O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet544/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   540   541   542   543   544   545   546   547   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

Ta’limning samaradorlik mezoni


   
Asosiy samaradorlik kriteriyasiga mutaxassislik kiradi:
malakaviy faoliyatda mustaqillik hissi;
mehnat xavfsizligiga amal qilgan holda texnik talablarni bajarish;
ishlab chiqarishda vaqt va normalarni bajarish;
kasbiy faoliyatda fikrlash va o‘z-o‘zini nazorat qilib borish;
mehnat madaniyatiga qat’iy amal qilish;
mehnat faoliyatiga ijodiy yondoshish;
bajarilgan ish uchun mas’uliyat his qilish kabilar kiradi.
4. Oiladagi tarbiyaviy majburiyatlar va vazifalar.
Oila   jamiyatning   bir   bo‘lagi.   SHunday   ekan,   inson   shaxsini   shakllantirish   oiladan 
boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy 
munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u 
ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
Jamiyatdagi   o‘zgarishlar   oilaga   ta’sirini   ko‘rsatganidek,   oiladagi   o‘zgarishlar   ham 
jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilinishi misolida ko‘rishimiz 
mumkin. SHu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza 
qilish,   oilada   yoshlar   tarbiyasiga   e’tiborni   kuchaytirish,   oilaning   huquqiy   tamoyillarini 
kengaytirish va boshqa oilani mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarga qaratildi. Prezidentimiz 
I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va 
totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik 
hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
SHuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun qulay 
sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. YOsh avlod hayotining ko‘p 
qismi oilada o‘tadi. SHu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. 
Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-
qizlar   asta-sekin   kamol   topib   boradilar.  An’ana   va   marosimlar   tarbiyaning   qudratli   quroliga 
aylanadi.
Kelajagimizning qanday bo‘lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog‘liq.Bu 
qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog‘liq. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi 
shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon 
qiladi.
Oilaviy   tarbiya   ijtimoiy   tarbiya   bilan   uzviy   aloqada   bo‘lsagina,   o‘sib   kelayotgan   yosh 
avlod   farovonligini   ta’minlash   mumkin.   Oila   tarbiyasidagi   yutuqlar   ota-onalarga   pedagogik 
bilimlar   berish,   oilaviy   tarbiya   bo‘yicha   tajribalar   almashishi,   ota-onalarni   tarbiyaviy   ishlarga 
qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur 
anglashlariga   bog‘liqdir.   Bundan   tashqari   normal   oilaviy   muhit,   ota-onaning   obro‘si,   to‘g‘ri 
kundalik   rejim,   bolani   kitobga   va   o‘qishga,   mehnat   qilishga   o‘z   vaqtida   jalb   qilishlari   ham 
muvaffaqiyat garovidir.
Ko‘rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aqlli, farosatli, 
tafakkuri chuqur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. 
Xalq bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va hurmat qiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. 
Oila ana shunday tabarruk qal’adir. U qanday qurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maqsad, 
vazifalari nimalardan iborat?
Oila   –  voyaga   etgan   ikki   jinsning   sevish,   ardoqlash,   hurmat   qilish   asosida,   ixtiyoriy 
ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Mo‘‘jazgina bir qal’a qurildi. Endi bu qal’ada bekinmachoq o‘ynalmaydi. YOshlikdagi 
o‘yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik 
kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his 
qilib, oila maqsad va vazifalarini tushunib, uqib bormog‘i lozim.
Oila maqsadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda 
tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.


Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham 
iqtisodiy
jihatdan   ta’minlash   hamda   jamiyatga   sog‘lom,   aqlli,   har   tomonlama   barkamol 
farzand tarbiyalash.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   540   541   542   543   544   545   546   547   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish