TOPSHIRIQLAR
1. Matnni tarjima qiling.
2. Matndagi unlilarni talaffuzi va imlosiga ko‘ra tahlil qiling.
3. Matn yuzasidan savollar tuzing.
4. Matn mazmunini o‘zbek tilida va ona tilingizda gapirib bering.
5. Matn oxirida keltirilgan she’rni ifodali o‘qing, mazmunini hikoya qiling.
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni talaffuz qiling. Aytilishida farq qiluvchi j (jo‘ja) va j (jirafa) tovushlari bilan boshlanuvchi so‘zlarni ikki ustunga ajratib ko‘chiring.
Jabduq, jabr, jurnal, jadval, jarroh, jyuri, jeton, janob, jamoa, jigarband, jenshen, jiblajibon, jentelmen, jodugar, jingalak, jimjit, jurnalist, jur’at, jussa, joynamoz, jonkuyar.
Topshiriq. So‘zlarni tartib bilan qo‘yib, gaplar tuzing.
1. Talabalar, jo‘nab ketishdi, bugun, yordam berishga, paxtakorlarga.
2. Singlisiga, Asror, sotib oldi, bir quti qalam, bir rasm daftar.
3. Bo‘lmadi, o‘tgan yil, qishda, sovuq, qattiq.
4. Cho‘mildik, yozda, suv omborida, Kattaqo‘rg‘on.
5. Olindi, bu yil, paxtadan, mo‘l hosil.
6. Ikkita, gilam, biz, sotib oldik, chiroyli.
7. Singlisi, Javohirning, Madina, qiz, aqlli va kamtarin.
8. O‘tadi, oqib, O‘zbekistondan, daryo, ikkita, katta.
9. Ertalab, turasiz, har kuni, siz, soat nechada, uyqudan?
10. Universitetni, bitirgani, akam, yo‘q, hali.
Soʻzlarning tuzilishiga koʻra turlari: sodda, qoʻshma soʻzlar
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: sodda so‘zlar, qo‘shma so‘zlar, juft so‘zlar va takroriy so‘zlar.
Faqat bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlar sodda so‘zlar hisoblanadi. Masalan, keldi, yondirishdi, yigitlarga, g‘allachilik, lalmikor, yettinchi, o‘rikzor kabi.
Ikki va undan ortiq o‘zaklardan tashkil topgan so‘zlar qo‘shma so‘zlar sanaladi. Masalan, shirinzabon, muzqaymoq, ishlab chiqarish, kungaboqar kabi.
Topshiriq. Berilgan mantdan qo‘shma, juft va takror so‘zlarni ajrating.
Qadim zamonlarda bir odil shoh bo‘lib, undan mamlakatdagi katta-yu kichik mamnun ekan. Uzoq-yaqindan kelganlar uni ziyorat qilib, mehr-muhabbatlari ramzi sifatida turli sovg‘alar berishar, biroq odil shoh bu sovg‘alarni ahli a’yonlarga teng bo‘lib berarkan. Kunlarning birida bir dehqon unga o‘zi yetishtirgan ertangi bodringdan uch dona olib kelibdi. Shoh bodringlarni yeb dehqonga minnatdorchilik tariqasida ming dinor in’om qilibdi. Dehqon ketgach, a’yonlaridan biri so‘rabdi:
– Shohim, bu gal odatingizga xilof ish tutib, uchala bodringni ham o‘zingiz yeb qo‘ydingiz. Sababi?...
Odil shoh muloyimlik bilan debdi:
– Agar bodring achchiq chiqib qolsa, birortangiz uni dehqonga bildirib qo‘yishingizdan qo‘rqib birini o‘zim yeb ko‘ruvdim, u chindan ham achchiq ekan, yaxshi niyat bilan uni menga sovg‘a qilib olib kelgan dehqon buni sezib mulzam bo‘lmasligi uchun har uchala achchiq bodringni ishtaha bilan yedim.
Do'stlaringiz bilan baham: |