ommaning ijtimoiy mehnat tajribasi jarayonida shakllanib, tobora takomillashtirilib boradigan san’atdir.
Xalq ijodida mehnat faoliyati, ijtimoiy-milliy hayoti, turmush tarzi, tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari,
madaniyati, e’tiqodi, orzu-istaklari, his-tuyg‘ulari hamda tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon
haqidagi o‘ylari o‘z ifodasini topadi. Olim M.Imomnazarov fikricha, “... barcha ma’naviy boylikni xalq
yaratadi. Ammo, Evropa ilmida mumtoz (klassik) san’at va xalq ijodi (folklor) ni farqlash udum bo‘lgan. ...
xalq ijodi namunalari odatda turli toifalar did-farosatini charxlashga, ularning ma’naviy kamolotini
yuksaltirishga, ularda nazokat, nafosat tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi, dunyoni uyg‘un idrok
etishga yordam beradi”
7
.
Dostonlar – SHarq adabiyotiga mansub lirik, epik zamindagi ko‘p qismli poetik asarlar bo‘lib,
xalq hayotining ma’lum tarixiy taraqqiyot davri uchun muhim hisoblangan mavzularga bag‘ishlanadi.
Uning matni she’riy yoki ertakka o‘xshash ko‘rinishlarda bo‘lib, baxshilar, hofizlar, oqinlar tomonidan
qayta ishlanishi va kuylanishi natijasida yildan-yilga sayqallanib boradi.
Dostonlarda voqea-hodisalar, qahramonlar xatti-harakatlari, xulq-atvorlari bo‘rttirib ko‘rsatiladi,
mubolag‘a va turli-tuman qilib (metafora va boshqalarda) tasvirlanadi.
O‘zbek xalq dostonlaridan "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li", "Avazxon", "Hasanxon", "Kuntug‘mish",
"Oshiq G‘arib va SHohsanam", "YUnus pari", "Rustamxon" va boshqalar halqning o‘lmas qadriyatlariga
aylangan hamda jahon madaniyati safidan muhim o‘rin egallagan.
Xalq dostonlari Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir,
surxondaryolik SHoberdi Boltaev, qoraqalpog‘istonlik Jumaboy Bozorov, xorazmlik Abdulla
Qurbonnazarov va boshqalar ijodi xalqning yirik dostonchilik maktablari ijodiy mevalari sifatida tanilgan.
Dostonchilikning Surxondaryo (Denov, Termiz), Qashqadaryo, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Samarqand,
Jizzax ijodiy maktablarining ijro uslublari o‘ziga xos maftunkorligi bilan ajralib turadi. Hozirgi davrda
xalqning og‘zaki ijodi, baxshichilik san’ati ulug‘landi va davlat miqyosida "Xalq baxshisi" unvoni ta’sis
etildi. Har yili tumanlar, viloyatlar va respublika miqyosida baxshilar o‘rtasida ko‘rik tanlovlarning
o‘tkazilishi an’ana tusiga kirib bormoqda.
Har bir xalqning tarixiy o‘tmishi, urf-odatlari, mehnat tajribalari, yig‘inlari turli an’analar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Fikrimizcha, o‘zbek xalqining ko‘p asrlardan buyon davom etib kelayotgan
umr-boqiy an’analariga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
"Navro‘z" – musulmon taqvimida 21 mart kuni nishonlanadigan “YAngi yil bayrami” hisoblanib,
u erga ishlov berish va urug‘ qadashning boshlanishi nishonlanadigan tantana [89].
Beshik to‘yi – oilada farzand tug‘ilgandan keyin, uni beshikka (belanchakka) yotqizishga
bag‘ishlangan tantana (an’ana). Asosan, o‘zbek xalqi ko‘p bolali oilalardan iborat, shuning uchun ham, u
bolajon oila hisoblanadi. O‘zbek xalqida ushbu an’ana nihoyatda qadrlanadi.
Hashar – turli xil mehnat mavsumlari, uy-joylarni ta’mirlash, muammolarni hal etishda bir-
birlariga mehribonlik yordamlarini ayamaslik, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, do‘st-birodarlarning
sahovatli (to‘lovlarsiz) yordam ko‘rsatishi. Hasharlar, asosan O‘rta Osiyo xalqlariga mansubdir.
SHuningdek, u O‘zbekiston xalqiga ham xos an’analardan hisoblanadi.
O‘zbek xalqining keng tarqalgan an’analariga xotirlash (marhumlarni eslash, bemorlardan xabar
olish), sunnat to‘yi, hovli to‘yi, ota-onaga hurmat, yoshlarga izzat, qariyalarga muruvvat, askarlik burchini
ado etish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. YUqorida keltirilib o‘tilgan, ming yillik tarixga ega
bo‘ltan an’analarimiz qayta tiklanishi, taraqqiy etishi, takomillashtirilishi, yangi zamon ruhiga
moslashtirilib, rivojlanishiga hamda tarbiya-tarbiya tizimida batafsil o‘rganilishiga O‘zbekiston
Respublikasining mustaqilligi mustahkam zamin va sharoit yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: