O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet39/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

ABU ALI IBN SINO
Abu Ali ibn Sino 980-yili Buxoro shahri yaqinidagi Afshona (hozirgi Peshku tumani) qishlog‘ida tug‘ildi. Uning bolalik va o‘smirlik yillari Buxoro shahrida o‘tdi. U yoshligidanoq o‘z davrining buyuk olimlari asarlarini o‘qib o‘rgangan. 16 yoshida ilm-fanning ko‘pgina sohalarini egallab iste’dodli tabib sifatida taniladi. Og‘ir dardga chalingan Buxoro shohi Mansurni davolab, buning evaziga shohning boy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yosh tabib bu yerda o‘z bilimini yana-da boyitadi.
Ibn Sino Buxoroda uzoq yashamadi. Zamonning notinchligi tufayli u Urganch, Nishopur, Hamadon, Ray, Isfahon kabi shaharlarda yashashga majbur bo‘lgan. Ibn Sino zamonasining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy bilan tanishadi va ular orasida do‘stlik hamda ilmiy aloqa bog‘lanadi. Abu Ali ibn Sino buyuk tabib, matemetik, faylasuf va shoir sifatida dunyoga mashhur olimdir. U umri davomida 280 dan ortiq qimmatbaho asarlar yozib qoldirgan. Uning asarlari tibbiyot, yulduzlar ilmi, matematika, kimyo, geografiya, musiqa, falsafa, mantiq, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan. Ibn Sinoni mashhur qilgan asari “Tib qonunlari”dir. Ibn Sinoning 5 qismdan iborat “Tib qonunlari” kitobi ko‘p asrlar davomida Yevropa va qator Sharq mamlakatlarida tibbiyotdan asosiy darslik bo‘lib keldi. Bu asar juda ko‘p tillarga tarjima qilinib, ming-minglab nusxalarda nashr etilgan. Faqatgina lotin tilida 30 martacha nashr etilganligi ma’lum.
Butun kuch-g‘ayratini ilmga bag‘ishlagan, xalq xizmati yo‘lida o‘z sog‘ligini o‘ylamagan buyuk mutafakkir olim 1037-yil 18-iyun kuni olamdan o‘tdi. 1980-yil butun insoniyat qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 1000 yillik qutlug‘ sanasini keng nishonladi. Uning asarlari qayta-qayta nashr etilib, xalqqa yetkazilmoqda. Uning muborak nomi jahonning barcha mamlakatlarida hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi. Uning hayoti va ijodi tasvirlangan ko‘plab badiiy asarlar, filmlar yaratilgan. (Йўлдошхон Исаев. Абу Али ибн Сино. Тошкент. “Tafakkur”. 2011. 94 бет.)

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish