Hakimlar sultoni
Tibbiyot soqasidagi yuksak kashfiyotlari bilan dunyoga dong taratgan Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining 57- yillik umri mobaynida insoniyatga shunday ulug‘vor xizmat qildiki, natijada jahon ilmu fani yuksalishlar davriga qadam qo‘ydi.
Buyuk bobokalonimizning hozirgacha bizga ma`lum bo‘lgan ilmiy risolalarining umumiy soni 276 tadan ortadi. Ushbu" risolalarda ko‘rsatilgan ilmiy tavsiyalar ayni paytda ham tegishli mutaxassislar tomonidan qayta-qayta o‘qib o‘rganilayapti. "Ash shifo" kitobi 18 jild, "Donishnoma" asari 20, "Arab tili haqida qo‘llanma" 12 jild, "Tib qonunlari" kitobi hozirgi zamon nashriga binoan 6 jildga keltirilgan Bularning barini umumiy holda hisoblanganda jami hajmi 5 ming varaqdan oshadi.
"Tib qonunlari" kitobi XII asrda arab tilidan lotin tiliga o‘girilgandan so‘ng butun dunyoga qanot yozib parvoz qildi. 1493 -yilda fransuz tiliga, 1593 -yilda ital'yan tiliga, XV asrda rus tiliga o‘girildi. XII asrdan XVIII asrgacha u 40 marta qayta nashr etildi. Mazkur asar qayta nashr qilish soni bo‘yicha Injildan keyingi o‘rinda turadi. Abu Ali ibn Sinoning asarlarini o‘qib, ularni bugungi dunyo fani bilan solishtirar ekanmiz, "birinchi" degan so‘zni allomaga nisbatan juda ko‘p marta ishlatishimiz mumkin.
Alloma 1200 ta har xil minerallardan, 1400 dan ortiq turli o‘simliklardan tayyorlangan dorilarni ishlatishni juda yaxshi bilgan. Tibbiyotga birinchi bo‘lib 16 xil dorini olib kirgan va u bilan juda og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolagan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, uning tabiatida insonparvarlik va odamlarga yaxshilik qilish kabi olijanob fazilatlar yuksak darajada rivojlangan edi. U o‘z bemorlariga shafqat va mehribonlik ko‘zi bilan boqar, ularga diqqat-e`tibor bilan muolaja qilardi. Faqir va benavolarga esa xolis xizmat ko‘rsatar edi. Jurjonda yashagan davrida muolaja xonasiga kiraverishdagi yo‘lakchaning devoriga bir sandiqcha osib qo‘yishni buyurgan ekan. Unga har bir bemor o‘zining iqtisodiy aqvoli va himmatiga qarab xoxlagan miqdorda pul tashlab kirgan ekan. Shuning uchun ham "Shayx-ur-rais", "Hujjat ul-haq", "Sharq allomasi", "Ustozlar ustozi", "Hakimlar sultoni" kabi faxriy unvonlar Ibn Sinoga bejizga berilgan emas. Uni biror bir tibbiyot allomasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. U qoldirgan meros tilsimi ayni paytda ham shunchalik balanddaki, biz minnatdor avlodlar. unga va uning ruhiy olamiga hamisha talpinib yashaymiz.
Topshiriq.
1.Matnni ifodali o'qib chiqing va rejasini tuzing .
2.Qiyin so'zlarning ozbekcha -ruscha lug'atini tayyorlang.
3.Matndan faol so'z va iboralarni aniqlang
4."Nozirgi zamon va tibbiyot" mavzuida matn tayyorlang
Topshiriq. Gaplardan fe'llarni aniqlang. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
Shu payt eshikni kimdir chertdi. Kimdir javob qaytardi. Qurbonoy xola indamay oshxonaga chiqdi.Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Hamma o‘z o‘rnini dalada deb bilardi. Hisobot solingan sumkasi ishxonaga qolgan edi. U Toshkent Davlat Milliy Universitetida o‘qimoqchi. Ko‘p ertak eshitardim, So‘ylab berardi buvim. Onasi Layloning tepasida o‘tirgan ekan.
Topshiriq. She’rni ko‘chiring. Fe’llarni aniqlang va yod oling.
Yaxshilik va yomonlik.
El aro yuradi bir naql,
Xalq uni takrorlab aytadi.
Kimsaga yomonlik qilmagil
Bir kuni o‘zingga qaytadi.
Darvoqe, pand bersang bir kimsaga,
U ham tinch turarmi hech zamon
Deydilar, tuflasang osmonga
Yuzingga tushgaydir be gumon.
Yaxshilik qilsang-chi sen biroq,
Qaytarmi u senga, Bu mubham.
Boshini silasang gohi choq
Qo‘lingni tishlaydi iting ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |