Ta’limda sifat nazoratini olib boruvchilar;
Nazorat monitoringgi va uning kiritilishi;
Natijalarni baholash va qo‘shimcha tadbirlar belgilash.
Sifat – qo‘yilgan maqsadga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning nazorati va
baholash bo‘yicha olingan natijalarning monitoringi.
1. Baholash shakllari. Baholash, uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda
o‘tkazilishi mumkin:
1.
Mezonga asoslangan baholash
2.
Me’yorga asoslangan baholash.
2.Baholash turlari. Baholash, o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra, uch turga ajratiladi:
Boshlang‘ich baholash;
Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash;
YAkuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash.
Boshlang‘ich baholash ta’lim jarayoni boshida ta’lim
oluvchilarning
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday
baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini
tanlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: