O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/340
Sana19.08.2021
Hajmi4,54 Mb.
#151511
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   340
Bog'liq
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

  Kognitiv modellashtirish 
Kognitiv  modellashtirish murakkab  va  noaniq  vaziyatlarda 
(geosiyosiy, ichki,  harbiy  va  hokazo), bunday  vaziyatlarda  sodir 
bo‘layotgan  jarayonlar  to‘g‘risida miqdoriy  yoki  statistik ma’lu-
mot yo‘q  bo‘lganda boshqaruv  qarorlarini tizimlash,  tahlil  qilish 
va  qabul qilish uchun mo‘ljallangan . 
Kognitiv  modellashtirish muammoli  vaziyatni  yaxshiroq 
tushunishga,  qarama-qarshiliklarni  aniqlashga  va tizimni sifat-
li tahlil  qilishga  yordam  beradi. Modellashtirishning  maqsadi  – 
o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  elementlar  va  quyi  tizimlardan  tashkil 
topgan  murakkab  tizim  sifatida  ko‘rib  chiqilayotgan  obyektning 
ishlashi haqidagi gipotezalar shakllantirish va aniqlashtirish. 
Kognitiv 
yondashuvning 
paydo 
bo‘lishi 
iqtisodiyot, 
sotsiologiya,  ekologiya  kabi  sohalarda  tahlil  qilish  va  qarorlarni 
qabul  qilishning  murakkabligi  bilan  bog‘liq. Bunday  tizimlarda 
qaror  qabul  qilishda  hisobga  olinishi  kerak  bo‘lgan  omillar  soni 
o‘nlab  o‘lchanadi. Faktorlarning  o‘zi  murakkab  o‘zaro  ta’sirda 


39 
bo‘ladi. Ko‘pincha  o‘lchov  omillarini  aniqlashning  o‘ziga  xos 
metodologiyasi  mavjud  emas  va  ma’lumotlarning  hajmi  yetarli 
emas yoki u sifatli xarakterga ega. Bunday tizimlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari tufayli ular zaif tuzilgan deb nomlanadi . 
Keng tarqalgan kognitiv modellashtirishning ta’riflardan biri 
quyidagi  ta’rifi –  boshqaruv  obyektiga  turli  omillarnig    ta’sirini 
o‘xshashlik va farqlarini inobatga olgan holda boshqaruv obyek-
tini    maqsadli  holga  o‘tkazishda    omillar  ta’sirining  kuch  va 
yo‘nalishini aniqlash imkoniga ega tahlil usuludir. 
Kognitiv  modellashtirish  tizimni  sifatli  tahlil  qilish  asosida 
muammoli  vaziyatni  yaxshiroq  tushunishga  yordam  beradi. Ti-
zimga xos bo‘lgan muammolar va qarama-qarshiliklarni aniqlash-
ga imkon beradi. 
Modellashtirishning  maqsadi alohida,  ammo  o‘zaro  bog‘liq 
elementlar  va  quyi  tizimlardan  tashkil  topgan  murakkab 
tizim sifatida ko‘rib chiqilgan o‘rganilayotgan obyektning ishlashi 
haqidagi gipotezani shakllantirish va aniqlashtirishdir. 
Tadqiqot  obyektini  kognitiv  tahlil  qilish  quyidagilarni 
amalga oshirishga imkon beradi: 

 tahlil qilingan muammoning umumiya holatini ko‘rish; 

 tizim (vaziyat) rivojlanish yo‘nalishini bashorat qilish; 

 vaziyatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; 

 harakatlar strategiyasini ishlab chiqish; 

 muammoga alternativ echimlarni taklif qilish; 

 qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish; 

 ko‘rib  chiqilayotgan  vaziyatning  sifat  va  miqdoriy  tavsi-
flarini olish; 

 qarorlarning sifati va asosliligini oshirish. 
Kognitiv    tahlilning  bosqichma-bosqich  texnologiyasi  quyi-
dagi amallarni o‘z ichiga oladi: 
1. Muammo to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish; 
2. Muammoli  vaziyatni  tizimli  o‘rganish  (muammo  doimiy 
yoki o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi); 
3. Muammo kelib  chiqqan  mavzu  bo‘yicha  bilimlarning 
tuzilishi; 


40 
4. O‘rganilayotgan muammoning kognitiv modelini yaratish; 
5. Kognitiv muammoli vaziyatni tarkibiy tahlil qilish; 
6. Muammoli  vaziyatning  kognitiv  modelining  tarkibiy 
xususiyatlari; 
7. Maqsadli yondashuvga asoslangan  muammoli  modellash-
tirish 
8. Model darajasida mumkin bo‘lgan natijalar, amaldagi  mo-
dellarni inkor qilish. 
9. Modellashtirish  natijalarini mavzuli talqini; 
10.  Natijalarni  tahlil  qilish  va vaziyatning  dinamikasi ha-
qida yangi bilimlarni aniqlash. 
Kognitiv  yondashuvning  mohiyati  intuitsiyaga  emas,  balki 
murakkab  tizim  haqida  tartibga  solingan  va  tasdiqlangan  ma’lu-
motlarga  asoslangan  samarali  boshqaruv  strategiyasini  ishlab 
chiqishdir. Bunday bilimlarning manbai aholini sotsiologik tadqiq 
qilish yoki ekspert guruhlarining so‘rovlari bo‘lishi mumkin. 
Kognitiv modellarni ishlab chiqish juda mashaqqatli jarayon, 
shuning  uchun  tadqiqotchilar  ishini  avtomatlashtirish  uchun 
maxsus vositalar kerak. 
Kognitiv  texnologiyalar  vositasi  xilma-xil  bo‘lib,  ular  turli 
muammolarni yechishga mo‘ljallangan: 

 biznes jarayonini boshqarish; 

 boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash; 

 analitik dasturiy ta’minot va xizmatlar; 

 kognitiv hisoblashga asoslangan  xizmatlari; 

 bitimlar va blockcheyn. 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   340




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish