O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Chizma 4  AQSH turagentligi aylanma tarkibi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Chizma 4 
AQSH turagentligi aylanma tarkibi 
11%
11%
7%
3%
7%
61%
 
 
 
 
 
 
 
 
 


                      
215 
 
 
 
 
 
 
 
 
Manba:
 A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
 
Turagentlar bozori bir qator harakterli qirralarga ega. Ular oldi-sotdida ishtirok 
etuvchilar sonining ko‘pligi bilan ajralib turadi va o‘zida o‘tkir raqobat kurashini aks 
ettiradi. Turagentlar bozorga kirish uchun ko‘p yo‘llarga ega. Bu faoliyatni boshlash 
ham uncha qiyin emas. U yirik sarmoya va yuqori malaka talab qilmaydi. Shu bilan 
birga  ko‘pincha  bozorga  kirishda  oson  tuyulgan  usul  aldamchi  bo‘lib  chiqadi  va 
turagent  yetarli  resursga  ega  bo‘lmagani  va  boshqaruv  ko‘nikmasi  yomonligi 
oqibatida inqirozga uchraydi. 
Turli  ma’lumotlarga  ko‘ra,  dunyoda  20-30  mingdan  70  gacha  turagentlarni 
sanash  mumkin.  Ularning  sonini  aniq  belgilash  juda  mushkul.  Chunki  mamlakatlar 
bo‘yicha  terminalogiya  va  definitsiyalar  bir-biridan  farq  qiladi.  Statistikada  ularni 
yig‘ishning  umum  qabul  qilingan  mezonlari  ham  yo‘q.  Bir  holatda,  ko‘pchilik 
Amerika  qo‘shma  shtatlaridagi  singari  amal  qiluvchi  barcha  turagentlar  hisobga 
olinadi,  boshqalarida  –  litsenziyadan  o‘tganlarigina  hisobga  olinadi.  Misol  uchun, 
Fransiyada turizm to‘g‘risidagi 1992 yildagi qonunga muvofiq turagentlik faoliyatga 
ruxsat  beruvchi  maxsus  litsenziyasi  bor  kishilargina  turistik  operatsiyalarni  amalga 
oshirishlari  mumkin.  Litsenziya  o‘zining  professsional  yaroqligini  tasdiqlagan, 
mijozga zarur moliyaviy kafolat beraoladigan, qoplash uchun yetarli sug‘urta polisiga 
ega  bo‘lgan,  olgan  majburiyatini  moliyaviy  jihatdan  javobgarligini  his  qiladigan, 
xususiy idorasiga ega jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi. 
Turagentlar statistikasini yuritishda shunday ham chigal vaziyatni turli fondlar, 
klublar,  jamiyatlar,  assotsiatsiyalar  yashirin  ravishda  turistik  biznes  bilan 
shug‘ullanayotgan  jismoniy  shaxslar  yanada  murakkablashtirmoqda.  Turizmga 
bevosita  aloqasi  bo‘lmagan  bu  shaxslar  turagentlik  xizmatlarini  taklif  qilishayapti. 
Bunday  ko‘rinishdagi  tadbirkorlik  strukturalarida  ish  tajribasi  yo‘q,  texnik 
imkoniyatga,  turizm  sohasida  zarur  ishbilarmonlik  aloqalarga  ega  emaslar, 
litsenziyasi  ham  yo‘q.  Ular  milliy  qonunchilikni  ko‘p  buzishadi.  Bunday  sheriklar 
bilan hamkorlik qilish, odatda omadsiz yakun topadi. 
Turagentlik  asosiy  massasi  o‘zini  uncha  ko‘p  bo‘lmagan  mablag‘i  va 
cheklangan  bozor  bilan  namoyon  qiladi.  Ular  na  yetkazib  beruvchilarga,  na 
iste’molchilar  xalq  atvoriga  zarracha  ta’sir  o‘tkazisha  olmaydi.  Ularning  ko‘pchilik 
qismi  bir  xil  hajm  va  strukturaga  ega,  bir-biriga  o‘xshash  turistik  mahsulotlarni, 
deyarli teng narxlarda taklif qiladilar. 
61 % 
Avtomobillar sotish; 
11 % 
Otellarda nomerlarni bronlashtirish; 
11 % 
Kruiz 
(dengiz, 
daryo 
sayohatlari)ga 
biletlar sotish; 
7 % 
Avtomobillarni ijaraga olish; 
3 % 
Temir yo‘l transportiga biletlar sotish; 
7 % 
boshqalar 


                      
216 
Londonning 
«Ekonomist» 
jurnali 
ma’lumotlariga 
ko‘ra, 
AQShda  
turagentliklarning aksariyat qismi kichik biznesga taaluqlidir. Bunday firmalarda uch 
kishidan  besh  kishigacha  band  bo‘ladi.  Bular  direktor,  mijozlarni  qabul  qiluvchi 
agentlardir.  Ular  konsultatsiya  berishadi,  turistik  xizmatlarni  sotishni  amalga 
oshirishadi,  shuningdek  hisob  yozib  beruvchi  va  kur’erlik  ishlarini  bajaruvchi 
kotiblar bor. Qizig‘i shundaki, kichik agentliklarning yarimini egalari xotin-qizlardir. 
Yirik  chakana  turistik  firmalar  oz  sonli  bo‘lgan  va  shundayligicha  qolayapti. 
Faqat  3  %  AQSH  turagentliklari  15  mln.  amerika  dollaridan  oshadigan  yillik 
oborotga  ega.  Ular  o‘rtasida  asosiy  sotish  hajmi  ta’minlanadi.  50  yetakchi  amerika 
kompaniyalariga  AQSH  turagentliklari  ko‘rsatayotgan  barcha  xizmatlarning  uchdan 
biri to‘g‘ri keladi (jadval 15). 
Turagentliklar  turistik  mahsulotlarni  iste’molchilarga  yaqinlashtiradi.  Ularni 
harid qilinishiga qulaylik yaratadi, harid esa mijoz uchun qiyinchilik to‘g‘dirmaydi. 
Sayohatga  yo‘l  olish  uchun  turistik  firma  yonidagi  turagentlikka  murojaat  qilish 
kifoya.  Vositachilik  operatsiyalari  chakana  harakteridan  kelib  chiqib,  iste’molchi 
yaqinligi turagentlik tarmog‘i geografiyasini belgilaydi. Turistik xizmatlarni amalga 
oshirish  ko‘pchilik  aholi  punktlari  gavjum  rayonlarga  qaratilgan.  AQShda 
turagentlarning  joylashishi  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Shimoliy  Amerika  turagentlar 
bozoridagi ahvol tipik hisoblanadi. Uning ta’rifi (harakteristikasi) jahonning boshqa 
turistik regionlariga asos bo‘lib qolishi mumkin.  
Yevropada  barcha  chakana  turistik  firmalarning  70  %  ga  yaqini  to‘plangan. 
Londonning  «Ekonomist»  jurnali  ma’lumotlariga  ko‘ra,  ularda  200  mingdan  ortiq 
kishi band bo‘lib, oboroti esa 75 mlrd. amerika dollarini tashkil qiladi. Shundan 50,5 
mlrd.  YEI  mamlakatlariga  to‘g‘ri  keladi.  Nisbatan  taraqqiy  etgan  turagentlik 
tarmoqlari  Germaniya  va  Buyukbritaniyada  turistik  chiqish  asosiy  generatorlarida 
joylashgan.  Shuningdek  Niderlandiyada  ham  bu  tarmoq  rivojlangan.  Fransiya, 
Ispaniya va Italiyada agentlar orqali bozorga chiqish kam rol o‘ynaydi. 
So‘rovlarga ko‘ra, agar Niderlandiyada turizm sohasida so‘raluvchilardan har 
ikki kishidan biri vositachilar xizmatidan foydalangan bo‘lishsa, Ispaniyada har besh 
kishidan  biri  murojat  qilgan.  Chakana  sotish  tarmoqlari  turizm  industriyasining 
ajralmas  qismi  sifatida  jahonning  qolgan  regionlarini  ham  qamrab  olgan.  Osiyoda 
barcha turagentlarning 8 %, Lotin Amerikasida 4 %, Afrika va Yaqin Sharqda ham 4 
% ishlayapti. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish