O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


XI.2. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

 
XI.2. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich
Sotsial psixologiyada sotsial ustanovkalarning o‘rganilishi uch bosqichli 
jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich – XX asrning boshlariga tegishli 
bo‘lib, bu davrda fanga sotsial ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar sotsial 
ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni 
boshlab yuborishdi. 
Bir-biriga ma’nodosh bolgan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida ham bir 
xil, ham boshqa-boshqa xil ma’no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha 
chalkashliklarga olib kelgan edi.
Lekin amerikalik sotsiologlar 
U.Tomas 
va 
F.Znanetskiylarning 
«Polshalik 
dehqon 
Yevropa 
va 
Amerikada» deb nomlangan taniqli 
asari 
nashr 
(1918-1920-yillar) 
qilingandan 
boshlab, 
attityud 
kategoriyasiga sotsial psixologiyaning 
asosiy komponenti va shaxsning tavsifi 
sifatida qaray boshlandi.
Asarda Amerikaga muhojir bo‘lib borgan polshalik dehqonlarning 
psixologiyasi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqea-
hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bog‘liq ekanligiga oid mulohazalar 
berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar sotsial ustanovkalar deb nomlandi. 
1935-yilga kelib faqat Amerika adabiyotlarining o‘zidagina sotsial ustanovkalarning 
20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi.
193


Sotsial ustanovkalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar 
Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadallik bilan rivojlandi. Chunki, 
«psixologik 
urush»,
ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun olib 
boriladigan targ‘ibot va tashviqot ishlari aynan sotsial ustanovka va uni o‘zgartirish 
bilan bog‘liq edi.
Bunda dushmanga nisbatan qarama-qarshi tomondan ko‘rsatilayotgan 
psixologik ta’sirlar dushmanning sotsial ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda 
shakllantirish, takomillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi.
Demak, urush jarayonida insonning sotsial ustanovkalaridan raqiblarni yengish 
maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan.
Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini 
amalga oshirish yo‘lida yoshlarning 
ongini 
zaharlashda ularning sotsial 
ustanovkalaridan foydalanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashda ham bu muammoning chuqur o‘rganilishi lozimligi ayon 
bo‘ladi.
Sotsial ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939-1950-yillarni o‘z 
ichiga oladi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham sotsial 
ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-
yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan.
Sotsial ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960-yildan hozirgacha 
davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, sotsial psixologiyaning ko‘pgina amaliy 
(masalan, reklama bilan bog‘liq) sohalari insonning sotsial ustanovkalarini o‘rganish 
bilan qiziqmoqdalar. Sotsial ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning bunday 
qo‘llanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda.
D.N.Uznadze ham ustanovka va sotsial ustanovka 
(attityud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi.
Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning 
ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorligi, ongsiz fenomen deb 
ta’kidlanadi. 
194


Sotsial ustanovka esa, shaxs tomonidan sotsial ob’yektlarning mazmun-
mohiyatini psixologik boshdan kechirishni bildiradi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish