Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi.
Insonni har tamonlama tarbiyalash insoniyatni azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insoning ma’rifatli va ma’naviy komilligiga erishish pedagogika faning etakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. “Pedagogika” grekcha so‘z bo‘lib, “peydogogos”- “bola etaklovchi” ma’nosini anglatadi. Insonlarni ma’naviy va ma’rifiy barkamollikka munosabatlarining o‘zgarib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. SHu tariqa insonni tarbiyalovchi-fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatorida alohida o‘rin egalladi.Pedagogikaning bosh masalasi-tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir.
Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviy maf ko`rani shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va usullarini o‘rgatuvchi xodisalar doirasidagi fandir. Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.Pedagogikaning nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon ma’rifatparvar mutafakkir olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o‘qitishning qonun-qoida va tamoyillariining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.Pedagogikaning milliy asosi ta’lim-tarbiya muammolarini har bir millatning milliy merosi bilan birga umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘langan holda amalga oshirishdir.
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
Kelajak bugundan boshlanadi – deydi dono xalqimiz. YOsh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko‘rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning qay maqsadga yo‘naltirib, kelib chiqadigan muhim vazifalarni bajarishga bog‘liq. Pedagogika fanining maqsadi tarbiyachi-o‘qituvchilarning ongli faoliyatida o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, uning o‘z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, tanlangan vosita va usullarning qo‘llanishi natijasini ko‘ra bilish kabi tarbiyachilik san’atini o‘rgatishga qaratilgan.
Pedagogika fanining maqsadi:
-Respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal etish;
-ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondoshish;
-umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy maf ko`rani shakllantirib borish imkonini yaratish;
-pedagogika - tarbiyashunoslik qoida-qonunlarini ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
-bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni voyaga etkazish masalalari;
-uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish.
Pedagogika fanining vazifalari:
-Sharq va G‘arb xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedogog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib komil inson tarbiyalash jarayonini o‘rganish;
-komil inson tarkib toptirishning qonuniyat-qoida va zarur sifatlarini aniqlash;
-pedagogika – tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedogogik texnologiya qonunlariga amal qilish;
-ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
-xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib-bo‘lajak o‘qituvchilarni qayta tayyorlash muammolarini hal qilish.
Pedagogikaning metodologik asosi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Olloh eru osmonni yaratib insonni er yo`zi ga o‘zidan xalifa etib yaratdi. O‘zining mavjudligi har bir ishga qodirligini , ilmda tengsizligini , mehru-muruvvatda beqiyosligini bildirdi. Islomda ilm berishda bir biriga bog‘liq bo‘lgan din va dunyo haqida tushuncha mavjud, ular alohida tushunchalar emasligi isbotlangan. Dunyoviy deb ataladigan ilmlarning barchasi Qur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liqdir. SHuni ta’kidlamoq kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida rivojlangan. Qur’onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. G‘arb faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimov bu borada shunday degan edi:
“O‘zbekistonning yangilanish va rivojlanish yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqli-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
vatanparvarlik”.
O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda pedagogika fani metodologiya asoslari unga bevosita bog‘langan holda har bir pedagogik masalalarga ijodiy, rivojlantiruvchi nuqtai nazardan yondashish zarurdir.
Pedagogik tushunchalar.
Pedagogika fanida bir biriga uzviy bog‘langan quyidagi tushunchalar mavjud: Tarbiya, ta’lim, ma’lumot. Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisadir. Tarbiya jismoniy barkamollik, yaxshini yomondan farqlash, yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib avloddan avlodga vorislik vazifasini bajargan, lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruriyatidan kelib chiqib yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, yozma yodgorliklari, pandnomalarda, ma’rifatparvarlarning asarlarida bosh mavzu bo‘lib komil inson uchun zaruriy xodisa sifatida talqin etilgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya bosh masala sifatida tavsiflangan. Tarbiya va odob, vatanga cheksiz muhabbat, adolat, insof, adolatsizlik, botirlik, qo‘rqoqlik, mehnatsevarlik, bilimdonlik kabi g‘oyalar tarbiya vositasi hamdir.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining milliy pedagogika fanida tarbiya-inson muammolari, ajdodlarimiz g‘oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb hisoblanadi:
- tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli ta’sir etuvchi mahsul bo‘lib, natijasini insonninig yashab turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi;
- inson kamolotining xarakterlovchi kuch o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon bo‘ladi;
- inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va xodisalarga qiziqishini uyg‘otish va uni e’tiqodga aylantirish;
- tarbiya jarayoni yoshlarni kattalar bilan, kattalarni yoshlar bilan qonuniy munosabati natijasida amalga oshiriladi.
Ta’lim tarbiya bir biriga uzviy bog‘langan jarayon bo‘lganligi sababli tarbiyalangan komil insonning aqliy kamolotiga tartibli ta’sir ko‘rsatish orqali bilimli, barkamol inson bo‘lib voyaga etadi. Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga chiqaruvchi pedagogika-tarbiyashunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning didaktika qismi uni atroflicha o‘rganadi.
Pedagogik ma’lumot o‘rta va oliy darajali bo‘lib, o‘rta ma’lumot maxsus akademik litsey pedagogik kollejlarda bosqichli shaklda beriladi. Natijada o‘rta ma’lumot haqidagi o‘qish davrida olgan mutaxassisligi haqida guvohnoma beriladi. Oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar universitetlarda, pedagogika institutlarida, bakalavriyat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi.
Pedagogika fanlari tizimi.
Pedagogika fani komil insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo‘lgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbaalari bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda pedagogikaning ko‘p fanlar bilan aloqadorligi bilan ulug‘dir.
Pedagogika fanlar tizimida etnopedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, ahloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, xarbiy pedagogika, maxsus pedagogika, kar, soqov (surdo) pedagogika, ko‘rlar (tiflo) pedagogika, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, pedagogik maxorat kiradi.
Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganlagi sababli unga hamma fanlar ko‘maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko‘rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o‘sha fanning qonuniyatlariga suyanadi.
Pedagogikaning metodik asosi, bilim nazariyasi va tarbiyadagi qonuniyatlari bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi. Bundan tashqari etika, estetika, ekologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fanidagi xalq ta’limi va bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigienasi, kabi fanlarning o‘rni kattadir. Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika, EHM kabi fanlar bilan bog‘lanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy pedagogika bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiriladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyoti va milliy istiqlol maf ko`rasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot xodisalarini bilish maqsadida hizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Adabiyotlarni o‘rganishjarayonidamilliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston yurtboshisi I. A. Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi to`zi ladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish ob’ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki xodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum ma’sul shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval to`zi b natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida interv’yu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. YOzma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarini ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik eksperiment. Bu metod yordamida ilmiy gepotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va labaratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va boshqalar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayoning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi.
Labaratoriya pedagogik eksperiment ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalarni aniq tekshirib borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi.
Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi:
Eksperimentni rivojlantirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash.
Rivojlantirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. SHarhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak:
Tekshiruvchilar soni va miqdorining optimal bo‘lishi;
Tadqiqot metodlarini ishonchli bo‘lishi;
Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda hisoblash-echish qurilmalari yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi – pedagogika xodisalari va faktlarini tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi – maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqotga kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli xissa qo‘shadi.
Anketa metodi – o‘quvchilardan so‘rash usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining ma’lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari – hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishi fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo‘llanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika o‘quv protsesida o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlardan kino, ovoz texnikasi, foto, televidinie singari texnika vositalaridan ham keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini aktivlashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o‘qituvchilar mehnatini ma’lum maqsadda engillashtiradi. Ko‘rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini, o‘quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Milliy dasturni maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatish va barqaror rivojlantirishining kafolatlarini ustivorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish pedagogik tadqiqotni asosini tashkil etadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash;
- o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o‘zlashtirilishini ta’minlash;
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi;
- yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi, insoniy qadr-qimmat, demokratik o‘zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo‘ladi. Ular o‘quv fanlari mazmunida uyg‘unlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |