O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet134/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

“hayot yo„li”
dir. Bu termin shaxs rivojlanish jarayonini bildirib, 
unda hayotiy jarayonlarni va shaxs shakllanishini boshqarish amalga oshadi. 
Oxirgi paytlarda hayot yo‗lini tizimli o‗rganish va biografik metod 
rivojlanish psixologiyasida muhim o‗rin egallagan. Zamonaviy fan 
rivojlanishdagi sifatiy siljishlar, sakrashlar hamda krizislar muammosiga 
katta e‘tibor qaratmoqda. Modomiki, turli krizis davrlari va sotsial 
o‗zgarishlar – ba‘zida kasallik holatlari – psixologik qayta tiklanish shaklida 
kechadi. Shunga ko‗ra, rivojlanish psixologiyasi ―yosh krizislari yoki 
―rivojlanishning normativ krizislari‖ singari o‗ziga xos tushunchalar kiritgan. 
―Krizis‖ tushunchasi – muvozanat buzilish holati, yangi ehtiyojlarning paydo 
bo‗lishi, shaxs motivatsion sohasining qayta qurilishi kabilarda namoyon 
bo‗ladi. Unga mos biologik hamda sotsial qonunlarni bilish, qaysi yosh 
davrida mazkur jamiyatdagi individ u yoki bu muammolar bilan to‗qnashishi, 
bu muammolar qanday qilib o‗zaro aloqador bo‗lishi, qaysi faktorlarga ko‗ra 
muammo davom etishi va u qanday yechimlarga ega ekanligi bilish mumkin 
bo‗ladi. Shaxs hayotidagi hech bir psixofiziologik (masalan, jinsiy yetilish) 
yoki sotsial-psixologik (masalan, maktabga chiqish yoki turmush qurish) 
hodisalar quyidagi omillarsiz kechmaydi: a) individning xronologik yoshi; b) 
individning tug‗ilish sanasi; s) tarixiy davr va kalendar sanasi.
54
Boeree C. G. Alfred Adler/Personality Theories. Electronic textbook/PsychologyDepartment 
Shippensburg University. 1997. – p. 6


222
Ameriklik olimlar L.R.Sherrod va O.G.Brim insonning hayot yo‗li 
haqidagi tasavvurlarini quyidagi shaklda taqdim etishadi:
1.
Rivojlanish jarayoni ham, uning natijasi ham plyuralistik 
hisoblanadi: u ikkalasi bir tomonlama bo‗lmay, yakuniy natija ham bir xil 
bo‗lmaydi.
2.
Rivojlanish homila davridan to o‗limgacha davom etib, uning 
plastiklik va o‗zgarishga bo‗lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib 
qoladi. Rivojlanishning turli jarayonlari hayotning turli vaqtida boshlanishi
davom etishi va tugashi mumkin. Turli jabhalardagi rivojlanish albatta, 
o‗xshash traektoriya yoki qonuniyatga ega bo‗lishi shart emas
55
.
3.
Turli insonlardagi
rivojlanish bir xilda kechmaydi.
Individlararo farqlar o‗z ichiga jinsiy, sotsial-sinfiy va boshqa 
xususiyatlar kabi biosotsial jarayonlar differensiatsiyasini olishi mumkin.
4.
Rivojlanish turli hayot faoliyati sohalari omillari tomonidan 
boshqarilishi va bu sohalar o‗zaro bog‗liq bo‗lishi mumkin: ular bitta-
yagona ta‘sit tizimiga kirmaydi. Masalan, biologiya (rivojlanish yetilishning 
sodda jarayoni emas) yoki muhit (rivojlanish tarbiya va ta‘limning sodda 
jarayoni emas).
Hayotiy jarayonlar va perspektivalarning tizimli talqini – bu hayotiy reja 
bo‗lib, u o‗zida hayot strategiyasini namoyon etadi. Hayotiy taktikalar 
jamlanmasi hayot ssenariysini yaratadi. Hayot yo‗lini yaratish jarayonini 
tushuntirishning ikki yondashuvi mavjud bo‗lib, ulardan biri rejalashtirish, 
ikkinchisi ssenariy talqinidir.
Birinchi yondashuvni S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev va boshqa olimlar 
o‗z ishlarida ko‗rsatishgan bo‗lib, unga ko‗ra, shaxs ongli ravishda hayot 
jarayonini tanlaydi va boshqaradi. Bunda boladagi hayot yo‗li maqsadlari va 
tizimlari haqidagi qarashlarning shakllanishida otaonaning roli muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. S.L.Rubinshteynning fikricha, ―shaxs hayotga 
bo‗lgan munosabatini o‗zi belgilaydi‖.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers, 
E. Bern 
va b.) 
shaxs hayot rejasini va hayot ssenariysini ongsiz ravishda tanlaydi va bu 
jarayon bola umrining dastlabki yillarida sodir bo‗ladi deb hisoblashadi
56

Ularning konsepsiyasiga ko‗ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va 
uni tasavvurlar va hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‗riladi. Hayot 
ssenariysi esa shaxs hayot bo‗shlig‗ini cheklovchi hamda tizimlashtiruvchi, 
sekin-astalik bilan kengayuvchi hayotiy reja hisoblanadi. Hayot ssenariysini 
tanlashga ta‘sir qiluvchi omillar sifatida bolaning oilada tug‗ilish tartibi, ota-
ona, buva va buvisining ta‘siri (ularning xaddi-harakatlari, beradigan bahosi, 
55
Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 224
56
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 553-593.


223
emotsional qo‗lab-quvvatlashi yoki deprivatsiyasi va b.), bola tomonidan o‗z 
ismi va familiyasining qabul qilinishi, tasodifiy ekstremal holatlar va 
boshqalarni misol keltirish mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish