida  BMT  tezkorlik  bilan  rivojlanib 
borayotgani xalqaro hamkorlikning ushbu sohasiga juda katta e’tibor berdi. 1963 y. 
Rimda  (Italiya)  BMT  turizm  va  sayohatlar  bo‘yicha  I    konferensiya  o‘tkazildi. 
Konferensiyada  «Vaqtinchalik  keluvchi»,  «Turist»,  «Ekskursant»,  kabi  turizmda 
maxsus  tushunchalarga  aniqlik  kiritish  konferensiyada  statistik  hisobotlarni  bir  xil 
qilish  va  ularni  tahlil  qilish,  turizm  rivojlanishi  istiqbolini  belgilash,  chegaralarda 
turistlarni  chiqarish  va  kiritishning  rasmiyatchilik  tartib  qoidalarini  soddalashtirish 
ko‘rib  chiqildi.  Xalqaro  turizm  masalasi  BMT  –  savdo  va  taraqqiyot 
konferensiyaning  faoliyati  BMT  mintaqaviy  iqtisodiy  komissiyasi  doirasida,  asosan 
Yevropa iqtisodiy komissiyasiga kiritilgan. 
1969  yil  BMT  bosh  Assambliyasi  rezalyutsiyasiga  muvofiq  nodavlat  xalqaro 
turistik  tashkilotlarning  maxsus  ittifoqi  (MSOTO)  qaytadan    tashkil  etilib,  BTTga 
aylantirildi.  BTT  1975  yil  2  yanvarda  o‘z  ustavini  qabul  qildi.  Uning  tarkibiga  51 
davlat  a’zo  bo‘lib  kiritilgan.  BTT  tashkilotining  asosiy  maqsadi  -  turizm  sohasida 
davlatlarning  bir-birlari  bilan  hamkorligini  yo‘lga  qo‘yilganini  ta’min  etish,  turizm 
sohasida  rivojlanishni  rag‘batlantirish,  tinchlik,  taraqqiyot  va  inson  haq-huquqlarini 
himoya qilish, jadal iqtisodiyot yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir. 
1980 yillardan boshlab xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng 
muhim  doimiy,  barqaror  rivojlanib  borayotgan  sohasiga  aylana  boshladi.  Turistik 
xizmatlar ko‘rsatish tarkibi o‘zgardi. Jahon turizmi bozori borgan sari xilma-xillasha 
bordi.  Aholining  ijtimoiy  sohasida  turistik  mahsulotlarga  bo‘lgan  talabi  va  ehtiyoji 
orta  bordi.  Turizmning  ommaviy  uyushgan  holdagi  shakli  o‘sib  bordi.  Turistlarga 
xizmat  ko‘rsatish  sifati  (transport,  joylashtirish,  ovqatlantirish,  dam  olish,  hordiq 
chiqarish) borgan sari rivojlanaboradi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi 
maxsus turistik firmalar (tashkilotlar) soni ko‘payabordi. 
XX  asrning  so‘nggi  o‘n  yilida  xalqaro  turizm  eng  yuqori  texnologiyalar 
asosida  rivojlanib  boroyotgan  jahon  turizm  industriyasiga  aylandi.  Yirik  xalqaro 
Transmilliy  kompaniyalar  (TMK),  mehmonxonalar  zanjiri,  zamonaviy  ovqatlanish 
korxonalari, ko‘ngil ochar ob’ektlar - bular barchasi xalqaro turizmni rivojlantirishga 
juda qulay shart-sharoitlarni tug‘diradi. 
1990 yillar boshida Fors qo‘ltig‘idagi (Iroq-Eron urushi), O‘rta yer dengizining 
Shimoliy-sharqiy  qismi,  Shimoliy  Afrikadagi  harbiy  mojarolar  xalqaro  turizm 
taraqqiyotiga  anchagina  ta’sir  ko‘rsatdi.  Davlatlar  o‘rtasidagi  urushlar, 
kelishmovchiliklar,  munosabatlarning  keskinlashuviga  olib  keldi.  Bu  borada  xorijiy 
turistlarga  xizmat  ko‘rsatuvchi  kompaniyalar,  qisman  aviakompaniyalar  juda  katta 


                      
38 
moddiy  zarar  ko‘ra  boshladilar.  Ularning  ayrimlari  esa  bankrot  darajasiga  tushib 
qoldilar. 
Umuman  olganda,  XX  asrning  90  -  yillarida  xalqaro  turizm  biroz  susayib, 
uning  o‘sish  sur’ati  o‘rtacha  4  foiz  atrofida  kuzatiladi.  Xalqaro  turizmning 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri-bu xalqaro terrorizm va eksteremizm 
bo‘lib  qolmoqda.  2001  yil  11  sentyabrda  terroristik  harakatlar  birgina  AQSH 
turizmga emas, balki butun jahon turizm rivojlanishiga berilgan qattiq zarba bo‘ldi. 
Terroristik harakatlar oqibati natijasida birgina AQShga kelib-ketuvchi turistlar soni 
12,6% qisqardi. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda ko‘pgina turistik kompaniyalar, 
firmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar bankrotlik darajasiga tushib qoldilar. 
2001 yilda xorijga chiquvchi turistlar soni 2000 yilga nisbatan birdaniga 1,3 % 
ga qisqardi. Ya’ni chetga chiquvchi turistlar soni 2000 yilda 698 mln. kishini tashkil 
qilgan bo‘lsa, 2001 yilda 689 mln. kishini tashkil qildi. So‘ngi 20 yil ichida turistlar 
sonining keskin kamayishi birinchi marotaba kuzatildi. 
BTT  ma’lumotiga  ko‘ra,  hozirgi  kunda  xalqaro  turizm  yana  o‘z  mavqiyeni 
saqlab qolishga qodir bo‘ldi. Uning evaziga butunjahon yalpi milliy mahsulotning 6 
%, xalqaro investitsiyalarning 7 %, dunyo iste’mol harajatlarining 11 % va soliqlar 
tushumining  5  %  to‘g‘ri  keladi.  Hozirgi  kunda  G‘arbiy  Yevropa  va  Shimoliy 
Amerikada  ishlayotgan  ishchilarning  13  tadan  biri  turizm  industriyasida,  Janubiy 
sharqiy    Osiyo  mamlakatlarida  esa  har  bir  15  ishchidan  biri  turizm  biznesi  bilan 
banddir. 
Terrorizm, tabiiy ofatlar, inson salomatligi uchun qo‘rquv, xavf-xatarlar, jahon 
bozorida  neft  narxining  keskin  ko‘tarilishi,  valyuta  kursining  o‘zgarishi,  iqtisodiy 
inqirozlarga  duch  kelishi  va  siyosiy  barqarorsizlik,  ekologik  vaziyatlarning 
keskinlashuvi va  bir qator global  (olamshumul)  muammolarning kuchayishi  xalqaro 
turizm  industriyasiga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatmay  qolmadi.  Shunga  qaramasdan  xalqaro 
turizm  sohasi  jahon  iqtisodiyotida  borgan  sari  o‘z  mavqiyeni  saqlab  qolmoqda. 
Dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro turizm ommaviylashib va turistlar kelishi oshib 
bormoqda (jadval 2). 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish