I bob boʻyicha xulosa
STILISTIKA (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi) , uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtayi nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. Stilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.
Zamonaviy Stilistika turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtayi nazar, Stilistikaning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obyektiv asosiga ega. Stilistika til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. Stilistika oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar Stilistikasi, matn Stilistikasi, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy Stilistika kabi turlarga boʻlinadi.
Funksional Stilistika adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional Stilistika nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksionaluslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi.Lisoniy birliklar Stilistikasi adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtayi nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar Stilistikasi bir tomondan funksional Stilistika bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn Stilistika siga juda yaqin turadi.Badiiy adabiyot (badiiy nutq) Stilistikasi tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklaydi. Badiiy asar Stilistikasi faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani Stilistika ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |