O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-mavzu: MA’RIFIY QADRIYATLAR VA MAQSADLAR. MA’RIFIY FIKRLAR



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet461/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

2-mavzu: MA’RIFIY QADRIYATLAR VA MAQSADLAR. MA’RIFIY FIKRLAR 
TARAQQIYOTI VA ULARNING TARIXIYLIGI
Reja:
1. O‘zbek pedagogikasida ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar
2. SHarq mutafakkirlarining pedagogika nazariyasiga qo‘shgan xissalari
3. Jadidchilik harakati namoyondalarining pedagogik qarashlari
4. CHet el mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya xususida bildirgan fikr-mulohazalari
1. O‘zbek pedagogikasida ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar
O‘zbekiston   respublikasi   o‘zining   mustaqilligiga   erishgan  kunidan  boshlab,   jamiyatimizning 
barcha sohalarida, jumladan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi jarayonida ma’naviy, ma’rifiy va mafkuraviya 
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov, o‘zining ma’ruzasida “Milliy istiqlol 
mafkurasi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya 
tamoyillariga   asoslanadi;   xalqimizning   asrlar   davomida   shakllangan   yuksak   ma’naviyati,   an’ana   va 
udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi ...”,-deydi
5
.
Darhaqiqat,   hozirgi   davr   pedagogikasi,   tarbiyashunoslik   ilmi,   ta’lim-tarbiya   nazariyasi   va 
amaliyotini   qayta   qurish   hamda   taraqqiy   ettirish   Milliy   istiqlol   mafkurasi,   O‘zbekiston   Respublikasi 
Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. SHuningdek, xalqimizning an’ana va 
udumlari donishmand, mutafakkir bobolarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi
Faylasuf   olim,   akademik   E.YUsupov   o‘zining   qator   asarlarida   qadriyatlarning   ta’rifi   va 
xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadi. U, qadriyat tushunchasiga falsafiy nuqtai nazardan quyidagicha ta’rif 
beradi: "Qariyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib, 
ijtimoiy   kasb   etgan   moddiy,   ma’naviy   hodisa,   jarayon   bo‘lsa   ham,   uning   ahamiyati   va   mohiyati 
kishilarning ularga munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning o‘zi ham qadr-qimmat 
ma’nosini bildiradi"
6
 .
Olim,   jamiyat   taraqqiyotida   insoniyat   tomonidan   bunyod   etilgan,   o‘tmish   va   kelajakda 
rivojlanish uchun ijobiy ta’sir etadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, fikrlar, g‘oyalarga qadriyat 
sifatida qaraydi. SHaxsning xislatlari, fazilatlari, dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat 
qiladigan,   o‘tmishda   yaratilgan,   kelajakda   foydalaniladigan   omillar   yoshlarning   ta’lim-tarbiyasida 
foydalanish lozim bo‘lgan qadriyatlar deb tushunildi. SHuningdek, barcha qadriyatlar ta’limiy, tarbiyaviy 
ahamiyatga  egadir.  Ular,  yosh  avlod ongi,  dunyoqarashining shakllanishiga,  ichki  ruhiy  dunyosining, 
aqliy   faoliyatining   kamol   topishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ko‘pgina   qadriyatlar   jarayon 
xususiyatiga ega bo‘lib, ushbu jarayonni amalga oshirilishida bo‘lg‘usi shaxs – bola ishtirok etadi, uning 
xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi, ba’zi qoidalarini o‘rganib, ongiga singdirib boradi. Bular jumlasiga 
an’analar, urf-odatlar, o‘gitlar, nasihatlar, bayramlar yo‘nalishidagi qadriyatlarni misol keltirish mumkin.
Ba’zi qadriyatlar esa, namoyon bo‘lishi natijasida turli xil buyumlar, asarlar, jihozlar, qurilmalar 
moddiy boyliklar ko‘rinishida yaratiladi hamda moddiy borliqning o‘zligiga nisbatan, ushbu tasvir uzoq 
5 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва тамойиллар. –Т.: Ўзбекистон, 
2001. – 80 б. [– 43-б.]
6 Юсупов Э. Қадриятлар ва уларнинг жамият ҳаётидаги ўрни. /Услубий 
қўлланма. –Т.: ЎзМУ, 1998. – 30 б.


vaqt saqlanib qoladi. Borliq yaratilishiga sabab bo‘ladigan qadriyatlar shartli ravishda moddiy qadriyatlar 
deb   belgilandi.   Ko‘p   yillik   kuzatishlar   va   olib   borilgan   tadqiqot   natijasida,   o‘quvchi   shaxsining 
shakllanishi   va   rivojlanishiga   ta’sir   etadigan   tarixiy,   madaniy,   ma’naviy,   moddiy   qadriyatlar 
umumlashtirilib   quyidagi   tuzilmaga   keltirishga   harakat   qilindi.   Jarayon   qadriyatlari   shartli   ravishda 
ma’naviy-ma’rifiy   qadriyatlar   deb,   namoyon   qadriyatlar   esa,   moddiy   borliq   ko‘rinishidagi   moddiy 
qadriyatlar deb belgilandi (Jadval).
1-jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   qadriyatlar   uchta   guruhga   ajratilgan.   YA’ni,  umuminsoniy 
(mustaqillik, do‘stlik, vatanparvarlik kabi), mintaqaviy (mehmondo‘stlik, sahovatlilik, bolajonlik kabi) va 
milliy  (ma’naviy-ma’rifiy, moddiy) qadriyatlarga guruhlandi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchi 
har bir qadriyatlarni o‘rganish jarayonida alohida o‘zi shakllana olmas ekan. Binobarin, har bir qadriyat 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekan, u holda o‘quvchi ushbu bog‘liqlik jarayonida bilim, ko‘nikma va 
malakaga   ega   bo‘ladi.   Uning   shakllangan   kichik   hunarmand   bo‘lib   etishishiga   imkoniyat   yaratiladi. 
Ushbu imkoniyat ta’lim va tarbiyaning shakli, vositasi va metodlari hamohang holatda olib borilsagina, 
ijobiy natijalarni beradi.
O‘quvchilar umuminsoniy (mustaqillik, do‘stlik kabi), mintaqaviy (mehmondo‘stlik, sahovatlilik 
kabi) hamda milliy (ma’naviy-ma’rifiy, moddiy) qadriyatlar orqali ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya 
olishadi.   Ushbu   jarayonda,   ularning   bir-birlariga   bo‘lgan   hurmati,   do‘stligi,   hamkorligi   kabi   insoniy 
fazilatlari shakllanadi. SHuningdek, ular xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘zlashtirishi hamda ta’lim va 
tarbiyaning shakli,  vositasi,  metodlaridan unumli,  samarali  foydalanishi   natijasida  shakllangan kichik 
hunarmand sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu umuminsoniy, mintaqaviy va milliy qadriyatlarning o‘zaro 
bir-birlari bilan chambarchas aloqadorligi ifodalangan.
Jadvalda  qadriyatlar  tuzilmasi  qulaylashtirilgan  holatda  ifodalandi.  Ma’lumki,  umuminsoniy, 
mintaqaviy,   milliy,   ma’naviy-ma’rifiy,   moddiy   kabi   qadriyatlarning   nomi   va   atamalari   soni   yuzdan 
ortiqdir.
Biz bilamizki, milliy qadriyatlar shartli ravishda ma’naviy va moddiy qadriyatlarga bo‘linadi. 
Ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarga xalq ijodiy merosi, ya’ni xalq og‘zaki va yozma ijodi (doston, lapar, 
rivoyat kabi), va an’analar (Qurbon hayiti, Ro‘za hayiti, beshik to‘yi, kabi) hamda musiqa va teatr san’ati 
(ashula,   raqs,   qo‘g‘irchoq,   dor   o‘yini   kabi),   moddiy   qadriyatlarga   esa,   xalq   hunarmandchiligi 
(pichoqchilik, ko‘nchilik, kosibchilik, mahsido‘zlik kabi), tasviriy va amaliy san’at (loyihalash, grafika, 
xattotlik kabi) sohalari hamda tarixiy obidalar (qal’a, machit, maqbara kabilar) misol bo‘ladi.
Xalqimizning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti xususiyatlarini ifodalaydigan ma’naviy va moddiy 
qadriyatlar   ko‘p   yillar   davomida   yaratilgan.   Xalqning   hayotiy   ahvolini   yoritadigan   manbalar   hamda 
moddiy   borliq   ko‘rinishida   yaratilgan   jihoz,   buyumlar   shartli   ravishda   milliy   qadriyatlar   sifatida 
guruhlandi. Xalq ijodiy merosi (xalq ijodi) – mehnatkash xalq ommasining badiiy-ijodiy faoliyati bo‘lib, 
xalq yaratgan, xalq orasida keng tarqalgan va ajdoddan-avlodga o‘tib, 



Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish