Barcha tipdagi o‘quv yurtlari, o‘quv muassasasidan tashkari muassasalar, xalq ta’limi
bo‘limlari va boshqalar asosiy boshqarish ob’ektlariga kiradi. Ta’lim-tarbiyani tashkil qilish va
boshqarishga doir ishlarning hammasi pirovard natijada yagona asosiy maqsadga erishishga,
ma’lum darajada umumiy ma’lumot darajasi va kasbiy tayyorgarligiga ega bo‘lgan har tomonlama
rivojlangan va imon-e’tiqodli qilib tarbiyalangan kishini tarkib toptirishga qaratilgandir. Xalq
ta’limi tizimiga tarkibiga vazirliklar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari, o‘quv muassasasilar, litsey,
kasb-hunar kollejlari kiradi.
Ta’limni tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog‘i bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasidagi ta’lim tizimi organlari va ularning vazifalari, ish faoliyatining mazmuni va
metodlarini belgilab beradi, shuningdek, ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslaydi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarishga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi.
Respublikada ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlari -tegishli vazirliklar
-chunonchi, xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek,
markazlar, xususan, Respublika ta’lim markazi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz, viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari ham
ishtirok etadilar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquqlariga doirasiga
quyidagilar kiradi.
9.
Ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ruyobga chiqarish;
10.
Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik
qilish;
11.
DTS, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablarining
bajarilishini ta’minlash;
12.
O‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni ta’limning texnik va
axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
13.
O‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarini yaratish va nashr etishni tashkil qilish;
14.
Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida
eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiklash;
15.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
16.
Pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni
tashkil etish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishtirok
etadi. Ularning Respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi urni va roli quyidagilar bilan
belgilanadi:
1.
ta’lim muassasalari faoliyatining mintakani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
extiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
2.
ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar
(Respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga
oladilar;
3.
o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash mikdorlarini
va imtiyozlarini belgilaydilar;
4.
ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga
bo‘lgan davlat talablariga rioya etishni ta’minlaydilar; shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: