O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


Guruhiy jarayonlar shaxslararo munosabatlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet151/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

Guruhiy jarayonlar shaxslararo munosabatlar
Reja: 
1)
Guruhiy jarayonlarda shaxslararo idrok.
2)
Shaxslararo nomunasiblik fenomeni.
3)
Individ tomonidan karor kabul kilishga gurux ta‘siri jarayoni. 
4)
Samarali muomala va mojarolar
5)
Mojarolar. ularning yuzaga kelish manbalari. 
6)
Shaxsdagi ichki va shaxslararo mojarolar.
7)
Shaxslararo mojarolarning namoyon bo‗lish sohalari.
8)
Shaxslararo mojarolarni boshqarish.
9)
Mojarolarni yengish va hal qilish usullari.. 
Insonning o‗zini qurshab turgan olam bilan o‗zaro birgalikdagi harakati 
odamlar o‗rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish 
faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob‘ektiv munosabatlar sistemasida yuz 
beradi. Ob‘ektiv munosabatlar va aloqalar (bog‗langanlik, bo‗ysunganlik, 
hamkorlik, o‗zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda 
muqarrar va qonuniyatli tarzda yuzaga keladi. Guruh a‘zolari o‗rtasidagi ushbu 
o‗zaro 
ob‘ektiv 
munosabatlarining 
in‘ikosi 
shaxslararo 
sub‘ektiv 
munosabatlardirki, ularni o‗rganish bilan social psixologiya shug‗ullanadi. 
Munosabat odamlar o‗rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib 
chikadigan boglanishlar rivojlanishining ko‗p qirrali jarayonidir. 
Munosabatning ikkinchi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o‗zaro 
birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so‗zlar bilan emas, balki harakatlar, 
hatti - harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Do‗kon kassasi oldida hisob 
kitobni amalga oshirarkan, haridor bilan sotuvchi hatto ulardan birortasi hech 
qanday so‗z ishlatishmasa ham o‗zaro munosabatga kirishadi; haridor kassirga 
harid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqcim eca, sotuvchi chek urib, 
qaytimini sanab beradi. 
Nihoyat, munosabatlarning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchiparning 
bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Masalan, munosabat 
bo‗yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo‗ladigan, aqlli, tushunadigan, 
tayyorgarlik ko‗rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, balki 


263
oldindanoq u hech narsani tushunmaydi va habar qilingan narsaning fahmiga
etmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir. 
Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatdan 
- kommunikativ (ahborot uzatish), interaktiv (o‗zaro birgalikda harakat qilish) va 
perceptiv (o‗zaro birgalikda idrok etish ) jihatlarini alohida ko‗rsatish mumkin. 
Munosabatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq-ravshandir. Lekin 
shunday savol tug‗iladi: munosabat birgalikdagi faoliyatining bir qismi, tomoni, 
jihati hisoblanadimi yoki munosabat va faoliyat ikkita mustaqil to‗laqonli 
jarayonmi? 
Kishi birgalikda faoliyat ko‗rsatayotganda zaruriyatga ko‗ra boshqa 
odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya‘ni aloqa o‗rnatishi, 
o‗zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli ahborot olishi va javob tariqasida ahborot 
berishi lozim va hokazo. Bu o‗rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir 
qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikasiya (birinchi turdagi 
munosabat) sifatida namoyon bo‗ladi. 
Lekin odam kommunikasiya sifatida munosabatni o‗z tarkibiga olgan 
faoliyat jarayonida biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, hisoblar qilib, 
mashinani tuzatib va shu kabilarni amalga oshirib), shu bilangina cheklanib 
qolmaydi: u yaratgan buyum orqali o‗zining xususiyatlarini, o‗zining 
induvidualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o‗zini boshqa odamlarda (Shu 
jumladan, faoliyat maqsadiga erishish uchun u aloqa bog‗laydigan odamlarda 
ham va hatto «o‗zga odam» sifatida o‗zida ham) davom ettiradi. 
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, aniq she‘riy satr, o‗tkazilgan daraht, 
yaratilgan yoki ijro etilgan qo‗shiq)- bu, tomondan faoliyat mazmuni bo‗lsa, 
ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo‗ladiki, kishi uning yordami 
bilan ijtimoiy hayotda o‗zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa odamlar 
uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar o‗rtasidagi munosabat bevosita 
o‗zini aksini topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlarga ham, iste‘mol 
qilayotganlarga va o‗zlashtirayotganlarga ham bab-barobar tegishli bo‗lgan 
umumiy narsani ishlab chiqarish tariqasidagi munosabat hosil bo‗ladi. 
Munosabatning o‗zaro birgalikda harakat qilishi va faoliyat ko‗rsatish 
jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa avvalo munosabat vositasi 
sifatidagi gashgdan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga
kirishuvchilar o‗rtasida aloqa bog‗lanishini ta‘minlaydi. Negaki, uni bu 
maqsad uchun tanlangan so‗zlar mohiyatiga ko‗ra kodlashtirgan holda ahborotni 
ma‘lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya‘ni uning 
ma‘nosini oshkor etgan va ana shu ahborot asosida o‗z hulq-atvorini 
o‗zgartirgan holda bu ahborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. 
Ahborotni boshqa kishiga yo‗llayotgan kishi va uni qabul qilayotgan kishi 
munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni 
kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, 


264
ya‘ni bitta tilda so‗zlashishlari kerak. Agar kommunikator va recipient 
kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo‗llaydigan bo‗lsalar, bu holda ular 
o‗zaro hamjihatlikka va birgalikdagi faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha 
olmaydilar. 
Vaviloniya 
minorasi 
ko‗rilayotgan paytida ko‗ruvchilar 
kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning 
ag‗darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni 
ochish jarayonlarini bir-biriga bog‗lash chog‗ida o‗zaro birgalikda harakat 
qilinmasligini aks ettiradi. Negaki, turli hil tillarda so‗zlashadigan kishilar bir-
birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga 
oshirilishini amri mahol qilib qo‗yadi. Qo‗llaniladigan belgilar zamiridagi 
mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo‗lgan taqdirdagina 
ahborot ayirboshlash mumkin bo‗ladi. 
Harakter shakllanishida kishining jamiyatga va insonlarga munosabati hal 
qiluvchi rol o‗ynaydi. Inson harakteri jamoadan tashqarida, do‗stlik, muhabbat 
va boshqalarsiz to‗la namoyon bo‗lishi mumkin emas. 
Kishining boshqa insonlar bilan o‗zaro munosabati uning faoliyatga 
munosabatida - faollik kuchayishi, taranglik, ihtirochilik, yoki aksincha, og‗ir-
vazminlik, tashabbussizlik orqali hal qiluvchi ahamiyatni namoyon etadi. 
Boshqa kishilar va faoliyatga munosabat o‗z navbatida kishining o‗z faoliyatiga, 
o‗z-o‗ziga munosabatini shartlaydi. Boshqa insonga nisbatan to‗g‗ri, baholovchi 
munosabat o‗z-o‗zini to‗g‗ri baholashning asosiy shartidir. 
Boshqa kishilarga munosabat nafaqat harakterning muhim qismi, 
balki shaxs ongi shakllanishining asosini tashkil etadi. 
Faoliyat o‗zgarganda bu faoliyatning nafaqat predmeti, metodi va 
operasiyalari, balki shu bilan birga kishining o‗z-o‗ziga nisbatan munosabati 
ham qayta quriladi. 
Mohiyat - belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan 
qism sifatidagi mazmunga ega bo‗lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat 
faoliyatini ifodalagani singari, belgilar ham ularning bilish faoliyati va 
munosabatini namoyon qiladi. 
So‗zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarihiy tajribani 
o‗zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. 
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir 
kishining miyasidagi in‘ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki 
aks etgani bilan doimiy ravishda to‗ldirilib turadi - o‗y-fikrlarni ayirboshlash, 
ahborot uzatish ro‗y beradi. 
Nutq - og‗zaki kommunikaciya, ya‘ni til yordamida munosabat qilish 
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‗zlar 
og‗zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So‗zlar eshittirib yo ovoz 
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‗yilishi, yoki kar-soqov kishilarda biron-bir 
mohiyatga ega bo‗lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. 


265
Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va ogzaki nutc. Uz navbatida 
og‗zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi. Og‗zaki nutqning eng 
sodda turi dialog, ya‘ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan 
va hal etilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi. 
Gapirishayotganlarning bir-birlariga luqmalari, suhbatdoshidan keyin iboralarni 
va ayrim so‗zlarni takrorlash, savollar berish, qo‗shimchalar qo‗shish, izoh 
berish, faqat so‗zlashayotganlar tushunadigan sha‘malar qilish, turli hil 
yordamchi so‗zlar va undovlar so‗zlashuv nutqi uchun hos xususiyatdir. Bu 
nutqning o‗ziga hos xususiyatlari ko‗p jihatdan hamsuhbatlarning hamjihatligi 
darajasiga, ularning o‗zaro munosabatlariga bog‗liq bo‗ladi. Aksariyat hamma 
joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hech qachon sinfda o‗quvchilar 
bilan munosabatda bo‗lgani kabi olib bormaydi. So‗zlashuv chog‗ida hissiy 
hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Iymangan, hayratlangan, 
quvongan, qo‗rqqan jahli chiqqan kishi hsotirjam holatidagi kabi
gapirmaydi, o‗zgacha ohangdagina gapirib qolmasdan, balki ko‗pincha 
boshqa so‗zlarni, iboralarni ishlatadi. 
Og‗zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo‗lib, uni bitta kishi 
boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko‗plab kishilarga qarata gapiradi: bunga 
o‗qituvchining hikoyasi, o‗quvchining kengaytirilgan javobi, doklad va shu 
kabilar kiradi. 
Odamlar munosabatga kirisharkan, ya‘ni biron kimsaga savol, iltimos, 
buyruq bilan murojdat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta‘riflarkan, 
boshqa bir kishiga ta‘sir o‗tkazishni, undan o‗zi hohlagandek javob olishni, 
topshirig‗ining ijro etilishini, shu paytga qadar tushunmaganini tushunib etishni 
zarurat tarzida o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Munosabat maqsadlari 
odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi. 
Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar - odamlarning 
birgalikdagi harakati va o‗zaro munosabatlarini qat‘iyan belgilab qo‗yadigan 
hamda jamiyatda udum bo‗lgan hulq-atvor namunalari asosida amalga 
oshiriladigan sosial nazorat sharoitida yuz beradi. 
Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma‘qul topadigan, udumga 
aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan 
namunalarning o‗ziga hos sistemasini yaratadi. Ularning bo‗zilishi qoidadan 
chetga chiqadiganlarning hulq-atvori to‗g‗rilanishini ta‘minlaydigan social 
nazorat mehanizmlarini o‗z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul 
qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar hulq-atvoridan farq 
qiluvchi hatti-harakatiga atrofdagilarning bir hilda munosabat bildirishi dalolat 
beradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi, 
harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan hulq-atvor 
namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‗z ichiga oladi. 
Ijtimoiy qoidaga mos keladigan hulq-atvorga po‗lat erituvchining o‗z ish 


266
joyidagi eng yuqori unumga erishuvi ham, birinchi sinf o‗quvchisining 
o‗qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‗rnidan turishga odatlangan qoidasining 
bajarilishi ham kiradi. 
Shunday qilib, o‗zaro birgalikda harakat qilayotgan odamlar hulq-
atvorining bir-birlaridan kutgan tahminlariga mosligi munosabat jarayonida 
muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. Munosabatga kirisharkan, 
har bir kishi o‗zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning hulq-atvori, 
so‗zlari va , hatti-harakatlari ko‗proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda 
bo‗lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko‗rishga 
tayyor bo‗lgan narsani ulardan kutish mumkinligini behato va aniq tahmin qilish 
qobiliyati va malakasi odob deyiladi. 
Bundan odobli kishi har doim va barcha hollarda bunday ehtimolga amal 
qilaverishi kerak, degan ma‘no kelib chiqmaydi, albatta. Bordi-yu, sub‘ektning 
prinsiplari va e‘tiqodi uning nazarida atrofdagilar undan kutishayotganiga 
nisbatan keskin ravishda zid bo‗lgan vaziyat vujudga kelgudek bo‗lsa, u 
prinsipiallik ko‗rsatib, o‗z hulq-atvorining odobga qay darajada to‗g‗ri kelish-
kelmasligi haqida qayg‗urib o‗tirmasligi ham mumkin. 
Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o‗zining hayoti davomida boshqa kishilar bilan 
bevosita muloqotda bo‗ladi va bu orqali o‗zining ijtimoiy mohiyatini amalga 
oshiradi. Bunday muloqot turli hil guruhlarda ro‗y beradi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish