O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Bolani oilaga tarbiya (patronat)ga berish qaysi bolalar uchun qo’llanilishi mumkin?



Download 0,59 Mb.
bet100/123
Sana17.10.2022
Hajmi0,59 Mb.
#853700
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123
Bog'liq
1db041e0553149ee426921515e5d3bf8 МАЖМУА БОЛАЛАР ВА ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ

3. Bolani oilaga tarbiya (patronat)ga berish qaysi bolalar uchun qo’llanilishi mumkin? Vasiylik va homiylik organi mutaxassisi unutmasligi lozimki, har qanday ijtimoiy mavqyedagi bolalarni ham oilaga tarbiya (patronat)ga berilishini rasmiylashtirib bo’lmaydi. Bunda qo’llanmamizning 1-bandida keltirilgan huquqiynormativ hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
O’rnatilgan qonun normalariga binoan oilaga tarbiya (patronat)ga faqatgina yetim va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar joylashtirilishi mumkin.
Oilaga tarbiya (patronat)ga quyidagi bolalargina joylashtirilishi mumkin:
- yetim bolalar;
- “ijtimoiy yetim”, ya’ni ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar ijtimoiy mavqyeiga ega bolalarning ijtimoiy vaziyati qo’llanmamizning 1.5-sonli “Yetim yoki ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolaning ijtimoiy mavke’ini belgilash bo’yicha yo’riqnoma” bandida izohi keltirilgan. Bunda bolaning ijtimoiy mavqyei albatta ota-onasining yoki bolaning ijtimoiy vaziyatini aks ettiruvchi tegishli hujjatlar (ota-onaning o’limi, ularning ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, muomala layoqati cheklanganligi; bolaning topib olinganligi/tashlab ketilganligi, ota-onaning voz kechgani, ularning jazoni o’tash muassasalarida ekanligi va sh.k.) bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Ota-onalarning mehnat migrasiyasida ekanligi yoki oilaning kam ta’minlanganligi sababli ularning farzandlarini patronatga joylashtirib bo’lmaydi.
Aksariyat holatlarda vasiylik va homiylik organlari “yetim va ijtimoiy yetim mavqyeidagi bolani oilaga tarbiya (patronat)ga berayotganda kimlarni nomzod shaxslar sifatida nazarda tutish kerak?” kabi savolga aniqlik kiritishda qiynaladilar. Bunda albatta bolaning eng yaxshi manfaatlarini ko’zda tutgan holda hamda bolaning o’z ijtimoiy muhiti (qarindoshlari va tanishlari davrasi)dan ajratilishini oldini olishga qaratilgan yondashuv nuqtai nazaridan qaraganlari ma’qul.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha oilaga tarbiya (patronat)ga berilish amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, bunday oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning deyarli 90 %i shu oilaning jiyani, nevarasi, ya’ni qarindoshi hisoblanadi. Bu albatta quvonarli holat. Chunki bu holatda turli hayotiy sabablar tufayli ota-onasi mehri va g’amxo’rligidan bebahra qolgan bolalar o’z yaqin qarindoshlari e’tibori ostida bo’ladilar. Bu esa bolaning o’zi o’rgangan oilaviy muhiti, insonlaridan uzoqlashmasdan, qarindoshchilik munosabatlarini davom ettirishiga yordam beradi. Bu, o’z navbatida, bolaning shaxsiy mansubligi qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash deganidir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, bolaning yaqin qarindoshi (xola, tog’a, amma, amaki, buvi va buva)larga berilishi ustuvor ahamiyatga ega. Lekin bu begona insonlarga berishga yo’l qo’yilmaydi, degani emas. Bolaning ixtiyori hamdatarbiyaga olish istagini bildirgan har qanday inson bolani oilaga tarbiya (patronat)ga olishi mumkin.
“Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo’lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
- sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
- qonun bilan o’z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
- o’z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo’yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo’lganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo’lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo’lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;
- qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
- sog’lig’ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar”6.
Vasiylik va homiylik organi bolani oilaga tarbiya (patrlonat)ga berish bo’yicha choralarni ko’rayotganda ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki farzandidan voz kechgan ota-onalardan qonunda o’rnatilgan tartibda aliment undirish masalalarini ham ko’rishi lozim.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish