bera olish muhimligi xaqida yozilgan. o‘sha kitobda keltirilishicha, o‘sha paytda jahonda yiliga bir
million dollar miqdorda daromadga ega bo‘lgan odamlar juda kam bo‘lgan. SHunday shaxslardan
Uolter Kraysler va CHarlz SHveblarning yutuqlari asosida esa oddiy xaqiqatlar yotgan. Masalan,
mashxur biznesmen Endryu Karnegi o‘z menedjeri SHvebga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln.
dollar to‘lagan. Bu haqda SHvebning o‘zi shunday yozgan: “Men cho‘yan quyishda oddiy
ishchidan anchagina no‘noq va ilmsiz bo‘lganman. Lekin men odamlarni boshqarishni bilganman.
Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish qobiliyatidir. CHunki insondagi
eng noyob, qimmatli narsani tan olish uni ruhlantiradi. SHaxsning or-nomusi, qadrini tushiradigan
narsa - bu mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga aytishdan o‘zni tiyish ham
rahbarlik saxovatidir”. Endryu Karnegi o‘zining qabr toshiga quyidagi so‘zlarni yozishlarini
vasiyat qilgan ekan: “Bu erda umri mobaynida o‘zidan ko‘ra aqlliroq insonlarni o‘ziga
bo‘ysundira olgan odam yotibdi”. Demak, bu so‘zlarning mohiyati ham oldingiday - odamdagi
iqtidor va aql-zakovatni qo‘llab-quvvatlash orqali ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati
unumli mehnatga olib keladi.
Ko‘plab tadqiqotchilar rahbarlarning qaysi ish uslubi ma’quliligini o‘rganish borasida
tajriba to‘pladilar. 30-yillardayoq K.Levin, R.Lippman, R.Uaytlar tomonidan tavsiya etilgan
boshqaruvning avtokratik, demokratik hamda erkin turlari haqidagi nazariya keyingi tadqiqotlarda
jahonning ko‘plab olimlari tomonidan har taraflama tahlil qilindi. Ґar bir boshqaruv uslubining
ham ijobiy, ham salbiy jixatlari to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, u yoki bu
boshqaruv uslubining samaradorligi xodimlarning malakalari va saviyalariga bog‘liq ekanligi ham
e’tirof etildi. Masalan, Rossiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuqori malakali mutaxasislarning
68,6% i boshqaruvning demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% -
direktiv uslubni, 8,7% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar.
Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning o‘zlari ham muttasil
ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari 31-45% holatlarda ro‘y berar,
qolganlari esa ish jarayonida turlicha boshqaruv uslublarini aralash qo‘llar ekanlar. SHunisi
xarakterliki, yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo‘llovchilar
soni ortib borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo‘lgan odam, vazir
yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham, erkinlikni ham, kollegial
qarorlar chiqarish siyosatini ham uyg‘unlashtirib olib ketishi mumkin ekan.
Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy sifatlariga va
faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy boshqaruv sohasiga rahbarlarni
tanlash uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mazkur
ma’ruzalar matnining ilova qismida keltirilgan.
YUqorida qayd etilgan rahbar shaxsining turli qirralarini aniqlovchi psixodiagnostik
metodikalar ko‘plab mavjud va ulardan ayrimlarini amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqish tavsiya
etiladi.
SHuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator
bilimdonliklari nazarda tutiladi.
1.
Professional bilimdonlik - o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo‘lga
quyish uchun o‘sha faoliyat borasida to‘la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo‘lishlikdir.
2.
Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko‘nikmalari, turli loyixalar
xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to‘g‘ri va tushunarli tarzda xodimlarga etkaza olish
qobiliyati.
3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish,
jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o‘zidagi liderlik sifatlarini to‘la
namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko‘pincha “
kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi
bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: