O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet135/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Topshiriq. “Panchatantra yoxud besh muqaddas kitob” (tarjimon I.G‘afurov. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2013. – 336 b.) asarida keltirilgan quyidagi annotatsiyani o‘qing va yuqoridagi qoidalar bilan taqqoslang.
“Panchatantra” – ko‘hna Hindistonning eng qadimiy va durdona asarlaridan bo‘lib, bu nodir qo‘llanma insoniy tuyg‘ular tarannumiga bag‘ishlanadi. Kitob insonni yashashga o‘rgatadi, shuningdek, olijanoblik, yaxshi xulqlarni targ‘ib qiladi.
“Panchatantra”ning badiiy o‘ziga xosliklari tamomila o‘zgacha bir go‘zallikdir. Bunda uslub va usullar ham tamomila o‘zgacha. Unda hikoyatlardan hikoyatlar kelib chiqadi. Har bir hikoyat go‘zal va teran hikmatga ega bo‘lgan bayt bilan boshlanadi va shu bayt bilan tugallanadi.
Kitobni o‘qigan kitobxon borki, hayotga boshqacha nazar tashlaydi, insoniy barkamollik sari intiladi.


Topshiriq. Jaloliddin Rumiyning “Ichingdagi ichingdadur” (So‘z boshi va muallifi hamda mas’ul muharrir N. Komilov. – T.; Yangi asr avlodi, 2018. – 240 b.) asari annotatsiyasini o‘qing va daftaringizga husnixat bilan ko‘chiring.
“Ichingdagi ichingdadur” Mavlono Jaloliddin Rumiyning turli majlislarda bildirgan o‘tlug‘ fikrlaridan tarkib topgan. Siz ushbu risolani o‘qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, xayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz. Va hamma narsa O‘zingizda, hamma narsa O‘zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltirasiz.


Topshiriq. Yuqoridagilardan foydalangan holda siz ham annotatsiya yozib ko‘ring.
Topshiriq. Maqol, topishmoq va tez aytishga 20 tadan misollar yozing.


44-MAVZU: XALQ OG‘ZAKI IJODI: ERTAK, LATIFA, ASKIYA. SO‘ZLASHUV USLUBI


ERTAK – hayot haqiqatiga asoslangan,xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo‘g‘rilgan, odamlarga ibrat o‘git beruvchi og‘zaki hikoyalar hisoblanadi. O‘zbeklar o‘rtasida ertaklar varsoq, cho‘pchak, masala kabi atamalar bilan yuritiladi. Ertaklarning o‘ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar: 1. Og‘zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo‘lishi; 2. Voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi; 3. Estetik vazifaning yetakchilik qilishi; 4. O‘ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo‘lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo‘q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi,birga turib, birga yashabdilar,soqoli ko‘ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.). Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo‘linadi:
1. Hayvonlar haqidagi hamda majoziy ertaklar (Susambil, bu ertakda yo‘lda eshakka ho‘kiz,xo‘roz,ikkita kalamush, arilar hamroh bo‘ladilar.Ertak qahramonlari – Ho‘kiz (munkarnakir), kalamushlar (go‘rkovlar), arilar (Azroil), xo‘roz (so‘fi), eshak (eshon), bo‘rilar)
2. Sehrli – fantastic ertaklar (Guliqahqah – bu ertakda Tilla kokilli bola shum kampirning hiylasi bilan Guliqahqahni, qirq qozonni,oynayi jahonnamoni qo‘lga kiritadi.Ertak qahramonlari: Tilla kokilli bola, Guliqahqah,chol,qush (o‘z farzandini tanimagan podshohga tilla kokilli bola uning farzandi ekanligini aytgan), podsho (ikki xotinini vas hum kampirni otning dumiga bog‘lab o‘ldirgan), shum kampir va boshqalar. “Bitta dev tishini kavlasa, biror odamning soni chiqibdi” degan mubolag‘a ham shu ertakda uchraydi ), Husniyabonu (ertak qahramonlari: Gardanshoh, Nodirai davron, Husniyabonu va boshqalar.Ertakda Husniyabonu o‘g‘rilarning boshlig‘I eshon ekanligini aytganda, podsho darg‘azab bo‘lib, uni osishga buyuradi, lekin vazirining maslahatiga ko‘ra Husniyabonu va uning doyasini dashtu biyobonga tashlab kelishadi, daraxt ostidan topib olgan xazinani Husniyabonu yetim-yesirlarga shahar qurish uchun sarflaydi.) , “Guljamol”.
3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod). Voqelikka hajviy yondashish orqali aks ettirish jihatidan o‘zbek xalq ertaklari hajviy va hajviy bo‘lmagan ertaklar kabi turlarga bo‘linadi.Ishqiy-sarguzasht ertaklarda sevgida vafodorlik kuylanadi.Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlandi.
LATIFA - xalq og‘zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo‘lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyalar.Xalq o‘rtasida afandi deb ham yuritiladi.Mustaqil janr sifatida latifa quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Yagona qahramon bilan bog‘liq holda yaratiladi(Nasriddin obrazi, bu obraz asosan XIX asrdan boshlab o‘zbek latifalariga kirib kelgan.XIX asrga qadar latifa qahramoni bir kishi, mashrab, fors-tojik latifalari ta’sirida mushfiqiy, bahlul yoki turkey xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalgan aldar ko‘sa, ko‘sa, kal kabi turlicha nomlar bilan yuritilgan.).
2. Ixcham syujetga ega bo‘ladi.
3.Asar konflikti, qahramoni va uning muxolifi o‘rtasidagi muloqot dialog orqali hal etiladi. Latifalar mazmuni va voqelikka munosabati jihatidan ikki turga bo‘linadi:
a) hajviy latifalar – ularda Nasriddin afandi yirik davlat arboblari, saroy ahli,mufti, qozilar, hokim va mirshablar, makkor mullalar va johil tabiblar o‘rtasida taxvirlanadi.
b) yumoristik alatifalar – ularda Afandi bevosita oilasi,bolalar,qo‘ni-qo‘shni va mahalla-ko‘y davrasida tasvirlanadi.Latifani maxsus ijro etuvchilar yo‘q, uni har kim aytaverishi mumkin.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish