4
2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‗lish
3. Shaxs taraqqiyotining individual – psixologik xususiyatlari
X BOB.
Shaxs rivojlanish mexanizmlari
1. Shaxs rivojlanishi va shakllanishini harakatga keltiruvchi kuchlar
XI BOB.
Shaxs psixologiyasiga kirish
1.Shaxsni tadqiq etilish tarixi
2.Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida
3.Shaxsni emperik o‗rganish metodologiyasi
XII BOB.
Sotsial psixologik g‟oyalar shakllanishi tarixi.
1. Muomala tuzilmasi. Metodologiya tushunchasi
2. Guruhiy jarayonlar shaxslararo munosabatlar
XIII БОБ. Shaxs psixologiyasi metodologiyasi va metodlari
1.Psixologiyada shaxs fenomeni.
2.Shaxsni izohlashdagi o‗ziga xosliklar.
3.Shaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‗rganish
metodlari
XIV БОБ. Sotsial va shaxslararo munosabatlar
1.Shaxsning o‗zini o‗zi anglashi. Men-konsepsiyasi. Shaxsning ijtimoiy
tasavvurlari
1.1.O‗z-o‗zini anglash: jarayoni va natijasi
1.2.Men-konsepsiyasi va jinsiy o‗xshashlikning shakillanishi
1.3.Gender o‗xshashligi
1.4.Ijtimoiy tasavurlari: muammolar va istiqbollar
5
K I R I SH
Insonshunoslik fanlarini markazida shaxs muammosi turishi, shaxs
o‗zining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida va
ontogenezida tabiat bilan
jamiyat o‗rtasida murosaviy munosabat o‗rnatishi tufayli sivilizatsiyani
yaratish, uni asrash, takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‗ldikkim, buning
oqibatida jonli mavjudodlar, jonsiz narsalar unga tobelikka mangu hukm
etildi. Fan va texnikani rivojlantirish yuksak yutuqlarga olib kelganligi bilan
birga tabiati xavf-xatar ortishiga, umumiy balans buzilishiga negiz yaratadi.
XXI asrdagi odamlar ularning zamondoshlari, o‗tmishdoshlari
tomonidan yo‗l qo‗yilgan nuqsonlarni bartaraf
etish uchun hamkorlikda
faoliyatni uyushtirsalar, umubashariy g‗oyalar, prinsiplar ham umumiy ham
hususiy ahamiyat kasb qilishini diqqat markazida tutsalar yer kurrasi
barchani umumiy makoniga, maskaniga aylanadi. Hozirgi zamon shaxsiy
psixologiyasi sohasi yuqoridagi ulug‗vor tuyg‗ularni ijtimoiy xayotda qaror
toptirish imkoniyatlari to‗g‗risida bo‗lg‗usi
mutaxassis psixologlarga
muoammoli bilimlar berish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularni mustaqil
fikrlashga, treninglar yordami bilan o‗zini-o‗zi takomillashtirishga o‗rgatish
funksiyasini ham bajaradi.
Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‗y berayotgan
o‗zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va
yaqinlariga bo‗lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining
asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. Shu ma‘noda
psixologiya fanining muhim tarmog‗i bo‗lmish
shaxs psixologiyasi
oldida
turgan vazifalar ko‗lami va salmog‗i kattadir.
Biz jamiyatimiz hayotida ro‗y berayotgan barcha o‗zgarishlarning
ijtimoiy psixologik mohiyatini shaxs psixologiyasining bugungi xolati va
istiqboli nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o‗rni va
imkoniyatlariga baho berishni niyat qildik.
O‗quv qo‗llanmada ko‗tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining
muxtasar bayoni bo‗lsa-da, ma‘lum ma‘noda shaxs psixologiyasining ilmiy
amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to‗g‗risida tasavvur
beradi.
Shaxs psixologiyasining vazifalaridan kelib chiqib, o‗quvchilar
hukmiga havola etilayotgan ushbu kitobning asosiy maqsadi insonning
jamiyat bilan bo‗ladigan ko‗plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy
psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir. Ushbu o‗quv qo‗llanma
yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki,
ularni o‗z atrofida ro‗y berayotgan
islohotlarga holis baho berish, o‗zi va
o‗zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‗lmaslik, o‗z layoqatlarini
o‗stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‗lishga yordam beradi.
6
Kitob shaxs psixologiyasi asoslari bo‗yicha muxtasar bilimlarni beradi,
bunda albatta shaxs psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga, shaxs
psixologiyasi predmeti, maqsadi va vazifalari,
shaxs psixologiyasi
tushunchasi, shaxs psixologiyasi tarixi, shaxs psixoanalitik nazariyasi, shaxs
bixevioristik va gumanistik nazariyasi, shaxs kognitiv va dispozision
yo‘nalishi nazariyasi, ijtimoiylashuv nazariyasi, shaxsni o‘rganish metodlari,
prinsiplari, shaxs psixologiyasi muammosining metodologiyas, shaxs
rivojlanishini davrlashtirish, shaxs rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish.
Shaxs psixologiyasi metodini tushunish umumiy
psixologiya va sosiologiya
predmetini tushunishga bog‘liqligini o‘rganish, shaxsning ijtimoiy
munosabatlardagi turli toifalariga e‘tiborni qaratadi. Har bir bob avvalida
bobda ko‗riladigan masalalar, bobning qisqacha mazmuni, bob yakunida esa
qisqacha xulosa, nazorat savollari hamda mustaqil ishlar uchun mavzular
berilgandir.
Muallif har bir o‗quvchi kitobni mutoala qilish jarayonida unda
ko‗tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda
ro‗y berayotgan olamshumul voqealar mohiyatini
anglashda va ularga
nisbatan faol hayotiy mavqening shakllanishida ko‗makdosh bo‗ladi, deb
umid qiladi.
Muallif: U.A.Butayeva
Do'stlaringiz bilan baham: