SUVGA CHO„KKANDA BIRINCHI YORDAM
KO„RSATISH
Cho'kkanlarga qanday yordam beriladi? Cho‘kish uch turga bo'linadi.
Birinchi toifa cho‗kish (ho‗1) va (quruq) hamda ikkinchi toifa cho‗kishdan
iborat. Cho'kishlardan tashqari turli jarohatlar olish, yurak xastaligi, miya
faoliyati buzulishi tufayli sodir bo'ladigan o‘lim holatlari ham mavjud.
Birlamchi cho'kish qanday bo‘ladi? Birlamchi cho'kish suvda ro‗y
beradigan baxtsiz hodisalarning ko‗p uchraydigan turlaridan biri. Bunda suv
nafas yo‗liga va o'pkaga kiradi, so‗ngra qonga quyiladi. Jabrlanuvchi
chuchuk suvda cho‗kkanda, qonning suv bilan aralashuvi tez sodir bo‘ladi,
natijada qonning umumiy miqdori ko‗payadi, eritrotsitlar yemiriladi,
organizmdagi tuzlar mutanosibligi buziladi. Oqibatda qondagi kislorod
miqdori keskin kamayadi. Cho'kuvchini qutqarilgandan so'ng umga birinchi
yordam ko‗rsatilgach, ko‗pincha o‗pka shishib ketishi kuzatiladi. Bunda
og‗izdan qonli ko‗pik keladi. Dengiz suviga cho‗kish chuchuk suvga
cho‗kishdan farq qiladi. Dengiz suvidagi tuz konsentratsiyasi inson qonidagi
plazmalarga nisbatan ko'proq, shuning uchun cho‘kkan odamning qonidagi
111
tuzlar ko'payib boradi va qonning quyuqlashishi rivojlanadi. Inson dengiz
suviga haqiqiy cho'kkanda o‗pka tezlikda shishib, og‘izdan oq ko‗pik chiqish
boshlanadi.
Ikkilamchi cho'kish. Jarblanuvchining sovuq suvda cho'kishi yoki
tushib qolishi yurak to‗xtab qolish holati (sovuq shok) ikkilamchi cho‘kish
darajasini anglatadi. Buning asosida nafas olish bo‗g‗iziga yoki quloqning
nog‗ora pardasiga zarar yetkazuvchi reflektorli reaksiya mavjud. Ikkilamchi
cho‗kish uchun periferik tomirlarning tortilishi xos. O‗pka shishishi
kuzatilmaydi.
Tezkor yordam ko‗rsatish. Birinchi navbatda jabrlanuvchini tezlik
bilan suvdan chiqarib olish lozim. Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, suvning
o‗zidayoq og'izdan burunga sun‘iy nafas usulini qo‘llash kerak, biroq buni
faqat maxsus tayyorgarlik ko‗rgan kuchli qutqaruvchilargina amalga oshira
olishadi. Sun‘iy nafas berish quyidagi tarzda o‗tkaziladi: jabrlanuvchining
orqa yonboshida turgan holda o‗zingizning o‗ng qo‘lingizni
jabrlanuvchining o‗ng qo‗li ostiga o‗tkazasiz. O‗ng kaftingiz bilan jabr-
lanuvchini og‗zini yopib, shu bilan bir vaqtda uning engagini yuqoriga va
oldinga cho‗zishga harakat qilasiz.
Cho‗kuvchi suvdan qirg'oqqa yoki qayiqqa chiqarilib olingach, sun‘iy
nafas oldirish davom ettiriladi, buning uchun iloji bo‘lsa havo yuborish
moslamasidan foydalaniladi. Agar uyqu arteriyasida puls bo‘lmasa va yurak
urishi eshitilmayotgan bo‘lsa, yurakni to‗g‗ridan to‗g‗ri massaj qilib
bo‗lmaydi. O
`
pkadagi hamma suvni chiqarib tashlashga ham harakat qilish
kerak emas. Haqiqiy cho‗kkanlar tezda qorni bilan yotqiziladi va ko'krak
qafasi ustining yon yuzasiga keskin bosiladi (10-15 soniya), shundan keyin u
orqa tomoni bilan yotqiziladi. Og`iz bo‗shlig‗i har qanday mato o‗ralgan
barmoq bilan tozalaniladi. Agar bemor jag`larini qattiq qisib olgan bo'lsa,
barmoqlar pastki jag'ining burchagiga bosiladi. Og'iz bo‗shlig‗ini elektr yoki
oyoq yordamida ishlatiladigan so‗rg'ich bilan tozalash mumkin, biroq o‗pka
shishganligi alomatlari bo'lgan taqdirda og'izdagi ko‗pikni so‗rib olish kerak
emas.
Qutqaruvchi jabrlanuvchining yonboshida bo'lishi kerak va shu
holatda bir qo‗li bilan boshini ushlab kafti bilan peshonasini, boshqa qo‗li
bilan engagini bosib og‗zini oson ochadi. Bunda pastki jag‗ni oldinga
chiqarish kerak emas. Qutqaruvchi chuqur nafas olganicha bemorning
og‗ziga lablarini jipslaydi va keskin nafas chiqaradi. Bu bilan bir vaqtda
bemor peshonasiga qo‗yilgan qo‘lining bosh va ko‗rsatkich barmoqlari bilan
uning burni siqiladi, shunda yuborilgan havo burun orqali chiliiqib
ketmaydi.
112
Agar jabrlanuvchining og'zini ochishning iloji bolmasa yoki og‗iz
narsalar bilan band bo‘lsa, jabrlanuvchi og‗zini kaft bilan yopib turib, burni
orqali havo yo‘llasa ham bo‗ladi. Sun‘iy nafas o'tkazish chastotasi bir
daqiqada 12-16 marta nafas yo‘llashdan iborat bo‗lishi kerak.
Ba‘zan cho‗kuvchilarning nafas yo'llarida yirik yot jismlar turib qolib,
berkitib qo'yadi, oqibatda nafas yo‗li berkilib qoladi yoki tovush teshiklarida
qattiq taranglashish boshlanadi. Bunday holatda nafas o‗tadigan tomoqni
kesish kerak boladi.
Bemor qutqaruv stansiyasiga yetkazilganidan keyin ham, hatto u o‗zi
nafas ola boshlagan, biroq shishganligi alomatlari bo'lgan taqdirda
jabrlanuvchiga nisbatan jonlantirish choralari (asosan, sun‘iy nafas oldirish)
davom ettiriladi.
Agar jabrlanuvchining nafas olish ritmida buzilish mavjud bo‗lsa
(ya‘ni nafas olish tezligi bir daqiqada 40 martadan ko‗p bo‗lib, terisi keskin
ko‗karib ketgan bo‗lsa) sun‘iy nafas oldirish davom ettiriladi. Agar nafas
olish bir maromga tushib qolgan bo'lsa, bemorga nashatir spitri hidlatish
kerak.
Jabrlanuvchi behuzur bo‗la boshlasa, terisini ishqalash, issiq, quruq
odeyalga o‗rab qo‗yish kerak. Hushdan ketish boshlanganda yoki hushi
joyida bo‘lmasa greylka qo‗yish mumkin emas. Nafas olish buzilgan va
o‗pka shishgan bo‗lsa, traxeya teshiladi (intubatsiya qilinadi) va bemorning
o'pkasi sun‘iy ventelyatsiya qilish aparatiga ulanadi.
O‗pkani sun‘iy ventelyatsiya qilishni muddatidan oldin to'xtatish
xavfli. Hatto mustaqil nafas olish harakatlari paydo bo‘lishi ham, ayniqsa,
o‗pkada shish bo‘lgan taqdirda normal nafas olish tiklanganligini
bildirmaydi.
Chuchuk suvga cho‗kkan bemorlarning agar terisi ko‗karib, bo'ynidagi
vena tomirlari shishib ketgan bo‗lsa, kasalxona sharoitida qonni chiqarib
yuborish tadbiri amalga oshiriladi. Eritrotsitlar nobud bo'lishi namoyon
bo‘lganda venaga plazma yuboriladi. Shishishni kamaytirish uchun laziksga
o'xshagan siydik haydovchi vositalar qo'llaniladi.
Organizmda oqsil darajasi kamayib ketganda albumin konsentratsiyasi
quyiladi. Arterial gipertenziya holatida o‗pka shishishi kuchaysa tomirga
benzageksoniy shuningdek, ko‗p miqdorda gormonlar (gidrokortizon yoki
prednizolon) qo'llaniladi. Og'ir turdagi cho'kish holatlarida jabrlanuvchini
jonlantirish (reanimatsiya) bo'limiga olib borish kerak. Bemorni eltish
vaqtida ham o'pkani sun‘iy ventilyatsiya qilish davom ettiriladi, bemorni
zambilga olish vaqtida uni yonboshlatib, boshini osiltirib qo‗yish kerak.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |