Kafedra mudiri: dots.U.Rashidova
Mazkur modul Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti kengashining 2021 yil 28-avgustdagi 1-sonli yigʻilishida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan.
Kengash raisi: dots. S.O’roqov
M.Oʻ.
SamDU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori: __________prof. A.S.Soleev
1-Mavzu: Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, rivojlanish bosqichlari va ilmiy-nazariy, amaliy istiqbolni belgilash vazifalari.
Reja:
1.Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), ma’lumot, bilim, ko‘nikma va malakalar, rivojlanish.
Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogika fanining tarmoqlari. Pedagogikaning falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, meditsina va boshqa insonshunoslik fanlari bilan aloqasi. Pedagogika fanlari tizimi.
Asosiy pedagogik jarayonlar va ularning bir butunligi, pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari.
2.Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi. Nazariy tadqiqot metodlari qiyosiy-tarixiy, tahlil, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, modellashtirish va boshqalar. Amaliy tadqiqot metodlari, ilmiy kuzatish, suhbat, intervyu, so‘rovnoma, test, reyting, statistik tahlil, hujjatlar tahlili, ilmiy tajriba, ilmiy tajriba sinovi (tabiiy, laboratoriya, amaliy va boshqalar). Tajriba - sinov ishlari va ularni kuzatish metodikasi. Uzluksiz ta’lim tizimi. Ta’lim tizimi va turlari maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim. Davlat va nodavlat, pullik va bepul, tijorat va notijorat ta’lim muassasalari. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksiz va uzviyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishi; akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona yondashuv va tabaqalashtirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi.
“Ta’lim-insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqe imkoniyatlarini beradi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Odamlarga o‘zlari va dunyoni tushunishdagi bilimini oshiradi. Odamlardagi bag‘rikenglikni shakllantiradi. Yoshlarning hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga yordam beradi. Millatni rivojlantirishga yordam beradi” -deydi amerikalik pedagog olim A.Muur.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy biologik jarayon emas, balki u ma’lum qobiliyat kurtaklari bilan tug‘uladi. Lekin u inson shaxs sifatida oilada, shuningdek turli jamoalardagi faoliyat ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi.
Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkaol shaxni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Shu sababli ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi. Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika fanidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganishni tavozo etadi.Tarbiya-ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orqali avloddan-avlodlarga etkazganlar.
E. E. Bertel’s mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axloqiy barkamollik, shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan.Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orqali to‘g‘ri hayot kechirganligi madaniyat va san’at sohasida ham misli ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani qayd etilgan.Grek tarixchisi Gerodot (er. Av. V asr) “Tarix” kitobida yozishicha, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan xalqlari asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi-yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan. Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga aylangan. Qadimgi eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala boshlangan. Ana shu mehnat jarayonida bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar ortirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi.Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yashash uchun ko`rashishga tayyorlar, aql-idrokli, odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini keltirib chiqardi. Qadimgi odamlar tafakkurining ojizligi sababli o‘z aql-idroklariga ishonch hosil qilish uchun samoga sig‘ina boshlaganlar.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar mehnat jarayonida, borliqdagi narsalar va xodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashlari va aqidalariga tayanib xalq og‘zaki ijodi asarlarni yaratganlar. Ularning bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr va tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo‘lmish-“Avesto”da ifodalangan Mitra, Anaxita, Ardivissura, Varaxrana, Yima singari ma’buda va ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish, erlarni obod va serhosil qilish, ekin ekish, daraxtlarni o‘stirish uchun jamoa harakati xususidagi mulohazalarni mujassamlashtirganlar.Quldorlik tuzumi davrida va feodalizmning boshlarida yaratilgan “To‘maris”, “Shiroq”, “Er hubbi”, “Chistoniyali bek”, “Gershasb”, “Siyovush”, “Rustam” singari qator afsona va qahramonlik dostonlarida mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik, mustahkam e’tiqodlilik, el-yurt manfaati uchun fidoiylik kabi ijobiy fazilatlar tarannum etilgan va ana shunday fazilatlarga ega bo‘lish zarurligi haqidagi g‘oyalar targ‘ib va tashviq qilingan. Muhimi shuki, mazkur asarlarda insonni yoshligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiyalab, sabot-matonatli, xalq udumlariga, ajdodlar an’anasiga bo‘y sunadigan, axloqan pok qilib kamol toptirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalarining, shu jumladan “Siyovush”, “Zarina va Stringey”, “Sparstra” dostonlarining qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini mashhur sharqshunoslardan E. E. Bertel’s, S. P. Tolstov, I. S. Baraginskiy, V. Snesarev, professor N.M.Mallaev va boshqalarning asarlarida alohida ta’riflangan. Haqiqatdan, o‘zbek xalq pedagogikasining ilk kurtaklari mazkur manbalarda ko‘zga tashlanadi. Xalq pedagogikasidagi ta’lim va tarbiyaga doir fikrlar Markaziy Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak lirik she’rlar va qo‘shiqlarda yaxshi ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |