O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet547/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

Erkakning   vazifasi   –  oilani   ma’naviy,   iqtisodiy   qo‘llab-quvvatlash.   Ayoli   va 
farzandlarining tashvishlariga sherik bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo‘la 
bilish. Oila a’zolariga g‘amxo‘r bo‘la bilish.
Ayolning   vazifasi   –  oilada   farzand   tarbiyasi   bilan   shug‘ullanish.   Ularni   oq   yuvib,   oq 
tarash. Erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. Er va bolalarini ishga 
va o‘qishga kuzatish, kutib olish.
Er   va   ayolning   vazifalari   yuqorida   sanab   o‘tilganlardangina   iborat   emas,   albatta.   Bu 
vazifalarning barchasini sanab o‘tishning hech qanday iloji yo‘q. Oila sharoitidan kelib chiqqan 
holda, har bir inson o‘z tafakkurini ishga solib, vazifalarini belgilab olmog‘i va ularni shunday 
bajarmoqlari   lozimki,   uyga   kelgan   har   bir   mehmon   tuz-nasibasini   totib,   qaytayotganida   oila 
a’zolari orasidagi o‘zaro hurmat, ularning har birini aqlu farosatiga tasannolar o‘qib ketsinlar.
Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga elkadosh bo‘lishini, 
o‘zaro odoblarini, bir-biriga bo‘lgan mehribonliklarini ko‘rgan farzandlar ulardan o‘rnak oladilar 
va ularga o‘xshashga harakat qiladilar. CHunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi 
mumkin, ammo ko‘rganini hech esidan chiqarmaydi. Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech 
qachon esdan chiqarmaslik lozim.
Aytaylik, bozordan shirinlik xarid qildingiz, kelgan zahotiyoq uni kichigingizga berdingiz-
u, hech kimga ko‘rsatma dedingiz. U esa bolaligiga borib, shirinlikni hamma akalariga ko‘z-ko‘z 
qilib chiqdi. Lekin ularga yo‘q. Ular o‘ksinishadi. Kichik bo‘lgan yaxshi ekan deyishadi. Hamma 


narsa kichikka, sovg‘a ham, shirinlik ham, erkalatish ham, deb bolalar orasidagi yakkalik, o‘zini 
uzoq tutish kayfiyatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uyga 
biror   narsa   xarid   qilib,   olib   kelganingizda   har   doim   uni   adolatli   taqsim   qiling.   Taqsimlash 
jarayonida   ota-ona   o‘zlarini   ham   unutmasliklari   kerak.   Bu   juda   muhimdir.   Bolalaringiz   bu 
jarayonni   ko‘rsa,   vaqti   kelib   ular   ham   topib   keladigan   bo‘lganlarida   sizga   ulush   ajratishni 
unutmaydilar. Bolalar oldida qilgan bu adolatli taqsimingiz ular uchun eng katta saboq bo‘ladi. 
Birinchidan, ular bir-birlariga mehrlari orta boradi. Ikkinchidan, doimo ota-onani eslab turadigan 
bo‘ladilar. Aks holda olib kelgan narsalaringizni faqat bolalaringizga taqsim qiladigan bo‘lsangiz, 
keyinchalik ular sizni eslamaydigan, faqat o‘zlarini o‘ylaydigan bo‘lib qoladilar. Ayniqsa, qarib 
kuch-quvvatdan qolganingizda tarbiyada yo‘l qo‘ygan bu xatoingiz siz uchun juda katta azobga, 
tuzatib bo‘lmas armonga aylanadi.
Farzandlaringizga  bir ko‘z bilan qarangiz, kattasini  katta,  kichigini kichik deb,  shunga 
yarasha ish tutsangiz, kichiklarning kattalari bilan maslahatlashib ish tutishlariga, kattalarining 
kichiklarini   izzat   qilishga,   ularni   himoya   qilishga   odatlantirsangiz,   ularni   yaxshi   ishlarini 
ma’qullab, rag‘batlantirib borsangiz, yomon ishlarini o‘z vaqtida qaytarib, bu ishning nima uchun 
yomonligini   yotig‘i   bilan   tushuntirib   borsangiz,   farzandlaringizning   kamoli,   o‘zingizning 
kelajakdagi   rohat-farog‘atingiz   uchun   juda   muhim   va   katta   tarbiyaviy   ishni   amalga   oshirgan 
bo‘lasiz.   Ulardagi   mehr-oqibatni,   obro‘larini   ko‘rib,   o‘z   hayotingizdan   mamnun   bo‘lasiz, 
farzandlaringiz tarbiyasi borasidagi chekkan zahmatlaringiz, mashaqqatlaringiz unutiladi.
Quyidagi tarbiyaviy masalalarni tahlil qiling:

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish