So’zlar soni
|
Respondentlar soni
|
Foizlar:
|
2760
|
12
|
76 %
|
Kutilganidek, talabalar pragmatik og’ishlar soni bo’yicha ko’proq natijani ko’rsatdilar. Quyida diagramma orqali foizlarda ko’ramiz:
Diagramma:
jadval:
respondentlar
|
So’zlar soni
|
Og’ishlar soni
|
O’qituvchilar
|
920
|
176
|
Talabalar
|
1840
|
198
|
2-diagramma:
III bob bo’yicha xulosa
Erishilgan natijalardan ko’rish mumkinki, diskursiv va pragmatik jihatdan yondoshilib yetarli bilim va tafakkursiz muqobil va to’g’ri matn tuza olish imkonsizdir. Shu sababli matn yaratilishida nafaqat nutqiy qobilyat balki kognitiv, pragmatik, madaniy bilimlar, psixologik faktorlar muhim o’rin tutadi.
XULOSA
Mavzu yuzasidan tadqiqot, matn - axborot almashish birligi va u asosan shu vazifani bajarish uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, uning mazmuni ham muloqot va axborot almashinuv kabi vazifalarning uyg'unligini taqozo etadi.
Odatda, matn kommunikativ-axborot tuzilishining ikki bosqichli hodisasi sifatida qaraladi. Bulardan birinchisi, matnning tema-rema qurilishi bo'lsa, ikkinchisi uning mazmuniy (mavzuviy) markazi yoki asosidir. Matn mazmunining dinamik (harakatdagi) va statik (turg'un holatdagi) qobiqlarini tashkil qiladi deb hisoblanib kelinayotgan bu ikki xususiyatni alohida, ayri holda o'rganish odat tusiga kirib qolgan. Buning sababini, bizningcha, qo'llanilayotgan tadqiq uslublarining nomutanosibligi bilan izohlash mumkin. Binobarin, gapdan yuqori birliklarning tema-rema qurilishi masalasi ushbu birliklardagi qismlarning o'zaro munosabatga kirishishi va shu munosabat asosida yagona yaxlitlikning tadrijiy shakllanish sharoitiga nisbatan o'rganilsa, mazmuniy markaz hodisasi esa shakllangan yaxlit tuzilma - matnga nisbatan qaraladi. Bundan tashqari, mazmuniy markaz aksariyat holatlarda matnning mavzusi, ya'ni tasvirlanayotgan voqelikdagi asosiy ob'ektning nomlanishi, xabar predmeti kabilar bilan bir xil hodisa sifatida qaraladi. Mazmuniy markaz va tema-rema tuzilishi munosabati ham bir tomonlama tavsiflanib kelinmoqda: matn mazmuniy markazining tavsifida uning tarkibidagi gap(lar)ning tematik jihatlariga ahamiyat berilib, rema tomoni esa nazardan chetda qolmoqda. Bunday holatda gap qurilishiga oid ayrim hodisalarga xos belgi-xususiyatlarning matn qurilishi tahliliga to'g'ridan-to'g'ri ko'chib qolish xavfining paydo bo'lishi muqarrardir.
Shunday qilib, matnning diskursiv, pragmatik, psixolingvistik xususiyatlarini har tomonlama, shu jumladan, kognitiv-kommunikativ yo'nalish doirasida tahlil qilinishi faqat nazariy ahamiyatga ega bo'lmasdan, balki lisoniy faoliyat amaliyoti uchun ham muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |