O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet123/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi (muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, matn lingvistikasiga oid ishlarda ma'lum bir matn tarkibidagi murakkab sintaktik butunlikka nisbatan mikromatn, yaxlit matnga nisbatan esa makromatn atamasi qo‘llanadi. Lekin mikromatn va makromatn tushunchalari matn tiplari bo‘la olmaydi. Chunki ular butun-bo‘lak munosabatini tashkil etadi. Masalan, A.Qahhorning "Bemor" hikoyasi butun holicha makromatn (garchi hajman kichik - minimal matn bo‘lsa ham), undagi murakkab sintaktik butunliklar mikromatndir.
Matn tiplarini belgilashda yana bir omil – asos nutqning funksional uslublaridir. Matn funksional uslubiy mohiyatiga ko‘ra ilmiy matn (tezis, maqola, ma'ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy, nazmiy asarlar), rasmiy matn (ma'lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn (maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari) kabi tarmoqlarga bo‘linadi.
Matn maqsad-mohiyatida tilning ikki muhim vazifasidan qaysi birining - kommunikativ vazifaningmi yoki estetik vazifaningmi - yetakchilik qilishiga asoslangan holda matnlarning ikki oppozitiv tiplarini farqlash zarur, ya’ni badiiy matn va nobadiiy matn. Asosiy maqsad-mohiyatida kommunikativ vazifa yetakchilik qilgan matnni nobadiiy matn deb, asosiy maqsad mohiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni esa badiiy matn deyish ma'qul. Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz.


Topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing va matn turlari bo‘yicha tahlil qiling.


Choy o'simligi
Hozir choy ichmaydigan kishini kamdan-kam hollardagina uchratish mumkin. Ertalab ham, tushda ham, kechqurun ham dasturxonimizda, albatta, issiq choy bo‘ladi.Choyning ajoyib xususiyatlari bor. Sovuq qotganda ichsangiz vujudingizga harorat baxsh etadi, issiq vaqtlarda esa salqinlik manbai bo‘ladi. Charchab ichganda hordiqingizni chiqaradi, bemor bo‘lib qolsangiz terlatib, tezroq tuzalishingizga yordam beradi. Shifokorlarimiz choy qon bosimini pasaytirish, nerv sistemasini normallashtirish, kishining jismoniy va aqliy qobiliyatini tiklashga ega ekanligini isbotlashgan. Bunga esa choy tarkibida mavjud bo‘lgan tanin moddasi, turli vitaminlar, alkoloidlar sabab bo‘ladi.
Choy ko‘p yillik butasimon o‘simlik bo‘lib, chekanka qilinmasa 2 - 3 metr bo‘lib o‘sadi. Tarixiy manbalarda uning asl vatani Xitoy qisoblanadi. Xitoy va Yaponiyada uning nomini "cho", Yevropada "chay", Sharq mamlakatlarida "choy" deyishadi.
Jahon miqyosida choy yetishtirish bo‘yicha hozir Hindiston birinchi o‘rinda turadi. Shuningdek Shrè Lanka, Yaponiya mamlakatlarida ham katta choy plantatsiyalari mavjud.
Ko‘pchiligimiz har kuni choy ichishga odatlangan bo‘lsak hamki, uning o‘simligini ko‘rgan emasmiz. Chunki bu o‘simlik bizning respublikamizda o‘smaydi. Mamlakatimizda choy, asosan, Gruziya, Qora dengiz soqillari, Krasnodar o‘lkasining issiq iqlimli rayolaridagina yetishtiriladi. Bu yerlarda ham choy nisbatdan yangi o‘simlik qisoblanadi. Mamlakatimiz choy yetishtirish bo‘yicha jaqonda beshinchi o‘rindà turadi.
Choy - subtropik o‘simlik, u issiqlik va namni sevadi. Choyni bizda ham yetishtirish mumkin, ammo qishda sovuq urib ketadi.
Choy yetishtiruvchilar uning qator oralariga muntazam ishlov beradilar, begona o‘tlardan, zararkunanda hasharotlardan qimoya qilib turadilar. Ayrim joylarda esa uning qator oralariga yeryonqoq, no‘xat, loviya singari do‘kakli ekinlar ekib, mo‘l hosil olinadi. Bu ekinlar o‘z navbatida yerda azot to‘plash va tuproqni donador qilish xususiyatiga qam ega. So‘nggi yillarda yetishtirishdagi bir qator yumushlar mexanizatsiya zimmasiga yuklatildi. hatto unnig bargi ham maxsus kombaynlar vositasida yig‘ishtirib olinmoqda. Bu esa ishlab chiqarishni yil sayin ko‘paytirish imkonini beryapti.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish