7.5. Sayr-tomosha sektori
Sayr - tomosha – bu nafaqat zavq-shavqlik va huzur-bahshlik, balki yildan-
yilga o‘sib borayotgan milliard-milliardli jahon oboroti industriyasi hamdir. Sayr –
tomosha sektori turizmning bosh motivlari sirasiga kiradi. Usiz biron bir turistik safar
amalga oshmaydi. Odamlar yangi untilmas taasurotlar, ijobiy his-tuyg‘ular, o‘tkir
sezgilar bilan yo‘lga otlanadilar. Kishining bu va boshqa ehtiyojlarini qondirish
uchun sayr-tomosha vositalari yaratiladi va ko‘ngil xushlik tadbirlari o‘tkaziladi.
Ko‘pincha sayr - tomosha ekskursiya dasturlari bilan chegaralanadi.
Muzeylarga boriladi, tarixiy yodgorliklar va tabiatning diqqatga sazovar joylariga
tomosha qilinadi. Shahar va turar joylar bo‘ylab ekskursiyalar uyushtiriladi. Ular
boshqa – boshqa bilimni boyituvchi yoki ko‘ngil ochar tadbirlar (masalan, magazinlar
yoki o‘yin muassasalariga borish)ni o‘z ichiga olishi ham mumkin.
Kurortlar va yaxshi otellarda turistlarni sayr- tomoshaga jalb etish uchun
maxsus animator xodimlar yollanadi.
203
Jahonga mashhur «O‘rta yer dengiz klubi» dunyoning hamma burchaklaridan
105 turistik qishloqlarni o‘z ichiga olgan va jahondagi eng katta ikki hashamatli
yelkanli kemaga ega. Mehmonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishni tashkil etish
uchun bir necha instruktorlar maktabi bor. «Mehribon tashkilotchilar» yoki qisqacha
JIO deyiluvchilar ma’lumotli, hayotiy falsafasi shakllangan va begona individuallikni
hurmat qiladigan dunyoqarashi keng kishilardan tanlab olishadi. Bu yosh yigit va
qizlar bir necha xorijiy tillarda erkin so‘zlashisha oladi, musiqiy va raqs tushish
qobiliyatiga egadirlar.
JIO zarur rasmiyatchiliklar bilan shug‘ullanadi va barcha kerakli xizmatlarni
ko‘rsatadilar. Dam olish vaqtida «Mehribon tashkilotchilar» mehmonlar uchun
do‘stga aylanishadi, enaga bo‘lishadi. Ular – kunduzi sport trenerlari, oqshomgi
o‘yinlarda boshlovchi-qiziquvchilar, davra suhabtdoshi, diskotekalarda raqslarda
sherik bo‘lishadi. JIO hamisha maslahat beradi, yordam ko‘rsatadi, bolalarga qarab
turadi.
«O‘rta yer dengizi klubi» 67 millatga mansub bo‘lib 25 ming kishi bayram
muhitini yaratishadi. Yaqinda u Rossiyadan ham xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
olishni boshladi. Bir qancha yosh kishilar allaqachon Tunisda stajirovkani o‘tib
qaytdilar.
Dam oluvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik klubning o‘ziga
xos ajralib turuvchi xususiyatlaridir. Bu tizim ta’til juda maroqli va ko‘ngilli o‘tadi.
Servisning
yagona
konsepsiyasi
sharofati
tufayli
baynalminallashuv
(internatsionalizm)ga asoslangan klub yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Har yili u
2 mln. dan ziyod sayyohlarni qabul qiladi. Xizmat paketlarini sotish hajmi 1,6 mlrd.
amerika dollariga baholanadi.
Sayr – tomosha sektorida tematik parklar alohida o‘rin tutadi. Keyingi
vaqtlarda ular juda katta miqdordagi tarixiy, madaniy yodgorliklari bilan an’anaviy
turistik manzillarga jiddiy raqobatchi bo‘lishayapti. Tematik parklar g‘oyasi
Yevropada tug‘ildi va huzur – halovat parklari ko‘rinishida amalga oshirildi. XIX asr
oxirlarida ko‘plab Yevropa mamlakatlari poytaxtlari – Kopengagenda Sadi Tivoli,
Venada Park Praterda va boshqa joylarda faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi zamon tematik
parklar modeli ham aslida uning yaratuvchisi amerikalik rassom va proyudesser,
kinorejissyor – multiplikator Uolt Disney deb hisoblansada, u birinchi bor Yevropada
paydo bo‘ldi. Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, «Disneylend» ochilishidan uch
yil avval 1953 yilda «De Efteling» korporatsiyasi Niderlandiyaning Janubi – g‘arbida
Yevropa ertaklari motivlari asosida park barpo etgan. Ammo ko‘hna qit’ada tematik
parklar kamtarona ko‘lamda sekin rivojlandi.
U chinakam ravishda AQShda gurkirab rivojlandi va so‘ngra butun dunyo
bo‘ylab yoyildi. AQShda birinchi, tematik parklar 1950- yillar o‘rtalarida, an’anaviy
dam olish tushkinlikka yuz tuta boshlaganda paydo bo‘ldi.
Amerikaliklar o‘rtasida mashhur bo‘lgan bu dam olish va ko‘ngil xushlik
ob’ektlari inqiroziga bir qator sharoitlar sabab bo‘ldi. Ularni kattaroq va zamonaviy
tematik parklar tipidagi «Disneylend» yoki «Siks Flegs» kabilar turistik bozordan
siqib chiqara boshladi.
Ularning so‘nishi ko‘p jihatdan o‘ylanmagan narx siyosati mahsuli bo‘ldi.
Mijozlarni jalb etish uchun juda past baho belgilanardi. Ammo har bir attraksion va
204
tamosholarga alohida bilet olish talab etilardi. Bu dam oluvchilarga noqulayliklar
tug‘dirar, eng yomoni ular o‘zlarini aldangan his etib chiqib ketishardi. Ko‘ngilochar
ob’ektlarda o‘tkazilgan narx siyosati boshqa salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Ya’ni
hudud qo‘riqlanmasdi, parklar asta-sekin bezori-bekorchilar to‘planadigan joyga
aylanib, bu tashrif buyuruvchilarni cho‘chitib qo‘ygandi.
Bundan tashqari, vaqtni o‘tkazishning avvalgi tizimi turistlarga takliflar
qismida talabga javob bermasdi. Parklar harakatlanishining asosiy vositasiga
aylangan avtomobillardan ommaviy foydalanishga o‘tgan amerikaliklarning paydo
bo‘lgan yangi takliflari va xohishlarga mos ravishda qayta qurilmadi. Endi odamlar
uik-endga borish uchun tabiat qo‘yniga chiqib keta boshladi. Jamoat transportining
oxirgi bekatiga bog‘langan parklar esa shahardan tashqarida joylashgan bo‘lib,
to‘laqonli dam olishga imkon bermasdi.
Baribir ularda bo‘sh vaqtni o‘tkazishga qaror qilgan amerikaliklar o‘z
mashinalarida borib, ularni qo‘yadigan joy muammosiga duch keldilar. Parklar
avtomobillarni qo‘yish uchun maydonchalarga ega emasdi.
Yer, uskunalar va ishchi kuchlari qiymati, yashashi bilan vaziyat yanada
murakkablashdi. Parklar dam olish boshqa ob’ektlari bilan raqobatga dosh berolmadi
(kinoteatrlar, yaxmalak, basseynlar va h.k.). Ahvolni o‘nglash uchun boshqa
daromadliroq faoliyat turlari qidirila boshlandi. Savdo markazlari ochilib, ular
kengaytirila boshladi.
Park xo‘jaligi nufuzining tushishi amerekaliklarni tomoshaga qiziqishlari
yo‘qolganini bildirmaydi. Ko‘ngilxushlikka ehtiyoj avvalgidek mavjud edi. Ammo
biroz tubdan o‘zgardi va dam olishni tashkil etishning eski tizimi doirasida amalga
oshirilishi mumkin emasdi. Bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan arzon attraksionlar,
mayda savdo va arzon ovqatlanish-an’anaviy sayr - tomosha parklarining tashrif
buyuruvchilarga taklif etgan xizmatlari bor-yo‘q ruyxati mana shular edi.
Vaqt o‘tishi bilan dam olishning mutlaqa boshqa prinsipial yo‘nalishi
(konsepsiya)si rasmiylashtirildi va tematik parklar hayotiga tatbiq etildi. Yangicha
yondoshuv mohiyati uning nomidan ham ko‘rinib turibdi. Diqqat tortar mavzu u xoh
«Qo‘rqinchli mamlakat»ga sayr bo‘lsin, hoh dengiz sirlari qa’riga sayohat bo‘lsin,
park ishlari asosini tashkil etadi. Bular attraksion tomoshalarda rivojlanayapti, parkda
barcha yordamchi xizmatlar ularga buysundirilgan. Tashkil etuvchilar, birinchi
navbatda U.Disney fikricha, tematik park-bu oilaviy dam olish va sayr-tomosha
markazi bo‘lib, ko‘p jihatdan temaning o‘zini tanlashni belgilaydi. Turli yoshdagi
odamlarni birlashtirish va birinchi navbatda katta yoshdagi jalb etish uchun u nafaqat
ko‘ngilxushlik maskani, balki bilimni boyitishga qaratilgan axborot – ma’lumot
berish markazi ham bo‘lishi kerak.
«Disneylend» doimiy harakatlanuvchi ekspozitsiyalari Amerika tarixi, turli
xalqlar madaniyati haqida hikoya qiladi, Kaliforniya shtati, San-Diyegodagi «Si
Uorld» parkida dengiz hayvonlari ishtirokidagi rang-barang shouni tomosha qilish,
suv osti olami va uning yashovchilar bilan tanishish mumkin. U shuningdek
o‘rgatilgan tyulenlar, kasatkalar va delfinlar salohiyati va xulqi-atvori haqidagi
bebaho ilmiy ma’lumotlarga ham ega.
Park bo‘ylab ekskursiya chog‘ida tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola
etiladigan umumiy axborotlardan bu sayr - tomosha industriyasi muassasa to‘liq
205
o‘qish jarayonini tashkil etishga o‘tdi. Tematik park ma’lumotni oshirishga yirik
maqsadli mablag‘ ajratiladi. Huzurida ixtisoslashgan maktablar ochadi, o‘qitish
dasturlari tuzadi, mashg‘ulot o‘tishga o‘qituvchilar taklif qiladi, kitoblar chiqaradi.
Ma’lumotni oshirish ufqlari favqulodda keng.
Uning bir qismi kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan, boshqasi esa katta
yoshdagi bolalar va kattalarga mo‘ljallangan. Shuningdek kattalar uchun qisqa
muddatli seminarlar tashkil etiladi. Dastur mavzulari g‘oyat xilma-xil. Misol uchun,
«Disney Uorld» tematik parki butalarga shakl berish kursidan taortib, menejment
nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha seminarlar o‘tkazishgacha taklif qiladi. Madaniy
oqartuv va bilim berish siyosati tematik parklarga o‘z mevalarini berdi.
Bugungi kunda ularning tashrif buyuruvchilarini bolalar emas balki, kattalar
tashkil qilayapti. «Yevro Disneylend» da mehmonlar umumiy sonining 80 % larga
to‘g‘ri keladi.
U Disney ijodiy tafakkuri cho‘qqisi 1982 yilda «Disney Uorld» parkida
ochilgan sayr-tomosha axborot markazi EPKOT (Expenntenlal Prororype Cottunky
oF Totoggosh) g‘oyasi bo‘ldi. Mohiyatan unda tematik parklar yangi konsepsiyasi
o‘z ifodasini topgan va kattalarni odamlar bilan birgalikda kelgusida yangi
mukammal modellarni qidirish uchun izlanishga da’vat qiladi.
EPKOT markaz – bu fan va texnika sohasidagi yutuqlar ko‘rgazmasi. Bu yerda
ijaraga olingan maydonda ko‘p sonli kompaniyalar ularning futurustik
ekspozitsiyalarini joylashtiradi. Namoyish etiladigan barcha amaldagi namunalar sayr
– tomosha biznesi bilan bog‘langan va kompaniyalar tomonidan o‘zini reklama qilish
maqsadida foydalaniladi.
EPKOT va turli xil bilimni boyituvchi axborotlar, ma’lumotni oshiruvchi
dasturlar tashrif buyuruvchilar o‘rtasida juda ommalashgan bo‘lib, mutaxassislarning
fikrlaricha, bu madaniy oqartuv markazlariga aylanish tendensiyasi to‘g‘risida
guvohlik beradi.
Original konsepsiyadan tashqari, tematik parklarning an’anaviy sayr-tomosha
parklari oldida bir qator boshqa afzalliklarga ham egaligi ularni keng tanilishini
ta’minlaydi. Odatdagi dam olish va sayr-tomosha markazlaridan farqli ravishda
tematik parklar shahar tashqarisida joylashtirilishadi. Ular daromadli faoliyat
ko‘rsatishlari uchun 20 mln. potensial tashrif byuruvchilar uchun ikki soatlik
masofada yoki yirik turistik markazdan bir soatlik yo‘lda va 5-6 mln. aholi yashovchi
manzilgohdan ikki soatlik yo‘lda joylashishi ma’qulligi hisoblab chiqilgan.
AQShning eng keksa tematik parki «Disneylend» Los Anjelosdan 60 km.
janubiy-sharqda (Koliforniya shtati) qurilgan. Eng mashhur Amerika tematik parki
«Disney Uorld» Floridadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Yevropada eng
yirik tematik park «YevroDisneylend» Fransiya poytaxtidan 30 km. narida
joylashgan. Finlyandiyadagi «strana mumii – trol-ley» (Mott / yorlel) Turku
shahridan 20 km. narida joylashgan.
Ko‘pchilik tematik parklar qir-adir yam-yashil maydonlarda barpo etilgan. Bu
joylarda yer shahardagidan ancha arzon. Shuning uchun ham ko‘pchilik tematik
parklar katta maydonlarni egallaydi. «Disney Uorld» uchun 12 ming gektar yer
ajratilgan. 2 ming gektarlik Yevropa «Disneylend» atrofida besh stansiya bilan
temiryo‘l qurilgan. Bundan tashqari, shahardan narida park yaratuvchilar o‘zlari
206
o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng erkinlikka egadirlar. Ular turli –
tuman cheklovlar bilan siqib qo‘yilgani yo‘q. Vujudga kelgan arxitektura usullarini
hisobga olishib, o‘zlari boshlagan qurilishlarni bemalol didlaridek qurib bitkazishlari
mumkin. Ularga attraksion qurish uchun hech narsani buzishga, ko‘chirishga to‘g‘ri
kelmaydi. Shu sababli ham bular o‘zining hajmi va chiroyli jihozlanganliklari bilan
hayrat uyg‘otadi.
Tematik parklarning muhim sirlari orasida ayniqsa yuqori texnologiyani
alohida ajartib ko‘rsatish zarur. «Disneylend» va «Disney Uorld» texnik jihozlangan
attraksionlarning pionerlari hisoblanishadi. Xususan, ular birinchi bo‘lishib yorug‘lik
tovush va mul’tipliatsion samara beruvchi kompyuter tizimiga o‘tishda, bu tufayli
tashrif buyuruvchilar o‘tkir hissiyot sezishadi, yanada yorqinroq taasurot olishadi.
Bugun «Disneylend» parkka tashrif buyuruvchilarga kosmik sayohatni taklif
qilmoqda. Bu attraksionda maxsus kompyuter audiokuzatuvli kreslo jihozlangan,
unda o‘tirgan kishi haqiqiy kosmosda bo‘lgandek hissiyotni boshidan kechiradi.
Boshqa Amerika tematik parki «Yuniversal Styudioz Gollivud», «Ekran orqasi» ga
sakrab o‘tib tomosha qilinayotgan triller yoki jangari film qahramoniga aylanish
mumkin bo‘lgan yerdagi yagona joy. Misol uchun, «Terminator»da uch o‘lchamli
fantastik sarguzashtda ishtirok etish, Xichkoka dahshatlar olamida bo‘lish, «Jag‘»
filmida ulkan akulani mag‘lub etish mumkin. Orlandodan uncha uzoq bo‘lmagan
«Bush Gardens» parkida 360
0
buriladigan «Amerika gorki»si o‘rnatilgan. U eng
so‘nggi modifikatsiyasida bo‘lib, eng oliy darajadagi murakkab attraksion
hisoblanadi. Amerikaning «Si Uorld» tematik parkida yaqinda «Antraktidagi
sayohat» attraksioni ochildi. U yangi lazer texnologisi va golografik jihozlar bilan
«Amerika gorki» - sida uchishni ta’minlaydi.
Keyingi vaqtlarda tematik parklar loyihachilari mohirona texnologiya
yordamida tomoshalar yaratishga e’tiborni qaratishmoqda. Bu sayr-tomoshalarga
yanada ko‘p ishqibozlarni jalb etishga keng imkon yaratayapti. «U. Disney»
korporatsiyasi bundan «Amerika» tarixiy parki yaratishda foydalanmoqchi. Uning
ijodkorlari ishonch bilan: «Biz sizni Fuqarolar urushi askariga aylantiramiz…qullikni
his etishga majbur qilamiz… yer osti temir yo‘li bo‘ylab qochish paytida odamni
qamrab oladigan hissiyotni sinab ko‘rasiz» deyishmoqda.
Yillar o‘tishi bilan tematik parklarga qiziqish so‘nmasligi uchun vaqti-vaqti
bilan attraksionlarni yangilab turish talab etiladi. Yil bo‘yi tunu - kun ishlaydigan
parklarda odatda ulardan foydalanish muddati uch-to‘rt yilni tashkil qiladi. So‘ngra
ular yanada takomillashtirilgan sayr-tomosha vositalari bilan almashtiriladi.
Mavsumiy parklar moliyaviy jihatdan biroz cheklangan. Attraksionlar turini
muntazam o‘zgartirib turishadi va yangi tematik tomoshalar tashkil qiladi.
«Disneylend» da «Metik Ai» teatrida repetuar muntazam yangilanib turadi.
Keyingi super shouda stereokino yutuqlari teatr imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilib
tomosha ko‘rsatiladi. Ya’ni harakatlanuvchi sahna film syujtiga mos ravishda
ko‘chirilib turiladi. Xudi shu parkda «teatr karusel» attraksioni bilan birga yangi
«Innovatsiya» paviloni paydo bo‘ldi. Ularda kinetik haykallar va interfaol fontanlar
misolida kelajak texnologiyalari namoyish etiladi. Yangi «Tomorroulend» dasturi
uning «Tasavvur mamlakati va undan tashqarida» degan nomiga to‘la mos keladi.
207
Sayr-tomosha dasturlari va attraksionlarni tizimli ravishda yangilanib turishi
tufayli tematik parklar doimiy mijozlarga ega bo‘layapti va keng turistik oqimlarni
jalb qilayapti. Shu bilan birga tashrif buyuruvchilardan ayrimlari eng sevimli
attraksionlarning yoplishishini haqiqiy yo‘qotish sifatida qabul qilib, parkka boshqa
qadam bosmaydilar. Misol uchun «Disney Uorld» parkidagi «Mikki Besdeylend»
attraksionining buzib olinishi bir qism tashrif buyuruvchilar uchun haqiqiy
ko‘ngilsizlik bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tgach, «Disney Uorld» o‘ta ishqibozlar uchun
Internetda «Lost Uorld» («Yo‘qotilgan olam») sahifachisini ochdi, unda bir vaqtlar
mashhur bo‘lgan attraksionning eski tasvirlarini topish mumkin.
Amaldagi attraksionlarni takomillashtirish va yangilarini ochish, tematik
parklar qurilishini aytmasa ham bo‘ladi, yirik investitsiyalarni talab qiladi (jadval 16).
Do'stlaringiz bilan baham: |