3. L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi
Psixologiya va psixoterapiyada ekzistensial yo‗nalishning yorqin
vakillari shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Boss. Ular
o‗z konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial
nazariyasi asosida ishlab chiqishgan.
Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya bir qator o‗ziga
xosliklar bilan ajralib turadi. Avvalo, ular psixologiyaga tabiiy fanlardan
sababiylik tamoyilining olib kirilishiga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, inson
hayotida hech qanday sabab- oqibat ga asoslangan munosabatlar yo‗q.
Asosan, xulq-atvorning ketma-ketligi mavjud bo‗lib, bu ketma-ketlik orqali
sababiylikni keltirib chiqarib bo‗lmaydi
36
.
Shunday qilib, Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya
kazuallikni rad etgan holda, positivizm, determinizm va materializmni ham
inkor qiladi. Ushbu olimlar ta‘kidlashicha psixologiya boshqa fanlarga
o‗xshamaydi va ular kabi model asosida qurilishi kerak emas. U o‗z metodini
(fenomenologiya) va tushunchalarini (hayotdagi mavjudlik, mavjuslik
moduslari, erkinlik, ma‘suliyat, aylanish, transendensiya, makoniylik,
temporallik va b.q. ) talab qiladi. Binsvanger va Boss ekzistensial
nazariyasining markaziy tushunchalaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya
doim sabab va oqibat munosabatlarini to‗g‘ri yoki noto‗g‘ri tushunishni talab
qiladi. Bir xil voqea turi sabablar oqibatida yuzaga kelishi mumkin, shu
jumladan tabiiy omillar tufayli, lekin faqat insongina mazkur harakatni
amalga oshirish, biror bir maqsadga erishish uchun motivatsityaga ega
bo‗ladi.
Turli individlar turli maqsadlarga erishih uchun bir xil harakatlarni
amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga inson tomonidan u yoki bu
maqsadga erishish bir necha bosqichlardan iborat bo‗lishi mumkin va bu
bosqichning har biri o‗z oqibatiga ega bo‗ladi. Umuman olganda, mazkur
35
Boeree C. G. Viktor Frankl/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.8
36
Boeree C. G. Medard Boss/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.3
142
holatda inson motivastiyasini tushunish inson xulq-atvori, hattiharakatini
anglashning bosh mezoni bo‗ladi. Binsvanger va Boss konsepsiyasi subekt
(ruh) va obekt (tana, muhit, materiya) o‗rtasidagi dualizmga salbiy qaraydi.
Ushbu fikrni birinchi bo‗lib Dekart ilgari surgan va keyinchalik inson
kechinmalari va harakatlarini muhit stimullari hamda tana holati nuqtai
nazardan ko‗rib chiqishda keng qo‗llanila boshlandi. Ekzistensial nazariya
individning dunyoda birligini ta‘kidlaydi va bu birlikni buzuvchi har qanday
qarashni falsifikatsiya va inson voqeligini yagona oqimini bo‗lib tashlashga
bo‗lgan urinish deya baholaydi. Boss so‗zlariga ko‗ra, ekzistensial
psixologiya maqsadi- insonning bog‘liqlik strukturasini yuzaga chiqarishdir.
U yozadi: ―Bog‘liqlik faqatgina buzilmagan butunlikda mavjud; bog‘liqlik
butunlikdan kelib chiqadi‖.
Ekzistensial psixologiyaning uhbu yo‗nalishi shuningdek fenomenlar
ortida ularni tushuntirib berishi yoki aniqlab berishi mumkin bo‗lgan nimadir
bor degan farazni ham inkor etadi. U inson xulqatvorini ananaviy bo‗lgan
―Men-konsepsiya‖, ongsiz, psixik va jismoniy energiya, instinktlar, miya
elektrik jarayolari, arxitiplar va b.q. orqali talqin qilishni tan olmaydi.
Binsvanger va Boss fenomen mohiyatini tushuntirib berishmaydi, ular faqat
fenomen borlugini tan olishadi va psixologiyaning bosh vazifasini ularni
chuqur yoritish, tushuntirish yoki isbotlash emas deb aytib o‗tadi. Bu
tadqiqotchilar har qanday psixologik nazariyalarga salbiy munosabatda
bo‗lganlar, zero, nazariya ostida doim u yoki bu faraz yotadi, mazkur olimlar
uchun esa inson tomondan his qilingan, uning boshidan o‗tgan va anglab
yetilgan hodisalar haqiqiydir, ilmiy farazlar emas. Bu yonalish tarafdorlari
fikricha o‗rganish bu hech qanday gipoteza va steriotiplarsiz ko‗ra olishdir.
Binsvanger va Boss individga huddu buyumdek qarashga qarshi
chiqdilar. Ular fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga
insonlarni hayotdagi mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi,
balkim alal qoibat shaxs degumanizatiyasi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi.
Ular insonlarning texnisizm, byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga
chiqib qolishi, uzlatga chekinishi va buzilishi haqida so‗z yuritgan. Olimlar
nuqtai nazariga ko‗ra, insonlar bilan buyum kabi munosabatda bo‗lganda,
ular ham o‗zlarini ega bo‗lish, nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin
bo‗lgan buyum deb hisoblay boshlashadi. Natijada bunday insonlar haqiqiy
inson hayotini yashab o‗tishga qodir bo‗lmay qoladilar. Inson o‗z hatti-
harakati uchun erkin va ma‘suldir. Boss aytadiki, erk bu insonlar ega bo‗lgan
nimadir emas, bu shundoq ham mavjud hodisa. Binsvanger va Boss
ekzistensial falsafaisda juda katta o‗rin inson o‗limi mavzusiga ajratilgan.
Mazkur mutaxassislar asarlarida o‗lim oldidan qo‗rquv hayot masalasidan
143
kam o‗rganilmagan. Binsvanger va Boss konsepsiyasining fundamental
tushunchasi ―dunyoda mavjudlik‖ (Dasein) dir
37
.
Inson mavjudigi dunyosining 3 darajasi bor: 1) bilogik yoki jismoniy
atrof-muhit (landshaft); 2) insoniyat muhiti 3) insonning o‗zi, uning tanasi.
Inson mavjudligining mohiyati masalasiga to‗xtalar ekan, Binsvanger va
Boss insonlarning o‗zi dunyo mohiyati ekanligini, ular o‗z dunyosiga ega
ekanligini, ammo doimo bu dunyo chegarasidan chiqishga harakat qilishini
aytib o‗tadi. Mazkur holatda, dunyo chegarasida ortidagi mavjudlik haqida
so‗z borar ekan, olimlar o‗zga – narigi olamda yashashni nazarda
tutmaganlar, balki mavjud bo‗lgan muhitidan yangi dunyoga, muhitga o‗tish
haqida fikr yuritganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |