1.
Ijtimoiy foydali mehnat.
2.
Oilaviy mehnat.
3.
Mehnat faxriylari va turli mehnat vakillari bilan uchrashuv.
Mehnat ikki xil bo‘ladi:
Aqliy mehnat.
Jismoniy mehnat.
Aqliy mehnat - shaxs uchun eng og‘ir mehnatdir. Bu mehnat aqliy zo‘r berishni talab
qiladi, uzoq vaqt davom etadi va qunt bilan shug‘ullanishni talab qiladi. Bu mehnatning
murakkabligi yana shundaki, bundagi natijalarning namoyon bo‘lishi qiyinroq bo‘ladi, bu
natijalarni shaxs deyarli tushunmaydi.
Akliy mehnati jarayonida tarbiyalanuvchilar turli darajada murakkablikka ega bo‘lgan va
mustaqillikni turli darajada talab qiladigan bir qator aqliy, hamda amaliy xarakterlarni egallaydilar.
Bu esa ularda bilimga qiziqishini, aqliy faoliyatning samarali turlarini shakllantiradi.
Akliy mehnati tarbiyalanuvchilarning qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak.
Tarbiyalanuvchilarning qurbi etmaydigan mehnat inson organizmiga ziyon etkazadi. O‘qishdan
ko‘nglini sovutishi mumkin. SHu sababli pedagog har bir tarbiyalanuvchining yosh xususiyatini
va ta’lim olishga individual tayyorligini aniqlash, shaxsning e’tibori va tafakkuridagi
xususiyatlarini bilishi, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi muhimdir. O‘quv mehnatning
bosh vazifasi-shaxsni o‘qishga o‘rgatishdan, uni O‘quv mehnati metodikasi va texnikasini
qurollantirishdan, O‘zi bilim oladigan bo‘lish imkoniyatini berishdan iborat. O‘quv mehnati
jarayonida ta’sir qiladigan ko‘nikma va malakalar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali unumli
mehnatda qatnashishga tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchini bo‘lajak mehnat
faoliyatiga tayyorlash uchun yaxshi poydevor bo‘ladi. Pedagogning o‘quv muassasasi
tarbiyalanuvchilarida darsliklar, kompyuter texnikasi bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishda
mehnat tarbiyasiga doir ishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. O‘quv mehnati jarayonida aqliy
mehnat madaniyati hosil qilinadi. O‘rtoqlik, xayrixohlik, intizomlilik, uyushqoqlik singari
fazilatlar tarbiyalanadi. Binobarin, bo‘larning bari mehnat tarbiyasini eng samarali hal qilish
uchun xizmat qiladi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, tarbiya jarayoni to‘xtovsiz va sistemali davom
etadigan jarayon bo‘lib, unga pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt
uchun zarur bo‘lgan maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi.
Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o‘rtasida ijtimoiy,
jamoa, o‘rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi.
Tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayoni
manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |