O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
 
1.3.1. Takliflar turi bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash) 
 
Guruh  (Group)  va  yakka  holda  (FIT)  ga  xorijiy  turizm.  Turistik  biznesda 
professional  (kasb  mutaxassis)lar  bir-birlarini  yarim  so‘zda  tushunadigan  bir  qator 
atamalar  mavjud.  «FIT»  va  “Group”  atamalari  ko‘proq  ishlatiladigan  atamalar 
hisoblanadi.  FIT  abbreviaturasi  Foreiqn  Independent  Traveler  ma’nosini  anglatadi. 
Tom  ma’noda – xorijiy  mustaqil sayohatchi, ruschada  – yakka turist deb ataladi. U 
sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi belgilaydi.  
Yakka  turist  turagentlik  xizmatidan  foydalanishi  mumkin.  Lekin,  sayohatni 
mustaqil tashkil etaolishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.  
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (yetkazib beruvchilar) o‘z 
xizmatlarini  yakka  –  individual  turistlar  va  guruh  holdagi  turistlar  uchun  alohidagi 
tariflar  bo‘yicha  taklif  qiladilar.  Yakka  individual  holdagi  sayohat  odatda  guruh 
sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi (bir turistga hisoblanadi). 
Kompleks xizmat ko‘rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan 
xizmatlarning  asosiy  tipi  hisoblanadi.  Turist  turpaketni  sotib  oladi,  unda  tur 
qiymatiga  qo‘shilgan  xizmatlar  to‘plami  qayd  etilgan.  Odatda,  turpaket  qiymati  tur 


                      
14 
paketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh 
vaucheri  bilan  rasmiylashtiriladi.  Guruh  turistlari  uning  evaziga  kompleks  xizmat 
ko‘rsatishlarni  oladi.  Bunga  aviatashish,  mehmonxonaga  joylashish,  restoranda 
ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan. 
Turpaketga  butun  marshrut  bo‘ylab  gid-tarjimon  xizmatlari  ham  kiritilishi 
mumkin.  Bu  yoshlar  va  maktab  guruhlari,  shuningdek  uchinchi  yoshdagi  turistlar 
orasida  ayniqsa  mashhurdir.  Professional  (kasbiy)  gid-tarjimonlar  ekskursiyalar 
o‘tkazadilar.  Ular  turistlar  boradigan  yo‘l  (marshrut)  bo‘yicha  axborotlar  beradilar. 
Guruhga  xizmat  ko‘rsatishda  barcha  tashkiliy  masalalarni  ham  hal  etishda 
ko‘maklashadilar.  Guruhning  barcha  a’zolariga  g‘amxo‘rlik  va  e’tibor  ko‘rsatadilar. 
Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini tushuntiradilar, ular haqida 
aytib beradilar. 
Hammasi  qo‘shilgan  (All  -  inclusive)  –  joylashish  xizmatining  alohida  turi 
bo‘lib,  ayrim  qimmat  otellar  tomonidan  butun  restoran  –  mehmonxona  xizmatlari 
to‘plami bitta narxga qo‘shilgandir. 
Ayniqsa muhim mu’tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik kompleks xizmat taklif 
qilish alohida katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland narxni) 
ni  taqozo  etadi.  Bu  masalan,  aeroport,  chegara  va  bojxona  rasmiyatchiliklaridan 
o‘tish  bo‘yicha,  bo‘lishi  mumkin.  Alohida  shinamxona,  limuzinda  tranfer  tashrif 
buyurish,  tantanali  kutib  olish,  prezident  xonasiga  joylashtirish,  kutib  olish  va 
marosimlarni tashkil etish ham shu xizmatlarga kiradi. 
Klubda  dam  olish  (Club  Holdays)  alohida  tashkiliy  tarkibga  taklif  qilinadi. 
Qaysikim u o‘z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining ko‘ngil-
ochish va faol dam olishi uchun maxsuslangan. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish