Kognitiv
texnologiya
43
Moliyaviy
xizmatlar sohasida tavakkalchiliklarni
boshqa-
rish jarayonini optimallashtirish, investitsiyalar uchun shaxsiy tav-
siyalar va potentsial ob’ektlarni tayyorlash, fond birjasining mo-
liyaviy ma’lumotlari va mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar-
ni baholash maqsadida kognitiv tizimlardan foydalaniladi.
Platformalarda va ularning kognitiv qobiliyatlar yordamida
yaratilgan bashorat modellari eng foydali va faol rivojlanayotgan
biznes yo‘nalishlarini aniqlashda yordam beradi va mijozlar
investitsiyalar daromadlarini oshirishisha xizmat qiladi. Bosh-
qa vazifalar qatoriga moliyaviy xavflarni modellashtirish va pul
yuvish va shubhali operatsiyalarni aniqlash kiradi.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va shaxsga
yo‘naltirilgan
servis
ahamiyatli
bo‘lgan
bank
sektorida,
shuningdek, boshqa tarmoqlarda kognitiv tizimlar banklar va mi-
jozlar o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi.
Mashinada o‘rganish va foydalanuvchi hatti-harakatlarini
tahlil qilish ba’zi muhim qonuniyatlarni va tendensiyalarni aniq-
lashga, mijozlarning kutilayotgan hatti-harakatlarini oldindan
aniqlashga, mijozlar uchun moslashtirilgan shahsiy takliflarni
yaratishga va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Bundan tashqari, kognitiv tizimlar firibgarlikni aniqlash,
tahlil qilish va tahdidlarni avtomatlashtirish, shuningdek, tavsiya-
larni ishlab chiqish uchun foydalaniladi .
Boshqaruvning kognitiv texnologiyalarining asosiy maqsadi -
operatsion xarajatlarni kamaytirishga, daromadni oshirishga,
raqobatbardoshlikni oshirishga, deyarli har qanday biznesning
samaradorligini oshirishga yoki oddiygina so‘rov bo‘yicha masla-
hat olishga yordam beradigan qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-
quvvatlashdir .
Yaqin kelajakda kognitiv texnologiyalar rivojlanishi bilan,
shaxsiy kompyuterlar hayotini o‘z vaqtida o‘zgartirganligi kabi
ma’lumot bilan ishlash tamoyillari ham o‘zgaradi. Tizim to‘g‘-
risida to‘plangan bilimlar asosida – yordamchilar aniq biznes-
masalani bajarish maqsadga muvofiqligi yuzasidan, uni bartaraf
etish ketma-ketligi ishlab chiqish, amalga oshirilishini nazorat
44
qilish, ishlarni bajarishda ustuvorlarini aniqlash yuzasidan oqilona
maslahat bera oladi.
Zamonaviy sharoitlarda biznes muvaffaqiyati axborot tex-
nologiyalarning apparat imkoniyatlari – infratuzilmalar va aloqa
kanallar tezligi bilan bir qatorda bozorda eng qiziqarli va istiqbolli
takliflarni ishlab chiqishda va ma’lumotlarni tahlil qilishda
ishlatiladigan kognitiv texlogiyalar ta’minlaydi. Zamonaviy biznes
jarayonlari murakkablashishda davom etmoqda va kompaniyaning
ishlash jarayonida muhim qarorlarni qabul qilish uchun vaqt o‘tib
bormoqda. O‘z joylarini topishga muvaffaq bo‘lgan kompaniya-
lar asta-sekin kengayib bormoqda, ammo kengayish jarayon-
ida ularning aksariyati bugungi kunda duch keladigan ma’lumot-
lar miqdorini hal qilish uchun yakka shahs yoki guruh yetarli
emasligini tushunishadi.
Tahlil, sun’iy aql, bulutlar, korporativ harakatchanlik, blo-
kcheyn va boshqa so‘nggi texnologiyalar nafaqat yirik korpora-
tsiyalarga, balki kichik kompaniyalargaham ko‘mak ermoqda.
Ushbu jarayonlar biznesni raqamlashtirishni belgilaydi.
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
1. Kognitiv fan nimani o‘rganadi ?
2. Kognitiv texnologiya nima?
3. Kognitiv mexanizmlar aytib o‘ting.
4. Kognitivtexnologiyava kognitiv o‘rtasidagifarqnima?
5. Kognitiv
texnologiyalarning
engistiqbolli rivojlantirish
yo‘nalishlari aytib o‘ting.
6. Dunyoni o‘zgartiradigan kognitiv texnologiyalar aytib
o‘ting.
7. Kognitiv modellashtirish tushunchasini bering.
8. Kognitiv modellashtirishning maqsadi nima?
9. Kognitiv tahlil texnologiyaning ketma-ketligini keltiring.
10. Kognitiv texnologiyalarning vositasi nima?
11. Zamonaviy kognitiv tizimlar nimalardan foydalanadi?
Kognitiv biznes tahlillari haqida tushuncha bering.
45
12. Kognitiv texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘-
nalishlari qanday ?
Do'stlaringiz bilan baham: |