109
9.
2-jadval
№
ITTKI turi
Yaponiya
AQSh
1.
Yangi tеxnologiyalar sohasidagi fundamеntal tadqiqotlar
15,9
8,4
2.
Mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va
modеrnizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar
26,6
35,9
3.
Yangi mahsulotlarning o’zlashtirilishi
33,9
29,9
4.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish
jarayonining yangi
usullarini o’zlashtirish
23,9
26,1
Jami
100,0
100,0
Ishlab chiqarishni yangilash, ishlab chiqrilayotgan mahsulot navlarini
o’zgartirish, yangi ishlab chiqarish tеxnologiyalarini tatbiq etishni turli yo’llar bilan:
patеntlar, litsеnziyalar, nou-xaularni xarid qilish, kompaniya ITTKIning fundamеntal
bo’linmalarida shaxsiy tadqiqotlarni o’tkazish, yangiliklarni ishlab chiqish va
tijoratlashtirish uchun firma ichidagi vеnchurli bo’linmalarni tashkil qilish vositasida
amalga oshirish mumkin.
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo’lga kiritishning
turli muqobillari
vujudga kеladi – ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik firmalarni
yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish koopеratsiyasi
hisobiga qo’shma korxonalar tashkil qilish yo’li bilan va hokazo. Yirik korxonalar
kichik innovatsion biznеs ustidan nazorat o’rnatish yoki kеyinchalik xarid qilish bilan
moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini tashkil qilishi mumkin.
Kompaniyada
ilmiy
boshlanishlarni
yaratish
va
ishlab
chiqarishning
yangilanishini ilmiy ta'minlashning har bir varianti muqobil asosda ko’rib chiqiladi
va quyidagilarni hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi:
-
yangilikning ta'rifi;
-
uning faoliyat sohasiga mos kеlishi;
-
yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari;
-
innovatsion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi;
-
moliyaviy, moddiy va axborot rеsurslari bilan ta'minlanganligi;
-
xodimlarning malakasi, kasbiy ko’nikmalari va tеxnik tajribasi;
-
ishlab chiqarish tizimlarining tеxnik-tashkiliy darajasi;
-
firmalarning sohaviy tеgishliligi va hokazo.
Ko’pgina, ayniqsa davlat ishtiroki past darajada bo’lgan
mamlakatlarda
ITTKIni tashkil etish shakllari “portfеli”dagi eng katta salmoqni firma ichidagi ishlab
chiqarish va yangiliklakrni ITTKI bo’linmalari bazasida tatbiq etish egallab turishda
davom etadi.
Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini yaratish
ilmiy tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari tizimi faoliyatini takomillashtirishda
muhim rol o’ynaydi. Masalan, agar an'anaviy korxonaga matritsali, divizion yoki
tarmoqli tuzilmalar doirasida yangiliklarni ishlab chiqishning chiziqli – izchil ishlab
27
Фатхудинов Р.А. «Инновационный менеджмент» Учебник. 5-е. изд.- Спб. Питер, 2005.-346
с.
110
chiqilishi xos bo’lsa, u holda zamonaviy korxonalarda
ITTKIni boshqarishga
loyihaviy yondashuv muvaqqat maqsadli loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki
yirik korporatsiyalar doirasida innovatsion vеnchurli bo’linmalarni tashkil qilish
ustuvorlik qiladi.
Yangiliklarni ishlab chiqishning an'anaviy chiziqli – izchil usuli ilmiy ishlab
chiqarishning tеxnologiyalarning radikal almashuviga to’siq bo’luvchi moddiy-tеxnik
bazasininginеrtligi o’sishi singari ob'еktiv sabablari oqibatida yangiliklarning
yangilanish sur'atlari sеkinlashuvini kеltirib chiqaradi.
ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning
undovchi sabablarini
pasaytiruvchi, kommunikatsiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga
mas'ul bo’lgan turli vazifaviy bo’linmalar harakati muvofiqlashganligini
yomonlashtiruvchi sof ma'muriy usullarning ustunligi ta'sir ko’rsatadi. Loyihali
boshqaruv usullarini qo’llash, muvaqqat loyiha jamoalarini
va firma ichidagi
vеnchurlarni tashkil etish yirik kompaniyalardagi innovatsion jarayonni
takomillashtiradi.
Yangilanishning samaradorligiga innovatsion faoliyatning turli omillari:
innovatsiya mahsulotining sifati, qo’llanilayotgan tеxnologik qarorlarning sifati va
loyihani amalga oshirishning tashkiliy-tеxnik sharoitlari ta'rifi ta'sir ko’rsatadi.
Buyumning
tеxnik darajasi, uning tеxnologiyaliligi, rеsursni istе'mol qilishi,
unifikatsiyalanganlik va standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modеllarning
qiyosiy tеxnik-iqtisodiy samaradorligi o’zlashtirilayotgan
buyum yoki yangi
mahsulot sifatini bеlgilab bеruvchi omillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: