O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/340
Sana19.08.2021
Hajmi4,54 Mb.
#151511
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   340
Bog'liq
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Mikro 
–  
to‘lovl
ar 
Mikro 
–  
to‘lovl
ar 
Mikro 
–  
to‘lovl
ar 
Mikro 
–  
to‘lovl
ar 
Mikro 
–  
to‘lovl
ar 
Mikro 
–  
to‘lovl
ar 
Savdo 
nuqtasi
da 
Olib 
tashlan
di 
Naqd 
operatsiyalar 
uchun  mobil 
telefonlar 


188 
 
  O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1. Mobil tijoratning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy 
bosqichlari qaysilar? 
2. SMS matnli elektron xabar nima? 
3. Mobil internet nima? 
4. Mobil  ilovalarni  ishlatadigan  elektron  tijoratning  biznes-
modellarini ayting. 
5. Mobil tijoratning xizmatlari aniqlang. 
6. SIM - karta nima ? SIM- kartaning vazifalari nimada ? 
7. Mobil to‘lovlar nima? 
8. Mobil tijoratning imkoniyatlari qanday? 
9. Mobil banking nima? 
10.  SMS billing xizmatlar mohiyati nimada ? 
 


189 
 
III BOB. INTERNET-MARKETING 
 
3.1. Internet marketing asoslari 
3.1.1. Tushuncha  va asosiy elementlar 
 
Iqtisodiyotni  raqamlashtirish  davrida  Internet  hal  qiluvchi 
rolni  o‘ynaydi.  Bu,  ayniqsa  marketing  tadqiqotlari  sohasida  sezi-
larli. 
XX  asrning  o‘rtalarida  paydo  bo‘lgan  Internet,  XXI  asrning 
boshiga  kelib,  dunyoning  turli  burchaklaridan  to‘plangan,  ichki 
aloqalari, elektron tijoratuchun asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan 
katta ma’lumot manbalari kutubxonasiga aylandi. Bugungi kunga 
kelib,  Internet  marketologlar  uchun  kuchli  vosita  va  manbaga 
aylandi.  Internetning  rivojlanishi  Internet-marketingning  tijorat 
tashkilotlarining  marketing  faoliyatida  alohida  va  muhim 
yo‘nalish sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. 
Internet-marketing marketing va axborot texnologiyalari fan-
larning  to‘qnashuvida  paydo  bo‘ldi.  1990-yilgacha  Internetdan 
biznes maqsadlarda  foydalanish AQSH Milliy Ilmiy Jamg‘armasi 
tomonidan taqiqlangan edi, ammo keyinchalik yirik kompaniyalar 
unga  kirishgan.  1992-yilda  Internet  boshqaruvi  shaxsiy  qo‘llarga 
berilganidan so‘ng, iste’molchilar va Internet-provayderlar doirasi 
sezilarli  darajada  kengaydi  va  tarmoq  butun  dunyo  bo‘ylab  mil-
lionlab  odamlar  va  kompyuterlarni  uladi.O‘sha  yili  Charlz 
Stekning  kitob  sotadigan  birinchi  onlayn-do‘koni  ochildi.  1994-
yilda  Amazon  kompaniyasi  ochildi  va  1995-yil  iyul  oyida  o‘z 
internet-do‘konini ishga tushirdi. 1994-yil oktyabr oyida First Vir-
tual    kompaniyao‘zining  onlayn  to‘lov  xizmatlarini  taklif  qila 
boshladi va Internetdagi birinchi elektron to‘lov tizimiga aylandi. 
1996-yilda  MasterCard  va  Visa  SET  deb  nomlangan  plastik 
kartalar  yordamida  Internetda  to‘lovlarni  himoya  qilish  uchun 
ochiq yagona standart yaratilishini e’lon qildi. Birozdan keyin bi-


190 
rinchi  qidiruv  tizimlari  paydo  bo‘la  boshlaydi.  Hozirgi  kunda 
Internet eng samarali tarqatish kanallaridan biriga aylandi. 
  Internet-marketing  raqamli  iqtisodiyotning  banner  rekla-
masi, jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations, PR), Internetda 
marketing  tadqiqotlarini  o‘tkazish  usullari,  xususan,  talab  va 
iste’molchilar  auditoriyasini  o‘rganish,  brendni  bozorda  to‘g‘ri 
joylashtirish usullari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Aytishimiz 
mumkinki, 
Internet-marketing 
Internetning 
gipermedia  muhitida  marketingni  tashkil  etish  nazariyasi  va 
metodologiyasi. Internet o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular 
an’anaviy marketing vositalaridan farq qiladi. 
Internet-marketingning  ba’zi  bir  asosiy  xususiyatlariga 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Birinchidan,  marketing  Internetda  yuqori  darajada  shaxsiy-
lashtirishga ega.  
An’anaviy  marketing  ommaviy  iste’molchiga  qaratilgan 
bo‘lsada, Internet har kimning fikrini hisobga oladi (ma’lum dara-
jada) va hamma bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Boshqacha ay-
tganda,  Internetda  (siljitish)  reklama  yagona  mijozlarni  jalb  qi-
lishga qaratilgan.Shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi shuningdek, 
reklama  kampaniyalarida  aniq  targetinga  (butun  auditoriyadan 
belgilangan  mezonlarga  javob  beradigan  qismni  ajratib 
ko‘rsatish) imkon beradi. 
Ikkinchidan,  Internet-marketing  interfaollik  bilan  tavsifla-
nadi:  mijozlar  ko‘plab  biznes  jarayonlarda  faol  ishtirok  etadilar. 
Bunga  so‘rovlarda  qatnashish,  kompaniyaning  obro‘sini  oshirish, 
yangi mijozlarni jalb qilish va shu kabilar kiradi. Bundan tashqari, 
mijozlar  kompaniya  tomonidan  yaratilgan  Internet  xizmati  orqali 
buyurtmalarni  joylashtirish,  qo‘ng‘iroqlarga  buyurtma  berish  va 
onlayn maslahatchilar bilan bog‘lanish kabi muhim vazifalarni ba-
jarishlari mumkin. 
Internet  marketing  –  offlaynda  olib  bo‘lmaydigan  katta 
hajmdagi  ma’lumotlar  bilan  farqlanadi.  Misol  uchun,  Internetda 
reklama ta’sirini, mijozlar soni, u yoki bu saytga qiziqishlari, keng 
ko‘lamli  qayta  aloqani,  raqobatbardoshlikni  oshirish  kabilarni 
ishonchlikning  yuqori  darajada  baholash  mumkin.  Xususan, 


191 
marketing  tadqiqotlar  (misol  uchun,  yangi  reklama  kampaniyani 
yoki  tovarlarni  sinovdan  o‘tkazish)  Internetda  offlaynga  qara-
ganda    xarajatlar  va  maglaglar,  vaqtning  kamroq  sarflanishini 
talab qiladi. 
Internet-marketing  –  marketingning  asosiy  elementlari 
hisoblanadigan  narhi,  mahsulot,  sotuv  joyi,  siljitish  kabilarga 
tegishli  bo‘lgan  Internetda  an’anaviy  marketingning  barcha 
jihatlaridan foydalanish amaliyoti.  
Asosiy  maqsadi  –  saytning  potentsial  auditoriyasidan  eng 
yuqori  foydani olish. 
Tarmodagi  marketing  (Internet-marketing)    tashkilotdagi 
marketingning  ananaviy    tushunchasiga  mos  keladi  va  ko‘pincha 
elektron marketing deb ataladi. 
U  marketing  faoliyatining  barcha  tarkibiy  qismlarini  o‘z 
ichiga oladi, xususan: bozorni o‘rganish, xaridorlar va atrof-muhit, 
mahsulotni  ilgari  surish,  brending,  vositachilar  bilan  ishlash, 
savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish. 
Internet  tufayli  marketing  tadqiqotlarni  o‘tkazishning  yangi 
vositalari  paydo  bo‘lmoqda.  Shunday  qilib,  an’anaviy  marketing 
usullari  va  eng  yangi  axborot  texnologiyalarining  birlashishi 
ko‘zatilmoqda. 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   340




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish