ки п
t
**
20
макс
С
,
mg/m
3
LC
50
,
mg/m
3
PDK,
mg/m
3
KVIO Xavflilik
sinfi
Xlor
-34,0
19640000
360
1,0
54560 Favqulodda
xavfli
Ammiak
-33,0
5800000
4500
20,0
1290
Favqulodda
xavfli
Oltingugurt
angidrid
-10,1
8390000
1580
10,0
5310
Favqulodda
xavfli
Fosgen
8,2
6400000
100
0,5
64000 Favqulodda
xavfli
Etilen oksidi 10,7
11985000
1500
1,0
1320
Favqulodda
xavfli
Ftorli
vodorod
19,9
1875000
400
0,5
400
Favqulodda
xavfli
Oltingugurt
uglerod
46,0
1255000
30000 1,0
72
Favqulodda
xavfli
Sinil
kislotasi
26,0
952000
50
0,3
50
Favqulodda
xavfli
*
0
ки п
t
- qaynash harorati;
43
**
20
макс
С
- gazning maksimal konsentratsiyasi.
Bularga asosan o‗lat, xolera, sibir kuydirgisi, botulizm va boshqa-
lar kiradi.
O‗lat kasalida, odam juda ko‗p terlaydi, yo‗taladi, yuqori harorat
beradi va ko‗krak qismlari og‗rib, umumiy kuchi va xayoli yo‗qoladi va
tez kunda o‗limga olib boradi.
Xolera-kasalligida, xolera vibrioni natijasida, ich ketishi, qayt
qilishi va tomirlarning tortishi yuz beradi. Odam juda tez oriqlaydi,
harorati 35,1
0
S ga pasayadi va tez kunda o‗limga olib boradi.
Sibir kuydirgisi – terida, nafas yo‗llarida va oshqozonda bo‗lib, un-
da avvalo dog‗ paydo bo‗ladi, so‗ng pufakchaga aylanadi va uning ichi-
da qonli suyuqlik yig‗ila boshlaydi. Tez orada pufakcha yorilib yara
bo‗ladi, yara qora bo‗lib atrofida qoramtir shishlar bo‗ladi. Bunda
xarakterli tomon shundaki, odam hech qanday og‗riq sezmaydi.
Botulizm – bu toksinlar bilan zaharlanganda paydo bo‗ladigan ka-
sallik bo‗lib, ko‗p holda o‗limga olib boradi.
Ko‗p holda yuqorida keltirilgan ommaviy qirg‗in qurollari
kompleks ravishda qo‗llanilishi mumkin.
Biologik, terroristik aktlarni sodir etilishi ehtimoli ham mavjud.
Ular tomonidan ishlatiladigan biologik vositalar tavsifi 3.3 jadvalda kel-
tirilgan.
3.3- Jadval
Bioterrorizmni ehtimolli biologik vositalari tavsifi
Baholash
mezonlari
BV guruhi
BV turlari
Inkubatsiya
davri
Tez ta‘sir
etuvchi
Zaharli botulizm
Sekin ta‘sir
etuvchi
O‗lat, sibir yarasi, tulyameriya,
venesuella
ensefalomisliti,
sariq
lixoradka, melioidoz
Keyin ta‘sir
etuvchi
Brutsellez, tif, ospa, ku lixorodka
Talofat og‗irligi
Halok
ettiruvchi ta‘sir
O‗lat, sibir yarasi, sariq lixoradka,
ospa, botulizm
Faoliyatni
vaqtinchalik
to‗xtatadigan
Venesuella
ensefalomisliti,
tulyaremiya,
brutsellez,
ku
lixoradka, melioidoz
Kontagioz
O‗lat, ospa
44
Yuqumliligi
Nokontagioz
Sibir
yarasi,
tulyaremiya,
ku
lixoradka,
brutsellez,
botulizm,
melioidoz
Qo‗zg‗atuvchini
tashqi muhitga
chidamliligi
Chidamsiz
O‗lat, venesuella ensefalomislit,
sariq lixoradka, botulizm
Nisbatan
chidamli
Melioidoz, brutsellez, tulyaremiya,
tif, ospa
Yuqori
chidamli
Sibir yarasi, ku lixoradka
Agarda, urush bo‗lib, unda ommaviy qirg‗in qurollari qo‗llanilsa,
bu urush ommaviy qirg‗in urush bo‗lib, juda kichik muddatda millionlab
begunoh odamlar o‗lishi mumkin. Ayniqsa, bu urushda na front bo‗ladi,
noaniq dushman joyi bo‗ladi, chunki yuqorida ko‗rsatilganidek urush
qurollari havoda ham, suvda ham hattoki er ostida ham,yer shari va che-
gara bilmas osmonning xohlagan erida bo‗lishi mumkin. Shuning uchun,
bunday urushda nafaqat qurolli kuchlari, balki tinch aholi, ular yashab
turgan hududlar butkul vayronaga aylanishi mumkin.
Agarda bu urushda tezlik bilan fuqaro muhofazasi tashkil etilmasa,
juda ko‗p aholi, ayniqsa aholi zich yashayotgan hududlarda juda ko‗p
odamlar o‗lishi, talofat ko‗rishi mumkin. Xuddi shunday, katta talofat
sanoatli shaharlarda, siyosiy-ma‘muriy va madaniy markazlarda bo‗lishi
mumkin.
Qishloq xo‗jalik rayonlarida radioaktiv qoldiqlar, zaharlovchi
moddalar va bakteriologik infeksiya tarqatuvchi turli mikroblar
tarqalishi mumkin.
Shuning uchun, bo‗lajak raketa-yadroviy, kimyoviy, bakteriologik
urushida kamroq talofat ko‗rish maqsadida, hududimizning barcha
yerlarida FM ni tashkillashtirish lozim bo‗ladi. Shulardan kelib chiqqan
holda, fuqaro muhofazasi, bu umum davlat muhofaza ishlari bo‗lib,
tinchlik paytida ham davlatimiz bunga katta e‘tibor berayapti.
Bunda aholini ommaviy qirg‗in qurollaridan himoya qilishda, max-
sus ishlar olib borilishi, maxsus qurilmalar qurilishi, xalq xo‗jaligi ob‘-
yektlari ishini harbiy holat vaqtida mustahkam ishlashni ta‘minlash, turli
muhandis-texnikaviy tashkiliy ishlarni bajarish kerak bo‗ladi. Chunki bu
bilan ommaviy qirg‗in urush ta‘sirini maksimal darajada kamaytirish,
dushmanning hujumidan kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish sharo-
itini yaratish lozim bo‗ladi.
45
Umumiy urush o‗chog‗ida va talofat zonalarida zudlik bilan qutqa-
ruv, avariya-tiklash ishlarini olib borish, fuqaro muhofazasi ishlarining
asosiylaridan hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarish hududlari prinsipi bo‗yicha
tuziladi, bunda xalq xo‗jaligining har bir ob‘yekti bo‗yicha ham, alohida
tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Xalq xo‗jaligi ob‘yektlarining turlariga, xarakteriga qarab muho-
faza: aloqa va axborotlash, tibbiy radiatsiyaga qarshi va kimyoviy hi-
moya, jamoa tartibini saqlash, yong‗inga qarshi, energiya ta‘minoti va
svetomoskirovka, avariya-texnikaviy, yashirinish joylari, transport va
moddiy-texnikaviy ta‘minot va boshqalarni bajaradi.
Xabar berish va aloqa xizmatlari mavjudki, ular aloqa tashkilotlari
qoshida tashkil etiladi, unga zamonaviy xabar berish vositalari qo‗llash
yo‗li bilan doimiy tayyorgarlikda turish zimmasi yuklatiladi.
Tibbiyot xizmati sog‗liqni saqlash punktlari, poliklinikalari qoshi-
da tashkil etilib uning boshlig‗i etib bosh vrachlar tayinlanadi.
Radiatsiyaga va kimyoviy hujumiga qarshi xizmatda, asosan inson,
ovqatlanish bloklarini, omborxonalarini va h.k. radiatsiyaning va
kimyoviy zaharlardan saqlanish ishlarini olib borishda xalq posbonlari
va turli jamoa tatibini saqlash xodimlari yordamida, ob‘yektlarni qo‗riq-
lash, jamoat tartibini saqlash ishlarini bajarsada yong‗inga qarshi xizmat,
shu tizim xodimlari doimo yong‗inni bartaraf etish uchun tayyor
bo‗lishlari talab etiladi. Xuddi shuningdek, barcha boshqa xizmatlar ham
fuqarolarni muhofazasi ishlarida tayyor bo‗lishlari kerak.
Buning uchun maxsus favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi
kuchlari tashkil etiladi.
Bu kuchlar, umumiy va fuqaro muhofazasi xizmatiga bo‗linadi.
Umumiy xizmat qutqaruv va avariya tiklash ishlarini bajarsa,
fuqaro muhofazasi kuchlari esa maxsus belgilangan ishlarni bajaradi.
Terrorizm muammosi bilan to‗qnash kelgan xalqlar, xususan
inglizlar shunday deyishadi: «Biz ushbu hol yuz berishi mumkinligini
bilamiz, bunga har daqiqada tayyormiz. Shunchalik tayyormizki, bu
xaqda o‗ylamay ham qo‗ydik. Bunday hol istalgan daqiqada yuz berishi
mumkinligi to‗g‗risidagi bilimlar hayot kechirishimizga xalaqit
bermasligi
lozim.
Aksincha,
sarosimaga
tushishimizga
yo‗l
qo‗yilmasligi zarur».
Agar bundan bir necha yillar oldin terrorchilar tomonidan portlatil-
gan uy-joy binolari, metroda ular tomonidan qo‗llanilgan zaharlovchi
moddalar, garovga olin ganlar va h.k. to‗g‗risida faqat kinolarda ko‗rgan
46
yoki ommaviy axborot vositalarida o‗qigan bo‗lsak, endilikda bunday
hodisalar bilan O‗zbekistonda ham to‗qnash kela boshladik. Afsuski,
shunday vaziyatlar yuzaga kelmoqdaki, terrorchilik harakatlari sodir
etilgan zonada qolmasligimizga kafolat yo‗q. Shu sababli bu kabi favqu-
lodda vaziyatlarda o‗zini tutish qoidalarini bilib qo‗ysak zarar qilmaydi.
Hayotimizda uchrashi mumkin bo‗lgan barcha holatlarga tavsiya berish-
ning iloji yo‗q, albatta. Ammo, ayrim maslahatlarimiz asqotib qolishi
mumkin.
Biz XXI asr ekstremistlarining har bir chiqishiga tayyor turmog‗i-
miz zarur. Bu bizning kelajak avlodlar hayoti haqqi-hurmati tiriklar va
qurbon bo‗lganlar oldidagi burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |